Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

28.02.2016

Og'ir paytlarda o'zingizni ruhlantirishga yordam beruvchi maslahatlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 878

Shunday vaziyatlar bo'ladi: o'tirgan yumshoqqona kursingizdan qimirlagingiz ham kelmay qoladi. Lekin, harakat qilish kerak! Hali oldinda qiladigan ishlar ko'p ahir! Bugun Gooper.uz'da mana shunday paytlarda o'zingizni ruhlantirishga yordam beruvchi maslahatlarni taqdim etamiz. Marhamat!

Og'ir paytlarda o'zingizni ruhlantirishga yordam beruvchi maslahatlar

1. O’z hayot tarzingizni yarating

Kelajagingiz haqida, kelajakdan nima istaklaringiz ro’yobga chiqishi, kelajakdan nima kutishingiz haqida yozib chiqing. Bunda siz qayerda yashashingiz, nima ish bilan shug’ullanishingiz va nimalarga erishishingizni ham batafsil ifodalang.

Bu yozadigan istaklar qalbingiz to’ridan chiqsin. Yashaydigan uyingiz jihozlarini, unda kim bilan yashashingizni ham yozishni unutmang. Bu narsa oldingizga qo’ygan maqsadlaringizga erishishingizda yaxshi omil bo’lib ta’sir qiladi.

2. Kelajagingizni tasavvur qiling

Hayotingiz qanday bo’lishini ko’pbor tasavvur etishga harakat qiling. Ko’zingizni yopgan holda nima bilan shug’ullanishingizni tasavvur qiling. Agar tasavvuringizda yaxshi sport formasida bo’lishingizni istasangiz, sport zalida mashq qilayotganingizni, ertalablari esa yugurayotganingizni tasavvur qiling. Agar yangi ish ochmoqchi bo’lsangiz, tasavvuringizda ishingizni ochib xodimlaringiz, birinchi xaridorlaringiz bilan shartnomalar tuzayotganingizni o’ylang. Yorqin obrazlar yarating, bu ishda sezgi organlaringizni ham ishga soling.

3. O’qish, o’qish, o’qish

Ko’proq o’qing, ishingiz haqidagi semenarlarga qatnashing, muavfaqqiyat qozongan insonlar bilan suhbatda bo’lib, ulardan muavfaqqiyat sirlarini o’rganing. O’qiganlaringizni o’zingizga tadbiq qilishga o’rganing va bulardan hosil bo’lgan g’oyalarni ishingiz rivojiga sarflang. O’rganish imkonlari juda ko’p, muhimi to’g’risini tanlash va tanlangan yo’ldan adashmang.

4. Tozalik va tartibga rioya qiling

Tashqi ko’rinishingiz, to’g’ri tanlagan imijingiz, sizdan taralayotgan xid sizning muavfaqqiyatingizni ta’minlovchi omillardan biridir. Toza yaxshi jihozlangan ish o’rni muavfaqqiyat omillaridan biridir. Atrofdagi tartibsizlik bizga salbiy ta’sir o’tkazadi. Hayotingizni tartibli bo’lishiga harakat qiling, hayotdan zavq olib yashashga harakatda bo’ling. Bilingki ichingiz ham ustingiz ham bir – xilda bo’lsin. Bu qonun ikkitomonlama ishlayveradi.

5. To’g’ri ovqatlaning

Ko’pchilik bu muhim bo’limni qoldirib ketadilar. To’g’ri ovqatlanish baxtli hayot kechirishimizning asosiy omili hisoblanadi. Ovqatlanish ratsioniga har – xil vitaminlarga hamda organizmingiz uchun muhim bo’lgan oqsillarni kiritishni unutmang. Og’ir parhezga o’tirish shart emas, muhimi to’g’ri tartibli ovqatlanish. Fastfudlardan voz keching, foydali ta’omlardan iste’mol qiling. Ratsioningizga yangi sabzavot, xo’l mevalarni kiriting, kuniga 1,5 litr suv iching, kechalari ovqatlanishdan voz keching. Natijalar sizni hayron qoldiradi.

6. Yaxshi tomonga intilish

Agar uzoq vaqt davomida hayotingizda hech narsa o’zgarmasa, vaqt o’tishi bilan bu hol sizga sizga oddiydek bo’lib qoladi. Tevarak – atrofingizdagi o’zgarishlarni go’yoki sezmaysiz ham. Hayotda o’zgarishlar davri keldi, javoningizdan hamma kiyimlarni olib tashlang, eski suratlardagi siz yoqtirmaydigan eslatmali rasmlarni o’chirib tashlang. Uyingizda kichik o’zgarish uyushtiring, eshik tagidagi gilamni o’zgartiring, televizor o’rnini almashtiring, pardalarni o’zgartiring. O’lik nuqtadan qo’zg’aling.Shu bilan bir qatorda yangiliklar tomon olg’a qadam bosing.

Mirmuhamamd Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar