Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

20.03.2016

Yemang! Iching!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 356

Semirib ketmaslik uchun yoki ozish uchun nimalar qilmaymiz. Dietaga o'tiramiz, jismoniy mashg'ulotlar bajaramiz, och yuramiz. Natijada esa ozmaymiz, hatto ba'zida semiramiz ham.

Ikki hafta dieta qilib ko'rsak natija ajoyib bo'ladi. Kiyim kiyilishini o'zidan ozganligimiz sezilib turadi. Lekin yana xuddi shunday 2 hafta o'tgach oldingi vaznimiz qaytadi, ba'zida esa ortig'i bilan.

Yemang! Iching!

Qanday ozish kerak?

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, inson ovqatsiz bir necha kun yashay oladi, lekin suvsiz yashashi juda qiyin. Bizning organizmning asosiy qismi ham suvdan tashkil qilgani uchun biz suvga muhtojmiz.

Semirib ketayotganlarning aksariyatida bir muamo mavjudligi aniqlandi. Ular organizmini suvga bo'lgan ehtiyojini ovqat bilan qoplar ekanlar. Ya'ni, chanqoq bosganligi haqidagi impulsni ular qorin ochdi deb noto'g'ri qabul qilib ovqat yeyishga intiladilar. Aslida o'sha payt 1 stakan toza suv ichilsa, qorin ochganlik hissi bir zumda yo'q bo'ladi yoki kamayadi.

Kuniga 3-5 mahal ovqatlanish norma hisoblanadi. Bu tartibda meyor bilan yeyilsa semirish juda qiyin. Semirish ko'pincha ora-orada ham bir nima yeganlik uchun yuzaga keladi. Bu oddiy meva yoki yong'oq bo'lgani bilan qo'shimcha kaloriya ekanligini unutmaslik kerak.

Ana shunday ora-oralarda bir nima yeb olish ehtiyoji paydo bo'lganida suyuqlik ichish kerak ekan!

Chunki oradagi ovqatga bo'lgan ehtiyoj aslida suyuqlikka bo'lgan ehtiyojdir. Organizm ovqatga muhtoj ekanligini namoyon qilishi uchun kamida 5-6 soat ovqatsiz yurish kerak. Lekin har 1-2 soatda organizmning bir nima tusashi uning suyuqlikka muhtoj ekanligidan dalolat beradi, xolos.

Shu qonuniyatni unutaslik kerak. Bemahalda qorin ochdimi, olma, danak, uzum, qatiq yoki qurt yeb olishga shoshilmang, siz chanqayapsiz. Kamida 1 stakan suv ichib olib ko'rsangiz bir nima yeb olish niyatingiz yo'qqa chiqadi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar