Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.04.2016

Mahsulotlarni qanday to’gri tanlash kerak? BILISH MUHIM!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 354

Bozorda mahsulotlar xarid qilayotganingizda ularning sifati qanday darajada ekanligini osongina aniqlab olish yo’lini bilasizmi? Bugun Gooper.uz‘da xarid jarayonida qanday qilib aldanib qolmasdan, to’g’ri mahsulotlar tanlash borasida maslahat beramiz.

Mahsulotlarni qanday to’gri tanlash kerak? BILISH MUHIM!

Sut. Bir qancha turlardan sizga to’gri keladigan mahsulotni tanlang.

Pasterizatsiyalangan sut tayyorlashda uni 15-30 daqiqa davomidda 60-70°С da qaynatiladi. Bu jarayonda sutda hamma foydali mikroorganizmlar saqlab qolinadi va bijg’ish jarayoniga yo’l qo’yilmaydi. Bunday sutni saqlash muddati 36 soat.

Sterillangan sutga mexanik ishlov berilib 115-135°С haroratgacha qaynatiladi. Bunday ishlovda foydali vitaminlar saqlab qolinadi, lekin organizm uchun foydali bakteriyalar yo’q bo’lib ketadi. Bu xususiyati bilan sterillangan sut, quruq sutdan foydali bo’lib, pasterzatsiyalangan sutga nisbatan foydali xususiyatlari kamroq.

Pishiq sut — bu sutni ishlab chiqarishda, uni (90-95°С qaynatiladi) bunday ishlovda sutning rangi va mazasi har-xil hidlarsiz bo’lib, pasterizatsiyalangan sut mazasiga o’xshaydi. Uni rangi oq va musaffo bo’ladi.

Uy sharoitida:

Sut sotib olganingizda unga suv qo’shilganligini bilish uchun katta barmog’ingiz tirnog’iga bir tomchi sutni tomizing. Agar tomchi tezda oqib ketsa bilingki sutga suv qo’shilgan, agar oqib ketmasa sutga suv qo’shilmagan.

Rastadagi Smetana: Smetana tanlashda uni yaroqlik muddati va saqlash sharoitiga  ahamiyat bering. Tabiiy smetana muhirlangan  qadoqda bo’lib, u +2 dan +6 gradusda 5-7 sutka saqlanadi, muhirlanmagan qadoqda esa 72 soat saqlanadi. Smetana tarkibida tabiiy ingredientlar kam bo’lsa uni saqlash muddati ko’proq bo’ladi (2-4 hafta), saqlash harorati esa (+2 dan +20°С gacha).

Uyda: Smetana bir-xil qiyomda bo’lib, oq rangda bo’ladi. Undan nordon xid kelmasligi, ustiga suv chiqmasligi va qattiq uyumli bo’lmasligi kerak. Smetana yuzasida suvning paydo bo’lishi uni sifati pastligidan dalolat beradi.

Sirning yoriqlari qisman mog’or bilan qoplangani uni to’la yetilganligi haqida dalolat beradi  (misol uchun, mog’orli oq “Rokfor” siri).

Rastadagi pomidorlar: agar ular o’zidan chiroyli rang va xid taratsa, bilingki ular yetilgandir. Yerdan yangi uzilgan pomidorlardan unchalik xid taralmaydi. Agar pomidorlarni rangi yaxshi pishganlaridan farq qilsa uni sotib olmang. Chunki ular uzilgan holda yetilgan bo’lib, ularda foydali xususiyatlar bo’lmaydi.

Uyda: pomidor terisi qanchalik qalin bo’lsa, bilingki ularda nitratlar kam bo’ladi. Pomidorni o’rtasidan kesing, agar bo’laklar yuzasida oq taramlar ko’p bo’lsa ularda nitratlar soni ko’p bo’ladi. Agar pomidor usti va ichi to’q qizil bo’lsa, uni tarkibida nitratlar kerakli miqdorda ekanligini bildiradi.

Bodring. Bodringni sotib olishdan avval uni qo’lingiz bilan siqib ko’ring. Agar bunda siz bodringni yumshoqligini bilsangiz, ular rastada uzoq vaqt turganidan dalolat beradi. Polizdan yangi uzilgan bodringlar qattiq va tarang bo’lib bir-xil tusda bo’ladi. Yuqori qismlarida hech qanday dog’lar bo’lmasligi kerak. Agar bodringni qo’lingiz bilan ushlasangiz undagi tikanaklar yumshoq ko’chsa, bodring pishgan hisoblanib, uni xarid qilsangiz bo’ladi. Agar tikanaklar dag’al bo’lib, bodring rangi to’q tusli bo’lsa uni har-xil kimyoviy o’g’itlar yordamida  yetishtirilganidan dalolat berib, uni sotib olish kerak emas.

Piyoz. Piyoz tanlashda uning bosh qismi juda yumshoq bo’lmasligi va uning qobig’ida har-xil dog’lar bo’lmasligi kerak. Piyoz quruq bo’lib, uni po’sti tillarang bo’lishi kerak. Agar ko’k piyoz tanlayotgan bo’lsangiz: u yashil rang bo’lib, yaproqlarida har-xil dog’lar bo’lmasligiga ahamiyat bering.

Karam. Ko’pchilik agar sabzavotlarda har-xil qora nuqtalar va dog’lar bo’lsa, u kimyoviy o’g’itlarsiz yetishtirilgan deb o’ylashadi. Bu noto’g’ri fikr. Karamdagi qora nuqtalar bu zararli zamburug’ bo’lib, u karamni chirishiga olib keladi. Bu karamda nitratlar ko’pligidan dalolatdir. Karam sotib olayotganingizda uni yaproqlarini ushlab ko’ring. Agar karam sifatli bo’lsa barglari mustahkam qalin bo’lishi kerak. Asosiy barglari esa unchalik ham qalin bo’lmasligi kerak.

Kartoshka.  Kartoshkaga tirnog’ingizni tiqib ko’ring. Agar qirsillash ovozini eshitsangiz unda pestitsitlar yo’qligidan dalolatdir. Tirnog’ingiz bemalol kartoshkaga kirsa bilingki u pestitsitlar yordamida yetishtirilgan. Po’stlog’ida yashil dog’lar bo’lmagan kartoshkani tanlang. Yashil dog’li kartoshkalar oftobda ko’p qolib ketgan bo’ladi. Bunday dog’lar kartoshkani noto’g’ri saqlanganligini bildirib, unda solanin zaxarli moddasi paydo bo’ladi.

Sabzi. Sabzi bir tekisda olov rangda bo’lib har-xil yashil va sariq tuslardan holi bo’lishi kerak. Shu holdagina sabzi tarkibida nitratlar yo’qligiga amin bo’lish mumkin. Katta sabzilar kichiklaridan ko’ra shirin va to’yimlidir. Sabzi qattiq bo’lishi kerak.

Sitruslilar (apelsin, mandarin, greypfrut, limon)

Bularni tanlashda rangiga kata ahamiyat bering. Ular bir-xil tusda bo’lishlari kerak. Yuzasidagi dog’lar esa ularni ikkinchi sortli mahsulotligidan dalolat beradi. Tersini qalinligi esa ularda nitratlar soni ko’pligini bildiradi. Bunday mahsulotlar mazadan boshqa hech qanday  foydali ta’sir ko’rsatmaydi. Ular yumshoq bo’lishlari kerak. Qobig’idagi oq nuqtalar uni noto’g’ri saqlanganligini bildiradi.

Uzum. Uzum tanlayotganingizda, uzum donachasi shodasidan oson uzilishiga ahamiyat bering. Bu uzumni yaxshi pishganidan dalolatdir. Uzumni ta’tib ko’rib sotib olgan ma’qul.

Nok. Nok tanlaganingizda uning qobig’i ezilmaganligiga va unda har-xil chaqa-chuqalar va qora dog’lar bo’lmasligiga ahamiyat bering. Yetilgan nokdan yoqimli is taraladi.

Bananlar. Bananlar uzun bo’lishi va bog’lamida 5-12 dona bo’ladi.  Rangi esa yorqin sariq rangda bo’ladi. Qoraygan bananlarni sotib olmang. Ular uzoq vaqt saqlangan bo’lib pishib ketgan bo’ladi. Yashil rangli bananlarni esa uy sharoitida iste’molga loyiq holga keltirish mumkin.

Shaftoli va o’rik. Bu xo’lmevalar qo’l bilan bosganda yumshoq bo’lib o’zidan sharbat chiqarishi kerak. Ularni terisi mayin bo’ladi. Ular salpal tukli bo’lib qo’lga yoqimli holatni beradi.

Olma. Agar olmani po’stlog’i yopishqoq va sirg’anchiq bo’lsa, uni defenin moddasi bilan ishlov berilgan bo’ladi. Bunday olmani oddiy suv bilan yuvib ketkazib bo’lmaydi. Uni sovun bilan yuvgan ma’qul. Iste’moldan avval esa po’stlog’ini artib yeyish tavsiya etiladi.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar