Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.04.2016

Mayya sivilizatsiyasiga ta’luqli qo’lyozmani o’rganish bo’yicha kelishuv imzolandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 171
Mayya sivilizatsiyasiga ta’luqli qo’lyozmani o’rganish bo’yicha kelishuv imzolandi

Ispaniya, Rossiya va Meksikaning madaniyat muassasalari XV asrga tegishli mayya sivilizatsiyasiga ta’luqli qo’lyozmani o’rganish bo’yicha kelishuvni imzoladi. Bu haqda Ispaniya ta’lim, madaniyat va sport vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi «UzReport».

“Mayya madaniyatining muhim manbaalaridan bo’lgan Madrid kodeksini chuqur o’rganish yo’li orqali madaniyat sohasidagi bilimlarni rag’batlantirishga qodir mazkur kelishuvlarning imzolanishi uchchala institut va muassasalarni birlashtirishga imkon yaratadi”, – deyiladi Ispaniya ta’lim, madaniyat va sport vazirligi ma’lumotida.

Vazirlikda qayd etilganidek, loyihaning maqsadi mayya sivilizatsiyasi to’g’risida yanada to’liq ma’lumot olish uchun qo’lyozmani o’rganish hisoblanadi. Qo’lyozma tarkibi to’g’risida aniq ma’lumotlarni yetkazish, mayya merosi va madaniyatini keng targ’ib etish maqsadida loyiha natijalari chop etiladi.

Bugungi kunda qo’lyozma Ispaniya poytaxtidagi Amerika muzeyida saqlanib kelinadi. U 112 sahifadan iborat bo’lib, uzunligi 6,82 metrni tashkil etadi. Kodeks bukilgan shaklda bo’lib, uning bosh va oxirgi sahifalari topilmagan.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar