Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.03.2016

Fransiyalik “o'rgimchak odam” Parijdagi osmono'par binoga hech qanday ehtiyot vositasiz ko'tarildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 614

Fransiyalik 53 yoshli sportchi, baland binolarga o'rmalab chiqishi bilan “o'rgimchak odam” deb nom olgan taniqli alpinist Alen Rober yana bir marotaba xavfli ko'tarilishni amalga oshirdi: u hech qanday ehtiyot vositasiz Parijdagi osmono'par binoga ko'tarildi, deb yozadi "KUN.UZ".

Fransiyalik “o'rgimchak odam” Parijdagi osmono'par binoga hech qanday ehtiyot vositasiz ko'tarildi

Alen buning uchun Defans ishbilarmonlik dahasidagi binoni tanladi. "O'rgimchak odam” zabt etgan binoning balandligi 187 metrni tashkil qiladi. Sportchi binoning eng yuqori cho'qqisiga chiqishi uchun unga 45 daqiqa talab etildi.

“O'rgimchak odam” har gal bunday ko'tarilishlarni amalga oshirganda o'z hayotini xavf ostiga qo'yishiga qaramasdan, alpinizm uning hayoti ekanini aytib keladi.

“Alpinizm mening ehtirosim, mening hayotiy falsafam. Men yuqoriga ko'tarilayotganda bosh aylanishni sezishim va baxtsiz hodisalar meni deyarli 66 foizga nogiron qilganiga qaramasdan, men yakka holda harakat qiluvchi dunyodagi eng yaxshi alpinist bo'lishga muvaffaq bo'ldim”, deb yozdi Rober feysbukdagi sahifasida.

Alen bungacha Eyfel minorasini, Sidney opera teatri, Dubaydagi Burj-Xalifa binosi va Kuala-Lumpurdagi Petronas minorasini zabt etishga muvaffaq bo'lgan.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar