Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

01.03.2016

Tabiat in'om etgan 5 ta omad keltiruvchi ta’lim

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 152

Tabiat naqadar mukammal tuzilgan va biz undan ko'plab ta'limlarni olishimiz mumkin. Bugun Gooper.uz'da tabiat bizga in'om etgan 5ta omad keltiruvchi ta'lim haqida ma'lumot beramiz. Marhamat!

$CUT$.

Tabiat in'om etgan 5 ta omad keltiruvchi ta’lim

1. Birinchi darsni kichik sher bolalaridan olsak bo’ladi. Buning nomi – “qon bilan yuzni bejayman” deyiladi. Ular o’zlaridan mohirroq sherlardan ov sirlarini o’rganadilar. Ular buni kitob hamda so’zlardan emas balki haqiqiy ish jarayonida o’rganadilar.

"Ov qilish"ni o’rganish uchun "qon bilan yuzni bejash" zarur. Biz esa ko'pincha bir ishni boshlashga erinchoqlik hissi bilan qaraymiz. Bundan ham yomoni berkinib, o’z – o’zimizdan o’rganishga harakat qilib, "ov vaqti" kelganda esa "ov"ga borishdan qo’rqamiz.

2. Ikkinchi darsni baliqdan olsa bo’ladi. Uni nomi “ oqim darsi”. Baliqlar har doim oqimga qarshi suzishga harakat qiladilar. Buni sababi o’z hayotlarini og’ir qilish bo’lmay, o’zlarini yonlaridan ko’proq suvni o’tkazishdir. Bunday holda ular ko’proq yemish va kislorodni qabul qiladilar. Shunday qilib ularni hayotlari bir necha bor boyiydi. Baliqlardan farqli o’laroq, biz oqim yo’nalishida suzaveramiz, buni oqibatida esa 40 yillik malakamiz o’rniga, bir yillik malakadan 40 marta olamiz. Biz o’zimizni o’rab turgan olam ichiga o’ranib, hayot bizga bunchalar kam imkoniyat berganidan hayratlanamiz. Lotoreyada katta pul yutishni orzu qilib, lotoreya biletini sotib olmaganimizni anglamaymiz.

3. Uchinchi darsni esa qizilishtondan olsak arziydi. Siz adashmadingiz – qizilishtondan o’rganamiz. Bu dars, “realistik e’tibor dars”i deyiladi. Qizilishton bizdan anchagina aqilli qush. U daraxtga boshi bilan uraveradi, u bu ishni qiladi va bu ishni muavfaqqiyatli bajaradi. U jarayonga real ko’z bilan qaraydi, u bir urishda emas, daraxtga uraverib o’z maqsadiga intiladi. U bir nuqtaga e’tiborini jamlab hashoratni ini tomon intiladi. Bizga hashorat emas, darrov ilon kerak. Biz uni daraxt qobig’ida qidirmay, yerni burglar bilan qoplangan joyidan topishga harakat qilaveramiz.

4. To’rtinchi darsni itdan o’rgansak bo’ladi. Bu sotsial mavzu bo’lib “dumingni birinchi bo’lib qimirlat” deb nomlanadi. 21 asrda sen nima bilan shug’ullanishing muhim omil bo’lmay, o’zgalarni nima bilan qiziqtirishing muhim va dolzarb mavzuga aylandi. Bunga yaqqol misol, itdir. It o’ylamaydi: “ Oldin meni uyinga olib bor, meni yuvintir, ovqatlantir, shundan so’ng senga dumimni qimirlatib beraman”,- deb. It birinchi bo’lib his tuyg’ularini senga izhor etib keyin o’ziga kerakli e’tiborni oladi. Bundan tashqari u sizdan hech narsani sizni ihtiyoringizsiz qabul qilmaydi.

5. Beshinchi darsni bizga ilon beradi. Bu darsni nomi ”Nolimaslik” deb nomlaymiz. Ilon “Meni na qo’lim, na oyog’im yo’q, ko’zim yaxshi ko’rmaydi, meni hech kim sevmaydi, ota – onam men haqimda qayg’urmaydi” deb o’ylamaydi. Ilon boriga qoniqib yashaydi va biz bu “majrux hayvon”dan qo’rqamiz. Agar unga nimadir yoqmasa terisini tashlab, afsuslanmay o’z yo’lida davom etaveradi.

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun mahsus

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar