Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

29.02.2016

Yo’talni davolashni 12 usuli

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 175

Mana bugun qishning oxirgi kuni bo'lsada shamollashdan aziyat chekayotganlar oramizda oz bo'lishmasa kerak. Shuning uchun, bugun Gooper.uz'da yo'talni osongina davolash usullari haqida ma'lumot berishga qaror qildik. Marhamat!

Yo’talni davolashni 12 usuli

1. Issiq sut.

2 usulda: yarimiga mineral suv (“Borjomi”) yoki stakanga 1osh qoshiq asal qo’shib ichish lozim.

2. Anjir.

Anjirni yaxshilab yuvib, bitta o’rtacha kattalikdagi anjirni 1,5 stakan issiq sutni ichiga solib, 30 minut qopqoq yopiq holatda past olovda qaynatiladi. Damlamani kichik yutumlar bilan iching.

3. Dolchin.

4dan 1 qism iliq asalga bir choy qoshiq dolchin qo’shib kuniga 3 – 5 mahal qabul qilinadi. Burun yo’llari ochilib, surunkali yo’tal ham o’tib ketadi.

4. Qizilmiya. (olmani bir turi)

30 – 50 ml qizilmiyani urug’idan tayyorlangan damlamani ( 1 litr suvga 15 – 20 g) har soatda qabul qilinadi. Bu vosita balg’am ko’chishiga yordam berib, organizmdan chiqishini yengillashtiradi.

5. Banan.

Bananni pishganini elakdan o’tkazib hosil bo’lgan massani issiq suvli kastryulkaga solinadi: 2 dona bananga bir stakan suv va ta'biga qarab shakar qo’shib. Yana isitilib qabul qilinadi.

6. Gogol – mogol.

Tuxum sarig’ini shakar qo’shib aralashtiriladi.

Qorishma hajmida 2-3 barobarga ko’payadi. Bu vositani “ gogol – mogol “ deyiladi va u yo’talda yordam beradi. Uni och qoringa qabul qilish kerak.

7. Limon va sarimsoq piyoz.

Bir dona sarimsoq piyozni maydalab, go’sht qiymalagichdan 2 dona limonni po’sti bilan chiqarib 1,5 stakan shakar va 0,5 litr piva qo’shib aralashtiriladi. Kastryulkada qaynayotgan suv parida tayyorlangan damlamamizni yarim soat qopqog’i yopilgan holda dimlaymiz. Bu damlamani dokadan o’tkazib bir choy qoshiqda kuniga uch mahal ovqatdan o’ttiz daqiqa oldin qabul qilinadi.

8. Piyozli asal.

Tozalangan 500 g piyozni maydalab unga 400 g shakar qo’shib 1 litr suv qo’shib, past olovda 3 soat qaynatiladi. Sovitilib unga 50 g asal qo’shib butilkaga quyilib og’zi qattiq yopiladi. 4-6 choy qoshiqda ovqatdan keyin qabul qilinadi.

9. Tuxum sarig’i bilan yog’.

Quyidagicha tayyorlanadi: 2 choy qoshig’idagi yog’ga 2 tuxum sarig’i, 1 qoshiq un va 2 qoshiq asal qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. 4 – 5 mahal 1 choy qoshig’ida ovqatdan qabul qilinadi.

10. Sut bilan arpa yoki suli damlamasi.

Arpa yoki sulini kastryulka 2/3 qismiga solib sut to’lishiga 2 barmoq qolguncha qo’shiladi. Qopqog’I yopilib gaz duxovkasiga past olovga qo’yiladi. Qaynash jarayonida arpa pishmaguncha sut qo’shib turiladi. 2- 3 oshxona qoshig’ida 3 mahal qabul qilinadi.

11. Brusnika sharbati.

Balg’am ko’chishini yengillashtirish uchun brusnika sharbatiga asal qo’shib ichish yordam beradi. 1 osh qoshiqda kuniga bir necha marotaba qabul qilsa bo’ladi. Shu bilan birga davolanish davrida qulupnay, malina murabbolari qo’shilgan damlamalarni qabul qilish foydalidir.

12. Sut qo’shilgan sabzili sharbat.

Yangi siqilgan sabzi sharbatiga bir xil miqdorda sut qo’shiladi. 5-6 mahal 50-100 ml dan qabul qilinadi.

! Shifokorga murojat qiling, agar…

- Yo’tal ikki hafta davomida o’tib ketmasa;

- Yo’tal ko’krak qafasida og’riqni keltirib chiqarsa;

- Balg’am qonli, sariq va yashil holda bo’lsa;

- Harorat 38, 5°С dan yuqori bo’lsa.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar