Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.03.2016

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 222

Ko'pchilik hayotimizda ertakka o'rin yo'q deb hisoblaydi. Lekin bu noto'g'ri fikr. Sababi, hozirgi kunda ham xuddi ertaklardagidek o'z baxtini topgan insonlar yashaydi. E'tiboringizga zamonaviy Zolushkalarning ertaklarga o'xshash hikoyalarini havola etamiz, deb yozadi "KUN.UZ".

Keyt, Kembrij gertsoginyasi

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Uels shahzodasi Uilyam va oddiy ingliz oilasidan bo'lgan Keyt 2001 yilda Shotlandiyaning Sent-Endryus universitetida tanishganlar. Birinchi kursning o'zida Keyt va Uilyam do'stlashib qoladi. Keyt uchun avvaliga shahzoda bilan do'st bo'lish juda qiyin kechdi, chunki u Uilyam bilan uchrashgan chog'ida qizarib yoki oqarib ketardi, hattoki, suhbat paytida to'xtab qolar edi. Ammo bu holat asta-sekin o'tib ketdi. Bundan tashqari, Keyt shahzodani o'qishni tashlash fikridan qaytardi. 2004 yildan boshlab ularning munosabatlari haqida matbuotda birgalikdagi suratlari chop etilganidan so'ng muhokama qilishni boshlashdi. Lekin ularning munosabatlari mukammal bo'lmagan: ba'zi vaqtlarda ajrashib, keyinroq esa yarashib olishar edi. Ammo haqiqiy tuyg'u g'alaba qozondi: 2010 yilning noyabr oyida Uilyam va Keyt rasmiy ravishda o'zlarining unashtiruvlari haqida e'lon qilishdi. 2011 yilning aprel oyida Vestminster abbatligida ularning nikoh marosimlari o'tkazildi va bunday baxtli kunni millionlab odamlar dunyo bo'ylab jonli efirda kuzatishdi.

Letitsiya, Ispaniya qirolichasi

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Ispaniya qirolichasi Letitsiyaning ota-onasi muxbir va hamshira bo'lib ishlashgan va u bolaligidayoq kelajakda muxbirlik sohasidan borishni rejalashtirgan. Shahzoda Felipeni uchratishdan avval, u turmushidan ajragan va o'sha vaqtda taniqli muxbirga aylangan edi. Asturiy shahzodasi bilan Letitsiya Galisiyada xabarlar tayyorlash vaqtida tanishib qolgan. Tasodifiy uchrashuv, bir ko'rishdagi sevgi... va ayollar makri: Letitsiya boshida Felipe bilan uchrashuvga rozilik bermagan va shahzoda sabr bilan kutishga majbur bo'lgan. Natijada 2003 yilda dunyo bo'ylab taxminan 1,5 milliard tomoshabinni ekran oldiga jamlagan to'y bo'lib o'tgan.

Sharlen, Monako knyaginyasi

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Suzish bilan shug'ullanish nafaqat sportdagi yutuqlar cho'qqisiga, balki qasrga ham eltishi mumkin ekan. Ana shunday holat professional suzish bilan shug'ullanuvchi Sharlen Uittstok va Alber II o'rtasida yuz berdi. Ularning birinchi uchrashuvi 2000 yilda tashkil etilgan Monakodagi bellashuvda, ikkinchisi esa 6 yil o'tib Turin shahridagi bellashuvda sodir bo'lgan. Shunday so'ng, matbuotda ularning birgalikda tushgan fotosuratlari paydo bo'la boshlagan. Ammo rasmiy ravishda ular o'z munosabatlarini 2011 yilda ro'yxatdan o'tkazishdi.

Meri, Daniyaning kronmalikasi

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Muallimlar farzandi Meri hamda shahzoda Frederikni ham sport birlashtirgan. Ular 2000 yilda Olimpiya o'yinlarida Sidney shahridagi mayxonalarning birida tanishishgan. U yerga shahzoda o'z do'stlari bilan dam olgani keladi va sohibjamol Merini uchratib qoladi. Shunisi qiziqki, bo'lajak qirol Meriga o'zini Fred deb tanishtiradi va aslida kim ekaligini undan yashiradi. Lekin Meri u bilan ketishga shoshilmaydi: 2001 yilning boshida u Parijga ingliz tili o'qituvchisi bo'lib keladi va keyinchalik Daniyaga ko'chadi. Ammo Meri Elizabet Daniya malikasi bo'lishi uchun shahzoda ota-onasining bir qancha shartlarini bajarishi, jumladan, Avstraliya fuqaroligidan voz kechishi, presviterian cherkovidan Daniyaning lyuteran cherkoviga o'tishi, datchani mukammal o'rganishi va ajralish sodir bo'lsa farzandlaridan voz kechishiga rozilik berishi lozim bo'lgan.

Sara, Bruney malikasi

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Uilyam va Keyt kabi Bruney taxt vorisi o'zining sevgisini o'qish maskanida uchratib qolgan birinchi marta shahzoda uni maktab davrida ko'rib qolgan. Ularni tanishishiga Saraning maktabdagi dugonasining turmush o'rtog'i sabab bo'ladi. U shahzodaga mening rafiqamni chiroyli dugonasi bor” deb tanishtirib qo'ygan. Sarani ko'rish uchun esa maktabga maxsus tashrif tashkillashtirilgan. O'sha vaqtda Sara dengiz biologiyasi bilan jiddiy shug'ullanishni rejelashtirgan edi, lekin unga taqdir o'zgacha kutilmagan sovg'alarni tayyorlab qo'yadi. Shunday qilib, 17 yoshli Sara 30 yoshli Bruney shahzodasi Al-Muxtadi Billa Bolkiaxga turmushga chiqadi.

Tessi, Lyuksemburg malikasi

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Tessi Lyuksemburg malikasi unvonini 2009 yilda olgan, ammo shahzoda Luining qonuniy umr yo'ldoshi unvoniga esa undan avvalroq erishgan. Buning sababi quyidagicha bo'lgan: serjant Tessi Entoni va Lyuksemburg shahzodasi bilan uchrashuv Kosovoda bo'lib o'tgan. Tez orada ular farzand kutayotganliklari ma'lum bo'lgan, ammo qirollik oila a'zolarida noqonuniy farzandlar bo'lishi qat'iyan man etilgan edi. Ularning o'g'illari dunyoga kelganidan so'ng, Tessi va Lui turmush qurishgan, lekin buning uchun shahzoda o'zining taxtga bo'lgan huquqidan voz kechishga to'g'ri kelgan va Tessi oddiygina madam de Nassau” nomini olgan. Keyinroq esa ularning ikkinchi o'g'illari dunyoga kelgan. Va nihoyat, shahzodaning oilasi katta qadamni amalga oshirishga qaror qilgan: 2009 yil Milliy Lyuksemburg kunida Buyuk gertsog va baxtli Anri bobo o'z farzandining nikohini qonuniy deb qabul qilgan, keliniga malika va nevaralariga shahzodalar unvonini topshirgan.

Mette-Marit, Norvegiya malikasi

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Agar haqiqiy ertaklardagi kabi hikoya haqida so'z ketsa, Mette-Marit haqida gapirib o'tmaslik xato bo'ladi. U oddiy muxbir va bank xizmatchisi oilasida dunyoga kelgan. Qirollik oila a'zosini uchratishdan avval, u ofitsiant, kiyim-kechak sotuvchisi bo'lib ishlagan, giyohvand moddalar bilan ham tanishishga ulgurgan”, qonunni ham buzgan inson bilan yashab ko'rgan va hattoki o'g'illi ham bo'lgan. Norvegiya shahzodasi Xokon bilan Mette-Marit 1999 yil musiqa festivalida tanishib qolgan. Ularning nikohlari Mette-Maritning noaniq o'tmishi tufayli havf ostida bo'lgan. Ammo Xokon uylanaman yoki taxtdan voz kechaman” deb ultimatum qo'yganidan so'ng ularning to'ylari amalga oshgan.

Raniya Al-Abdulla, Iordaniya qirolichasi

O'z shahzodasini topgan zamonaviy "Zolushkalar"

Rahbarlik lavozimiga tayinlanish to'g'risida rad javobini olgan Raniya Ummonning Citibankida o'z baxtini sinab ko'rmoqchi bo'ldi. Va baxt ish ko'rinishida emas, balki muhabbat ko'rinishida keladi: markaziy idorada Raniya Iordaniya qirolining o'g'li Abdulloh bilan uchrashib qoldi. Yangi tanishuv yanada kattaroq his-tuyg'uga aylandi va oxir-oqibat to'y bilan yakunlandi. Bunday ajoyib 4 farzandning onasi va go'zal ayolga har doim shoxona ko'rinish yarashadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar