Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.04.2016

Mino Rayola: «Zlatan – Bred Pittning yildan-yilga yosharadigan qahramoni Benjamin Battonni…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 167
Mino Rayola: «Zlatan – Bred Pittning yildan-yilga yosharadigan qahramoni Benjamin Battonni…

«PSJ» jamoasining shvetsiyalik hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning agenti Mino Rayola o’z mijozining futbolchilik faoliyatini tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabatini bildirib o’tdi, deb yozadi «Kun».

«Men unga yana 5 yil davomida yuqori saviyali futbol namoyish eta olishi mumkinligini aytdim. Uning ruhiy va jismoniy holati bunga imkon beradi. Unda o’zgacha kuch bor va uning kuchiga vaqt ta’sir ko’rsata olmaydi.

Uni superodam deyish mumkin: u boshqalar tasavvur qila olmaydigan harakatlarni ijro etadi.

Mendan uning keyingi jamoasi qaysi jamoa bo’lishini so’rayapsizmi? Buni yaxshilab o’ylash kerak. Xitoydan berilayotgan taklif haqida aniq raqamlarni ayta olmayman. Turli qit’alardagi jamoalardan takliflar bor. Vaziyat yaqin orada oydinlashadi.

«PSJ» Zlatanni saqlab qolish uchun qattiq harakat qilmoqda. Bu ham variantlardan biri. Gvardiola bosh murabbiy bo’ladigan Manchester Siti»dan tashqari APLdagi barcha grand jamoalar uni qo’lga kiritish uchun harakat qilishmoqda.

Italiyada ham vaziyat shunday. Hatto Napolida ham, garchi ular futboldan ko’ra kino olishni qoyillatsalarda. Erik Tohirning rejalari aniq emas, Milan esa bizga qiziq emas. Ular jamoani kuchaytirish uchun ko’p futbolchi sotib olishi kerak», Emdash; deydi Rayola.

«Zlatan Endash; xuddi Bred Pittning Benjamin Battoniga o’xshaydi. Zlatan ham vaqt o’tgan sayin yosharadi»,  deya Rayoladan iqtibos keltiradi Goal.com sayti.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar