Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.03.2016

AQShning g'aroyib prezidentlari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 219

AQShdagi saylovoldi kampaniyalari shuni ko'rsatadiki, bu mamlakatda istalgan kishi prezidentlik uchun nafaqat o'z nomzodini ilgari surishi, balki bu lavozimni egallashi ham mumkin.

AQShning g'aroyib prezidentlari

Aytish mumkinki, demokratiya Qo'shma Shtatlarda avvalboshdanoq o'zini namoyon eta olgan. Quyida Amerika tarixining ajralmas qismiga aylangan g'aroyib prezidentlar haqida ba'zi ma'lumotlarni havola etiladi, deb yozadi "Kun".

Jon Tayler (1790-1862). 1841-1845 yillarda AQShning 10-prezidenti.

AQShning g'aroyib prezidentlari

Jon Tayler bir paytlar AQSh dushmani sifatida e'lon qilinganiga qaramay, davlat rahbariga aylanishga muvaffaq bo'lgan. Gap shundaki, Tayler 1861 yilgi fuqarolik urushi ishtirokchisi bo'lib, u Janubiy konfederatsiyani tuzishda yetakchi bo'lgan. Shu bois, shimolliklar uni davlat dushmani deb e'lon qilishgan.

Grover Klivlend (1837-1908). 1885-1889, 1893-1897 yillarda AQShning 22 va 24-prezidenti

AQShning g'aroyib prezidentlari

Grover Klivlend 19 asr so'ngida 2 marotaba davlat rahbarligiga erishgan. Uni mashhur qilgan ishlaridan biri esa, jinoyatchilarni shaxsan osgani hisoblanadi. Uni "ortidan osuvchi" deb atashardi. Grover bunday malakani Nyu-York shahrining bosh sherifi bo'lgan paytida orttirgan.

Abraham Linkoln (1809-1865). 1861—1865 yillarda AQShning 16-prezidenti

AQShning g'aroyib prezidentlari

Prezident Abraham Linkoln esa, nafaqat minglab qoratanlilarni qullikdan ozod etgan, balki prezidentligi vaqtida o'ldirilgan 4 nafar davlat rahbarlaridan biridir. Shunga ko'ra, ayrimlar Linkoln o'limi bilan "Tippekano# qarg'ishi" (nol raqamli yillar qarg'ishi) mavjudligini isbotlashga urinishadi. Sirli tasodif tufayli, 1840 yildan 1960 yilgacha bo'lgan, nol bilan tugagan yillarda saylangan prezidentlarning barchasi muddatini poyoniga yetkaza olmagan. Ular suiqasd qurboni bo'lishgan.

Martin van Byuren (1782-1862). 1837–1841 yillarda AQShning sakkizinchi prezidenti

AQShning g'aroyib prezidentlari

Martin van Byuren esa, Amerikaning ona tili inglizcha bo'lmagan yagona prezidentidir. Van Byuren hollandlar oilasi vakili bo'lib, uyida doim hollandcha so'zlashgan. Garchi u ingliz tilini o'rganganiga qaramay, inglizchada juda yomon talaffuzda gapirgan.

Teodor Ruzvelt (1858-1959). 1901-1909 yillarda AQShning 26-prezidenti

AQShning g'aroyib prezidentlari

AQSh prezidenti Teodor Ruzvelt ovning o'ta ketgan ishqibozi bo'lgan va doim jurnalistlar qurshovida ovga chiqishni xush ko'rgan. U 1902 yilgi shunday ov safarlaridan birida ayiq bolasini otmagach, Washington Yevening Star jurnalistlari karikatura ishlashdi. Gazetada buni ko'rib qolgan rossiyalik muhojir Morris Michtomning rafiqasi suratdagiga o'xshash o'yinchoq ayiqchani yasab, prezident sharafiga Eldquo;Teddy Bear” (ayiqcha Teddi) deb nomlagan va erining Nyu-Yorkdagi o'yinchoqlar do'koniga qo'ygan. Shu bilan mashhur bolalar o'yinchog'i paydo bo'lgan.

Franklin Ruzvelt (1882-1945). 1933–1941 yillarda AQShning 32-prezidenti

AQShning g'aroyib prezidentlari

Prezident Franklin Ruzvelt irimchi prezident sifatida nom qoldirgan. U 13 raqamini juda ham yomon ko'rgan. Shu bois, 13 qavatda o'tkazilgan yig'ilishda hech qachon qatnashmagan, oyning 13 sanasida sayohatga chiqmagan va ayniqsa huzuriga 13 kishi keladigan bo'lsa zudlik bilan kotibini chaqirgan.

Jerald Ford (1913-2006). 1974-1977 yillarda AQShning 38 prezidenti

AQShning g'aroyib prezidentlari

Va nihoyat, Jerald Ford fotomodel sifatida ish boshlagan yagona prezidentdir. Uning suratlari jurnallarda chop etilgan, bundan tashqari, Ford amerikacha futbolning mohir o'yinchisi edi. Amerika futbol ligasining yetakchi jamoalari unga professional shartnoma ham taklif etishgan. Shuningdek, u amerikacha futbol va boks murabbiyi sifatida ham ishlagan. Tennis va golfni mahorat bilan o'ynagan.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar