Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.03.2016

Bahorgi depressiyani nima bilan yengish mumkin?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 332

Mana, nihoyat bahor ham keldi, ammo kayfiyatingiz tushkun va uyqu bilan bog'liq muammolaringiz bormi? Bahorgi depressiyani bekorga vitaminlar va boshqa foydali moddalar yetishmovchiligi bilan bog'lashmaydi.

Bahorgi depressiyani nima bilan yengish mumkin?

Ammo shunday mahsulotlar borki, bunday vaqtda ularga alohida e'tiborni qaratish lozim bo'ladi.

Pishloq va baxt

“Baxt garmoni” yoki serotonin to'g'ridan-to'g'ri kayfiyatga ta'sir qiladi (bu modda asab tizimi ishida ishtirok kiladi). Bu esa, o'z navbatida, inson organizmida triptofan aminokislotasida hosil bo'ladi. Inson tanasida triptofan ishlab chikilmaydi, bu modda tashqaridan kelib tushishi kerak” deydi ratsional ovqatlanish bo'yicha mutaxassis Viktoriya Buchelnikova.

Sut mahsulotlari keng tarqalgan mahsulotlardir, ular triptofan va kaltsiyga boy manba hisoblanadi. Serotonin ta'sir qilishi uchun zarur bo'lgan kaltsiyga boy tvorog iste'mol qilish mumkin, lekin bu jihatdan qattiq pishloqlar alohida ahamiyatga ega.
Triptofan uyqu ritmi uchun rol uynaydigan gormon-melotanin hosil bo'lishida muhim rol uynaydi. Aynan shuning uchun uyqusizlik va tushkun kayfiyat bir-biri bilan bog'likdir, deydi o'z fikrini bildirar ekan Buchelnikova.

Dengiz mahsulotlari

Amaliy jihatdan olib qaralganda triptofan miqdori eng ko'p mahsulot bu kizil ikra, lekin bu topilishi qiyin bo'lgan mahsulotdir. Shuning uchun o'z ratsioningizga yog'li baliqlar va kalmarlarni qo'shsangiz bo'ladi. Bu mahsulotlarda to'yingan yog'li kislotalar bo'ladi, kaliy esa serotonin to'g'ri ajralishini va insonga ta'sir qilish jarayonida qatnashadigan moddadir”, deya qo'shimcha qiladi mutaxassis.

Yong'oq va shokolad

Yong'oq, ayniqsa, araxis kayfiyatni yaxshi saqlab turishga yordam beruvchi moddalar manbaidir. Kakao ham shunday xususiyatga ega. Kakao qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi. Shuning uchun qora shokolad turlarini tanlash lozim. Shokolad, shuningdek, psixologik, tinchlantiruvchi xususiyatga ham ega. Kakaoda yana magniy ham bor, u stressni kamaytirishga yordam beradi. Natalya Fadeeva fikriga ko'ra, asal, murabbo, achchiq shokolad, quruq mevalarni aqliy yoki jismoniy mehnatdan zo'riqqanda ratsional ovqatlanishga qo'shish kerak. Lekin shuni hisobga olish kerakki, ularning bir sutkalik miqdori ovqatlanish kaloriyasining 10 foizdan ko'p bo'lmasligi kerak. Bu esa taxminan 50-60 grammga teng.

Tovuk go'shti

Hayvon oksillarida triptofan miqdori o'simlik oqsillariga qaraganda ko'p bo'ladi, deydi V. Buchelnikova. Bundan tashqari, tovuq go'shtida V guruhi vitaminlari borligi sababli u asab tizimini mustahkamlaydi.
Bu go'sht tarkibida yana A, S, Ye vitaminlari ham bo'ladi. Bu vitaminlar tuxumda ham bo'ladi. Shuning uchun ertalabki nonushtaga tuxum iste'mol qilish ayni muddao, u kayfiyatni ko'taribgina kolmasdan, biroz vaqtgacha ochlik hissini yengishni ham yordam beradi.

Mevalar

Apelsin, limon, greypfrut, mandarin kabi mevalar Natalya Fadeevaning fikricha, tarkibida efir moylari bo'lgani sababli organizmning umumiy holatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Triptofan manbai sifatida meva va sabzavotlar yuqorida aytib o'tilgan mahsulotlardan biroz orqada, lekin ularda vitaminlar ko'p, ularning yetishmovchiligi esa organizmga bahorda keskin seziladi. Bundan tashqari, mevalarni iste'mol qilish kayfiyatni oshiradi.

Boshoqli don mahsulotlari

Asab tizimiga V guruhiga kiruvchi vitaminlar zarur. Ularni esa don mahsulotlaridan topish topish mumkin. Ular, shuningdek, sekin o'zlashtiriladigan uglevodlar manbaidir. Bu esa bosh miya faoliyati uchun juda muhim. Grechka, tariq, bug'doy kepagi asab tizimining yaxshi ishlashi uchun magniy manbai bo'lib xizmat qiladi.

Vitaminlar va biologik faol qo'shimchalarmi yoki to'g'ri
ovqatlanishmi?

Vitaminlarni ba'zan to'g'ri ovqatlanishda qo'shimcha vosita sifatida, shuningdek, jismoniy va aqliy zo'riqishlarda yoki organizm uzoq vaqt davom etgan kasallik tufayli holsizlanganda juda asqotadi. Lekin ratsional ovqatlanishni vitaminlar majmuasi bilan almashtirish kutilgan natijani bermaydi, deya xulosa qiladi Natalya Fadeeva.

Kayfiyatimiz uchun javob beradigan triptofanga kelganda shuni aytish kerakki, u hozirda dorixonalarda biologik faol qo'shimcha sifatida sotilmoqda. Lekin uni nazoratsiz qabul qilish boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin, deydi V.Buchelnikova. Bundan tashqari, uning sutkalik kerakli miqdorini issiq shokolad yoki 150 gramm araxisdan olish mumkin.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar