Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.04.2016

2015 yilda dunyoda sodir bo’lgan halokatu- tabiiy ofatlar 92 mlrd. dollar…

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 625
2015 yilda dunyoda sodir bo’lgan halokatu- tabiiy ofatlar 92 mlrd. dollar…

2015 yilda dunyoda sodir bo’lgan halokatu- tabiiy ofatlar soni rekord darajada bo’lib, ular umumiy hisobda 92 mlrd. dollar miqdorida iqtisodiy zarar yetkazdi. Bu ma’lumotlar Shveysariyaning Swiss Re sug’urta kompaniyasi hisobotida qayd etilgan, deb yozadi «UzReport».

Hujjatda aytilishicha, “o’tgan yil davomida dunyoda 353 ta halokat ro’yxatga olingan bo’lib, ulardan 198 tasi tabiiy ofatlardir. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, bu bir yil davomida kuzatilgan eng ko’p sonli halokatlardir. Tabiiy ofatlar va inson aybi bilan ro’y bergan barcha halokatlar natijasida 2015 yilda ko’rilgan zarar miqdori 92 mlrd. dollarga teng bo’ldi”.

Swiss Re kompaniyasining ma’lum qilishicha, Nepalda ro’y bergan zilzila vayronagarchilikka boy bo’ldi. U yetkazgan zarar 6 mlrd dollarni tashkil qilgan bo’lsa, qurbonlar soni 9 ming kishiga yetdi.

Kompaniya bosh iqtisodchisi Kurt Karlning aytishicha, “Nepaldagi zilzila markazi poytaxt Katmanduga yaqin bo’lib, u keng ko’lamdagi vayronagarchilik va zarar keltirdi. Zararning katta qismi sug’urta to’lovlari hisobiga qoplab berilmadi. Fojea odamlar o’zini himoya qilish uchun yetarli imkoniyatga ega bo’lmagan hududda ro’y berdi”.

O’tgan yili sodir bo’lgan eng yirik fojea xitoyning Tyanszin shahri portidagi omborxonada yuz bergan va 173 kishini hayotdan olib ketgan portlash bo’lib, uning oqibatidagi yo’qotishlar taxminan 2,5-3,5 mlrd. dollar hajmidagi sug’urta to’lovlari bilan qoplangan.

Hisobotda keltirilishicha, o’tgan yili ayniqsa Osiyo mamlakatlari ko’p ziyon ko’rdi. Turli ofatlar oqibatida ular ko’rgan iqtisodiy zarar 38 mlrd. dollarga teng bo’ldi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar