Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.03.2016

Fransiyada sun'iy oshqozonosti bezi apparati yaratildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 239

Fransiyada yaratilgan sun'iy oshqozonosti bezi apparati tibbiy sinovdan o'tkazilmoqda. U 1-darajali qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga mo'ljallangan bo'lib, qonda qand miqdorini avtomatik ravishda nazorat qilish va insulin in'ektsiyasini qilish imkonini beradi, deb yozadi "KUN.UZ".

Fransiyada sun'iy oshqozonosti bezi apparati yaratildi

1-darajali qandli diabetdagi giperglikemiya (qonda glyukoza miqdorining oshib ketishi) oshqozonosti bezidagi β-kataklarining halok bo'lishi bilan bog'liq, bu esa o'z o'rnida butkul insulin yetishmovchiligiga olib keladi. Bunday holatda bemorlar qand miqdorini doimo nazoratda ushlashlari shart. Yagona davolash usuli - insulin terapiyasi.
Yangi apparat Diabeloop nomini olgan bo'lib, butun jarayonni avtomatlashtiradi. Qurilma uncha katta bo'lmagan quti ko'rinishida bo'lib, uni oshqozonosti beziga joylashtiriladi. Diabeloop apparatiga Bluetooth-moduli o'rnatilgan, uni smartfon orqali boshqariladi. Bemor faqatgina insulin yuborishni yo'naltirishi va taxminiy ovqatlanish vaqtini belgilab bersa bo'ldi.

Sun'iy oshqozonosti bezi apparati qondagi qand miqdorini mustaqil ravishda nazorat qiladi. Hozirgi kunda 1-darajali qandli diabetga duchor bo'lganlarning 15 nafari ustida mazkur tadqiqot olib borilmoqda. Aytish joizki, olimlar ularning soni yanada ortishini ta'kidlashmoqda. Agar bu tadqiqotlar muvaffaqiyatli yakun topsa, unda Diabeloop apparati 2017-yilning oxiridayoq sotuvga chiqadi. Ma'lumki, Fransiyada qurilma narxining bir qismi tibbiyot tomonidan sug'urtalanadi.

Diabeloop mualliflari qurilmaning nafaqat bemorlar hayotini yengillashtirishiga, balki doimiy shifokor nazorati ostidagi bemorlar sonining qisqarishiga umid bildirmoqdalar.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar