Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

02.03.2016

Odamlarga qanday ta’sir o’tkazish mumkin: 10 ta psixologik usul

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 074

Atrofingizdagi insonlar bilan muloqot chog'ida sizga ta'sir o'tkazib, qarshilik bildirishingiz uchun imkon qoldirmayotganliklarini his etasizmi? Demak, ular sizga nisbatan bugun tavsiya etayotgan usullardan foydalanishmoqda. Endi siz ham ularga ta'sir ko'rsata olasiz!

Odamlarga qanday ta’sir o’tkazish mumkin: 10 ta psixologik usul

1.Odamlarni ismi bilan atang.

Shahsiy ism inson uchun muhim va yoqimlidir. Ism insonning tug’ilganidan boshlab, hayotining ajralmas qismidir. Insonni ismi bilan atash uning yer yuzida yashayotganligidan dalolatdir. Insonga unvoni, mansabi va maqomini qo’shib murojaat qilganda, ijobiy natija beradi. Agar suhbatdoshingizdan biror narsa kutsangiz, murojaatingiz ham shunga yarasha bo’lishi kerak. Masalan, yaxshi munosabatda bo’lishni istasangiz, u odamni “do’stim”, deb atang. U odamning qo’li ostida ishlashni xohlasangiz, “xo’jayin” yoki “bek”, deb atang.

2. Diqqat bilan tinglang.

Odamni diqqat bilan tinglashni bilish kerak, garchi u noxaq bo’lsa ham. Noxaqligini darrov aytish yaramaydi, oxirigacha eshitish kerak. Balki ba’zi joylarda uning gapiga qo’shilish ham mumkindir. Gapini oxirigacha eshitib, ana undan keyingina o’z fikringizni bildiring. Shunda suhbatdoshingiz ham sizning gapingizni diqqat bilan tinglaydi.

3. Maqqullash sifatida boshingizni irg’itib qo’ying.

Bizning jamiyatimizda bosh irg’itish maqullash ma’nosini bildiradi. Suhbatdoshingiz gapirganida, siz boshingizni irg’itsangiz, fikrlashimiz bir xil ekan, deb o’ylaydi va u ham sizning gapingizga qo’shiladi va gapingizni ikki qilmaydi.

4. Suhbatdoshingizni aytgan gaplarini takrorlang.

Psixologlar aynan shu usuldan foydalanadilar. Ular avval odamni diqqat bilan tinglab, so’ngra xuddi shu voqeani boshqa jumlalar bilan suhbatdoshiga so’zlab beradi va shu tariqa ularning orasida qandaydir bog’liqlik shakllanadi. Do’stlaringiz bilan shu usulda gaplashib ko’ring, shunda ular o’zlarini sizning oldingizda qulay his qiladilar.

5. Xushomadlar qiling.

Xushomadni o’ziga ishongan insonlarga nisbatan qo’llash kerak. Ular o’zlariga baho bera oladilar, ularni maqtaganingizda shundoq ham ular bilgan narsani tasdiqlaganday bo’lasiz. Agar xushomadni o’ziga ishonmagan insonga nisbatan qo’llasangiz, bu unga yoqmaydi, chunki siz kesatiq gaplar aytganday tuyulasiz. Shunda suhbatdoshingizning sizga nisbatan munosabati ijobiy emas, salbiy tarafga o’zgaradi.

6.Suhbatdoshingiz harakatini takrorlang.

Odamlar orasida hamjihatlikka erishishda harakatlarni qaytarish katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik bu usuldan o’zi bilmagan xolda avtomatik ravishda foydalanadi. Tabiatan, insonlar o’zlariga ozgina bo’lsa ham o’xshaganlarni yoqtiradilar. Ularning harakatlarini qaytarib, siz bu insonning muhim ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaganday bo’lasiz va ular o’zlarini sizning yoningizda qulay his qiladilar.

7. Rad qila olmaydigan ish taklif qiling.

Insonda majburiyat hissi bo’ladi, bu usul shunga asoslangan. Oldiniga oddiyroq narsa so’rang, bir necha kundan keyingina haqiqiy katta iltimosingizni ayting. Ishingiz osongina bitadi.

8. Suhbatdoshingizning charchagan bo’lishi - sizning chorangizdir.

Charchagan odam iltimosingizni ijobiy hal qiladi. Insonning charchab kuchi qolmaganda, uning ruhiy quvvati ham kamayadi va u talab va iltimoslarni rad qila olmaydi. Faqat ishingiz xoziroq emas, balki ertasiga charchoq chiqqanidan keyin bajariladi.

9. Yordam so’rash usuli.

Yordam so’rayotgan odamingiz yaqiningiz bo’lmasa ham so’rayvering, xojatingizni shundoq ham chiqarishi mumkin, chunki siz ham qachonlardir unga yordam berishingizni biladi. Shunday qilib u keyinchalik ham sizning xizmatlaringizni bajaradi.

10. Qiyinroq narsa so’rang.

Yordam kutayotgan odamingizdan bema’ni va bajarilishi qiyin bo’lgan narsa so’rang. Albatta u rad etadi. Ana shunda bir oz vaqtdan keyin xaqiqiy iltimosingizni bemalol aytishingiz mumkin. Sherigizgiz o’tgan gal rad etganidan xijolat bo’lib, bu gal yordam berishga bajonu dil rozi bo’ladi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar