Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

17.03.2016

Asablar Toliqqanda

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 320

Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, meva-sabzavotlarni iste’mol qilish yoki hidlash bosh miya faoliyatini yaxshilaydi. Shu bois ko‘proq meva iste’mol qilish judayam foydali ekanligini doimo yodda tutaylik. Xususan, sabzi yeb turilsa (xom holda yeyilsa yoki sharbati ichilsa), miyada moddalar almashinuvi yaxshilanib, xotira kuchayadi.

Asablar Toliqqanda

Karam ham miya faoliyati uchun juda foydali. Xom karamni mayda to‘g‘rab, ozroq o‘simlik yog‘i qo‘shib iste’mol qilinsa, tarkibidagi moddalar asabiylashgan odamni tinchlantiradi.

Ertalab limon choy ichib turish asab tizimini tetiklashtiradi, yangi axborotlarni qabul qilishni yaxshilaydi. Yaxshi pishgan sap-sariq limon vaqti-vaqti bilan hidlab turilsa, kayfiyat yaxshilanadi. Kayfiyatingiz doimo yaxshi bo‘lishi uchun oz-ozdan qalampir yeb turing. Qalampir tarkibidagi xushbo‘y moddalar ruhiyatdagi noxushlikni tezda tarqatadi.

Aqliy mehnatdan charchaganda yoki ruhan toliqqanda piyoz iste’mol qilish kerak. Piyoz miya, asab hujayralarini kislorod bilan ta’minlaydi.

Anjiring murabbosi va sharbati bosh miya uchun nihoyatda foydali. Anjir qonning quyuqlashishiga yo‘l bermay, miyaning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.

Ijodiy ish bilan shug‘ullanuvchilar ovqati tarkibida doim zira bo‘lgani ma’qul. Ziradagi efir moyi miya asab hujayralarini oziqlantiradi.

Kayfiyatning ko‘tarinki bo‘lishi uchun nok yeyish kerak ekan. Nok miyada qon aylanishini yaxshilab, tanada to‘plangan zaharli moddalarni zararlantiradi. Yaxshi pishgan nokni hidlaganda asab tinchlanadi.

Miyaga o‘rnashib, doim kayfiyatni xira qilib turadigan voqea-hodisalarni unutish uchun xushbo‘y olmani hidlash va to‘yib-to‘yib yeyish kerak. Olma kishining ish qobiliyatini tiklaydi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar