Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.03.2016

Bugun har to`rt yilda bir marta qaytariladigan kunni yashaymiz

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 372

Bugun 29 fevralda tug`ilganlar o`z tavallud ayyomlarini nishonlash imkoniyatiga ega bo`lgan kun. Ushbu bir kun ko`p yashaladigan yil bilan juda ko`p afsona va irim-sirimlarni bog`lashadi. 2016 yil Kabisa yili sanaladi. Nima uchun va bu qayerdan chiqib kelgan?

Bugun har to`rt yilda bir marta qaytariladigan kunni yashaymiz

Yil tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsa, mazkur yil eramizgacha bo`lgan 45 yilning 1 yanvaridan qo`llanila boshlangan. Kunning bunday hisob-kitob usuli asoschisi Rim imperatori Yuliy Sezar hisoblanadi. Aynan o`zining Iskandariyadagi u Sozigen boshliq astronomlariga astronomik yil hisobi bo`yicha kun va soatni aniq belgilash uchun buyruq beradi. Hisob-kitoblar yakuniga ko`ra, yil 365 kun-u 6 soatdan iborat bo`lgan. Astronomlar esa yilning kunini tenglashtirish, ya`ni ortib qolgan 6 soatni yilga kiritish uchun Yuliy Sezarga to`rt yilda bir marta Kabisa yili bo`lishi kerakligini taklif qilishdi. Chunki to`rt yilda har yili olti soatdan qo`shilib, bir kecha-kunduz “ortib” qoladi. Ana shu sabab har to`rtinchi yilning fevrali 28 emas, balki 29-sana bilan yakunlanadi.

2016 yildan keyin 2020, 2024, 2028 yillar Kabisa yili sanaladi.

2016 yil 52 hafta-yu, 2 kunni o`z ichiga oladi.

Odamlar orasida Kabisa yilini shov-shuvlar, talato`plarga boy bo`ladi, deb o`ylaydiganlar ham uchraydi. Uzoq yillar davomida Kabisa yili g`ayrioddiy jarayonlarni qamrab olishi haqida tasavvurlar mavjud bo`lgan. Kabisa yilida har bitta xatti-harakat, har bir o`zgarish alohida e`tiborni talab qilishi e`tirof etib kelingan. Ammo bu kabi tasavvur va qarashlar Kabisa yili sharq taqvimi bo`yicha qaysi muchal ostida ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Shuningdek, mazkur yil ham boshqa yillar kabi odatdagidek o`tishini, alohida ahamiyatli jihati yo`qligini e`tirof etadiganlar ham yetarlicha.

Ammo Kabisa yili bo`yicha kimda qanday tasavvur va tushuncha bo`lishidan qat`iy nazar, aniq ma`lumot shuki, xayrli va savobli ishlarni amalga oshirishga mazkur yilda bir kunlik muddat, ya`ni 24 soatlik ortiqcha imkoniyat bo`ladi.

Shu fursatdan foydalanib, har to`rt yilda bir marta haqqoniy tug`ilgan kunini nishonlaydiganlarni chin qalbdan qutlab qolamiz!

Manba: "Darakchi" nashri

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar