Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

22.03.2016

Ilon zahriga qarshi universal antidot ishlab chiqildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 166

Amerikalik olimlar 28 turdagi ilonlarning zahriga qarshi ta'sir etuvchi dori o'ylab topishdi. Ishlab chiqilgan mazkur metodning afzal tarafi shundan iboratki, u universal bo'lish bilan bir qatorda maxsus sharoitlarda saqlanishni talab qilmaydi, deb yozadi "KUN.UZ".

Ilon zahriga qarshi universal antidot ishlab chiqildi

Agar sizni zaharli ilon chaqib olsa, albatta, unga qarshi ta'sir etuvchi antidot mavjud. Biroq, barcha dorilar ilonning turiga qarab zaharga qarshi kurasha oladi. Bundan tashqari, ular o'z kuchini yo'qotmasligi uchun ular iste'mol qilingunga qadar, muzlatkichda saqlanishi lozim. Mett Lyuin va uning Kaliforniya fanlar akademiyasidagi hamkasblari yaratayotgan dori endi bu vaziyatni yanada yengillashtirishi mumkinligi aytilgan. Tadqiqotchilar shifokor yordamisiz ilonlarni 28 turdagi keng tarqalgan zahriga qarshi kurasha oladigan universal antidotni taqdim etishni rejalashtirishganini ma'lum qilishdi.

Ilon chaqqan vaziyatda ishlatiluvchi vositaning yaratilish jarayonida dori inson organizmiga tushgach, turli ta'sir o'tkazishi, jumladan, teri yallig'lanishi, falajlik, qon ivishi kabi kasalliklarni ham keltirib chiqarish ehtimoli borligi qiyinchilik tug'dirdi. Antidot samarali bo'lishi uchun bu jarayonlarning barchasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi lozim edi.

M#tt Lyuin jamoasi ilon zahri tarkibiga kiruvchi va yallig'lanish jarayonida inson tanasida paydo bo'luvchi sPLA2 fermentiga bor e'tiborini qaratdi. Olimlar sPLA2 fermentini oldini oluvchi kimyoviy birikmalarni jamlaganidan so'ng kemiruvchilarda tajriba o'tkazishdi va ularning aniqlashiga ko'ra, yallig'lanishga qarshi Varespladib (varespladib) moddasi sPLA2 fermentini kamaytirish xususiyatiga ega ekanligini aniqlashdi.

Olimlar fikriga ko'ra, Varespladib 28 turdagi ilon zahri, jumladan, qora Mamba, Rassel qora iloni, hind kobrasi, kapcha kobralari va boshqa zaharli ilonlarga qarshi o'z ta'sirini o'tkaza oladi. Mazkur dorini kemiruvchilarga qo'llash natijasida, barcha jonivorlardagi sPLA2 fermentining kuchayishi to'xtatilib, ular o'limdan saqlanib qolindi.

Amerikalik olimlar yaqin kunlarda yangi antidotni odamlarda ham sinovdan o'tkazishlarini ma'lum qilishdi va bu dori minglab insonlarni o'limdan saqlab qolishiga ishonishmoqda.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar