Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

31.03.2016

Lockheed Martin 12ta gibrid dirijablni 500 mln dollarga sotishni rejalashtirgan

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 212
Lockheed Martin 12ta gibrid dirijablni 500 mln dollarga sotishni rejalashtirgan

Amerikaning eng katta qurol ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin kompaniyasi 12ta LMH-1 gibrid dirijablini Britaniyaning Straightline Aviation kompaniyasiga sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Lockheed Martin kompaniyasining rasmiy vakillari xabar berishdi, deb yozadi «Kun».

Ularning so’zlariga ko’ra, Straightline Aviation kompaniyasi shartnoma shartlarining oxirgi batafsil kelishuvlari haqida rasmiy xat jo’natdi. Shartnomaning summasi 480 million dollarga yetishi mumkin. Kelishuvga asosan, Lockheed Martin 2018 yildan boshlab dirijabllarni yetkazishni boshlaydi, 2021 yilga kelib esa butunlay shartnoma shartlarini tugatishni rejalashtirgan.

LMH-1 yordamida Straightline Aviation uzoqda va yetish qiyin bo’lgan joylarga odamlarni va yuklarni yetkazishni hamda neftegaz kompaniyalarining ehtiyojlari uchun foydalanishni ko’zlamoqda. Rossiya, Janubiy va Shimoliy Amerika, hamda Yaqin Sharq mintaqalarini ustuvor bozorlar deb hisoblashmoqda.

“Ular talabgir bo’ladi. Chunki neft ishlab chiqarish infrastrukturasini yaratish uchun 1 milliard dollar kerak bo’ladi. Shuningdek, odamlarni va yuklarni havo orqali neft ishlab chiqaruvchi makonlarga yetkazish ancha mablag’ni tejaydi”, — deydi Straightline Aviation rahbari Mayk Kendrik muxbirlarga.

LMH-1 dirijabli Lockheed Martin kompaniyasining Skunk Works bo’linmasi tomonidan yaratilgan bo’lib, 20 tonna yukni yoki 19 nafar odamni tashiy oladi. Ishlab chiqaruvchilarning so’zlariga ko’ra, gibrid dirijabllari geliy bilan to’ldirilgan bo’lib, kemalardan tezroq harakat qiladi hamda samolyotlar va vertolyotlarga qaraganda kam yoqilg’i sarflaydi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar