Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.04.2016

Ishlar yurishmaganda hayotga qaytishning 23 usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 567

Aytishlaricha vaqt hamma yaralarni davolar emish. Bundan chiqib hayot iziga o’z-o’zidan tushib ketadi deb o’ylash ham to’g’ri emas. Shuning uchun bugun Gooper.uz‘da hayotiy muammolarni hal qilish va ruhingizni ko’tarish uchun 23 usulni taklif etamiz.

Ishlar yurishmaganda hayotga qaytishning 23 usuli

1. Sharoitni o’zgartirish.

O’zingizga dam olish kuni belgilab, o’zingizni o’rab turgan muhitdan tashqarida dam olish va hayot haqida o’ylash uchun vaqt ajrating. Bu sizni ishga bo’lgan ishtiyoqingizni va kayfiyatingizni rostlasa ajab emas.

2. O’zingizni bir maromda ushlang.

Sog’lom tanada-sog’lom rux.  O’zingizni tanangizni yaxshi holatga kelganini ko’rish naqadar maroqli. Agar xohish va istak bilan o’zingizni tanangiz ustida ishlasangiz, bundanda yaxshi natijalarga erishishga qodirsiz.

3. O’z tarix sahifalaringizni o’zgartiring.

O’tmish — bizning xotiramizga dam-badam qaytadigan xotiralardir. Bu xotiralarni tinch va osuda holda eslab, hulosalar chiqaring. Yangi imkoniyatlar sari intilayotganingizda o’tmishingizda qilgan xatolaringizdan to’g’ri xulosa chiqargan holda  o’z orzularingiz sari olg’a bosing.

4. Yangi tanishlar orttiring.

Do’stlaringizni sizga ko’rsatadigan yordamlari, ko’maklarini hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydi. Ba’zida muvaffaqiyatsiz tanishuvni esdan chiqarish uchun yangisini boshlaganingiz ma’qul. Bizning o’y va ishlarimizga bizni o’rab turgan insonlarning ta’sirini inobatga olmasdan iloji yo’q. Shu sababli o’zingizni yaxshi hislatlaringizni rivojlantiradigan ko’proq yangi do’stlar orttirishga harakat qiling.

5. O’zingiz haqingizdagi g’amxo’rlik qiling.

Agar biz o’zimizda noxushlik yoki kasallik alomatlarini sezsak o’zimizni extiyotimizni qilishga harakat qilamiz: Dori-darmonlar sotib olamiz, kasallik varaqasi bo’yicha dam olishga harakat qilamiz. Bu ishni biz “xissiy noxushlik” vaqtida qo’llaydigan bo’lsak, tiklanish onsonroq kechadi.

6. Qiyofamizni o’zgartiramiz.

Ichki o’zgarishimiz-tashqi o’zgarishimiz hamdir. Sochingizning boshqa rangga bo’yashingiz, turmagingizni o’zgartirishingiz, makiyaj sizni yangi insoniy qirralaringizga o’zgacha qarashga sabab bo’lishi mumkin. Ayni damda esa shu narsa juda muhimdir.

7. Halaqit qilayotgan narsalarni ortga tashlash.

Hayotimiz ag’dar-to’ntar bo’layotganda biz hamma narsani toza varroqdan boshlashga eng qulay vaziyat ekanligini etirof qilishimiz kerak. Balki bu-yoqmagan ishdan bo’shashga, xissiyotsiz a’loqalardan kechishga hamda sizni baxtingizni to’sayotgan boshqa narsalardan qutilishning ayni vaqtidir. Agar siz hamma narsani boshidan boshlashga majbur bo’lsangiz, to’gri va xatolaringizdan holi yo’lni tanlang.

8. Noxush xotiralarni ortga tashlang.

Hayotimizda uchraydigan har-xil voqealar, bizga kelajagimizda kerak bo’ladigan dars yoki ma’no beravermaydi. Agar o’tmishdagi xotiralar bizni oldinga harakatimizga to’sqinlik qilsa bu haqida o’ylamaslik va qayta bu harakatlarni qilmaslik kerak. Biz o’z hayotimizni o’zimiz boshqargan holda o’tgan ishlarga diqqatimizni qarataverishimiz shart emas.

9. Boshidan shunday ishlarni o’tkazgan insonlar bilan muloqotda bo’lish.

Siz boshingizdan kechirgan kechinmalarni boshidan o’tkazgan o’zga insonlar bilan muloqotda bo’lishga harakat qiling. Bu bilan ulardan yaxshi maslahatlar olib, bu kechmishlarda yolg’iz emasligingizni xis qila boshlaysiz va yolg’iz emasligingizga amin bo’lasiz.

10. Saramjonlik.

Erinmasdan uyingizda katta saramjonlik ishlari bilan shug’ullaning, kerak emas bo’lgan buyumlardan voz keching. Anchadan beri tozalamagan joylaringizni saramjonlang. Fikringiz va o’ylaringiz toza va ozoda uyda o’zgacha ko’rinishga keladi.

11. Bizni sevadiganlarni unutmang.

Do’st og’ir kuningda bilinadi — bu hikmatni hamma biladi. Sizni og’ir mahalingizda tashlamagan insonlarni holidan xabar olishdan va yordam qo’lingizni cho’zishdan charchamang va ularni xurmatlarini joyga qo’ying.

12. Ovqatlanish tartibingizni bir oy davomida nazoratga oling.

Tushkunlik holiga tushganimizda duch kelgan narsalarni iste’mol qilib holimizni yanada yomonlashtiramiz. Hech bo’lmaganda bir oy davomida iste’mol  qiladigan mahsulotlarimiz tarkibiga ko’proq xo’l mevalar, bo’tqalardan, sabzavotlarga va sutli mahsulotlar kirishini ta’minlashga harakat qilaylik. Bunda organizmimizda yaxshilik va yengillik tomon o’zgarish bo’layotganini sezamiz.

13. Kurslarga yozilish.

Yangi bilimlar bizni yangi imkoniyatlar sari boshlab, aqliy jihatdan rivojlanishimizga ko’mak beradi. Bilingki, hamisha yangilikka intilib yashamoq kerak. Kim biladi balki kurslarga qatnab siz o’zingizdagi yangi iste’dodni kashf qilarsiz.

 14. Byudjetni tuzing.

Hayotni nazorat ostida ushlash qiyin bo’lganidek, bu ishni mablag’ bilan qilishni iloji yo’q. O’z odatlaringizni qaytadan ko’rib chiqqan holda byudjetingizni tuzing, bunda muvozanatli harajatlar sizni hayotingizga barqarorlik va ishonch bag’ishlaydi.

15. Natijaga emas, jarayonga investitsiya kiritish.

Ko’p hollarda hali ro’yobga chiqmagan ishlarga katta umid bilan boqamiz. Kelajakda erishadigan muavffaqiyat o’rniga, o’z ustingizda ish boshlaganingizdan g’ururlanishga o’rganing.

16. Chet tilini o’rganish.

Chet tilini o’rganish bizni o’rgangan hayot tarzimizdan tashqarida ulkan olam haqida ma’lumotga ega bo’lishimizda kata ahamiyatga ega. Til yordamida o’zga muhitga onson moslashish mumkinligidan dalolat beradi.

17. Tark etishni o’rganish.

O’z hayotingiz ustidan nazoratni tiklashni muhim yo’llaridan biri sizni bu ishni amalga oshishiga halaqit qilayotgan omilni tark etishdan iboratdir. Hayotingizda muhim ahamiyatga ega narsani tark etish sizdan botirlikni talab qiladi. Bu qadam sizga yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

18. Baxtli bo’lishga harakat qiling.

Ko’pincha o’z kuchimizga ishonmasligimiz bizni oldimizda paydo bo’layotgan ulkan muvaffaqqiyatlar eshigini berkitib qo’yadi. O’z oldingizga har-xil to’siqlar qo’ymay, baxtli bo’lishga harakat qiling.

19. Sizga yoqimsiz bo’lgan insonlar bilan muloqotlarni qisqartring.

Sizni omadli va baxtligingizni ko’ra olmaydigan insonlar yoningizda bo’lishi mumkin. Shunday insonlarga aniq chegaralar qo’yib ular bilan muloqotni kamaytiring.

20. Zararli odatlardan 100 kun tiyilish.

Spirtli ichimliklar ichmang, chekmang, to’g’ri hayot tarziga harakat qilib ovqatlanishingizni to’g’ri yo’lga qo’ying. Bunday vazifa har qanday insonni vahimaga tushiradi. Bu yo’lni osonlashtirish maqsadida zararli odatlaringizdan birini 100 kunga tashlashga harakat qiling, bu vaqt sizga bu yo’lda erishadigan muvafaqqiyatingizga yetarlidir. Balki vaqt o’tishi bilan, zararli odatlaringizni qolganlaridan kechish harakatiga tushib sog’lig’ingizni yanada mustahkamlarsiz.

21. Haqiqatan ham qo’rqadigan ishingizni qilib ko’ring.

O’z qo’rquvingizni yengish hissidek hech narsa sizda ishonchingizni mustahkamlamaydi. O’zingizni  xavotirga solayotgan narsaga ochiq kurash elon qiling.  Vaqt o’tishi bilan g’alabangiz sizni yangi cho’qqilar tomon boshlaydi.

22.  Orqaga nazar tashlash.

Oldin kimligingiz, hozirda kimga aylanganingizga nazar soling. Hamma narsaga  bir vaqtni o’zida erishishni ilojisi yo’q. Siz hozir to’g’ri yo’ldasiz va avvalgidan ham yaxshiroqsiz.

23. Atrofimizdagilrani, koinotni va o’zimizni kechirish.

O’z g’azab va qo’rquvlaringizga tobe bo’lib qolmang. O’zingizga sizni xafa qilgan insonlarni kechirishga kuch toping (bunda ular sizga noxaqlik qilgan bo’lsalar ham).  Kechrish o’zga insonlarni masuliyatdan holi qilmasada sizni oldinga barqaror qadam tashlashingizga omil bo’ladi va o’z hayot tarzingizga qaytishga yordam beradi.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar