Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.03.2016

Olimlar antibiotiklar o'rnini bosuvchi 100 dan ko'proq viruslarni aniqlashdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 476

Amerikalik olimlar RNK-saqlovchi bakteriofaglar hattoki antibiotiklarga barqaror bo'lgan bakteriyalarga "ov" qiluvchi viruslarning 122 ta yangi turini aniqlashdi. Ushbu tadqiqot PLOS Biology jurnalida chop etildi, deb yozadi "KUN.UZ".

Olimlar antibiotiklar o'rnini bosuvchi 100 dan ko'proq viruslarni aniqlashdi

Bakteriofaglar tuproq va okeanlarda, inson organizmida bakteriyalar miqdorini nazorat qiluvchi "yirtqich" viruslardir. Hozirda ma'lum bo'lgan bakteriofaglarning deyarli barchasi DNK-saqlovchilardir. RKN-saqlovchi bakteriofaglar ularni topish qiyin bo'lgani uchun olimlar tomonidan kam tadqiq qilingan.

Olimlar RNKli bakteriofaglar DNKli bakteriofaglar ta'siri o'tmaydigan stafilokokk va streptokokk kabi grammusbat bakteriyalarga ta'sir qila olishini birinchi marotaba ko'rsatdilar. Ma'lumki, RNKli bakteriofaglar hozirda antibiotiklarga borgan sari barqarorlashib borayotgan grammanfiy bakteriyalarga ham ta'sir qiladi.

"DNK saqlovchi juda ko'plab bakteriofaglar ma'lum, biroq RNK saqlovchisini topish bu katta omaddir", deb aytdi tadqiqot mualliflaridan biri Devid Van. Olimlar jamoasi ularni okeandan olingan tuproqlar, dengiz jonzotlari, chivinlar, sichqonlar va rezus-makakalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilib topdilar.

Olimlar RNK-saqlovchi bakteriofaglarning ma'lum bo'lgan bakteriyalarga ta'sirini o'rganishni davom ettiradilar. Olimlar kelajakda bunday bakteriofaglarni muayyan bakteriyalarga qarshi qo'ya olishlariga umid qilmoqdalar, bu esa antibiotiklar yordamidan voz kechishga imkon beradi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar