Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.02.2016

Muvaffaqiyatga erishish yo’lini topa olmayapsanmi? Bizni maslahatlarga quloq tuting

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 825

Dunyodagi eng omadli inson ham omadsizlik davrlarini boshidan o'tkazgan. Ammo, uning o'z vaqtida to'g'ri harakatlarni amalga oshirgani muvaffaqqiyat olib kelgan. Bugun Gooper.uz'da ko'zlagan maqsadlaringizga yetishish borasida maslahatlar taqdim etamiz. Marhamat!

Muvaffaqiyatga erishish yo’lini topa olmayapsanmi? Bizni maslahatlarga quloq tuting

1) Nimadan boshlash kerak

Boshlamoqchi bo’lgan biznesingizdan nimani xohlayotganingizni yozib chiqing. O’zingizni fikrlaringizni to’liq aks ettirib, yozganlaringizni vaqti – vaqti bilan qayta ko’rib chiqishni odat qiling. Bu sizdan ko’p vaqtni talab qilmasada, kerakli g’oyalarni yanada shakllantirishga yordam beradi.

2) Ishonchni yo’qligi

Katta maqsadlarni kichik – kichik bo’laklarga bo’lib chiqing. Kelajakda maqsadingizga erishishingizga bu yordam bo’ladi. Bu hol maqsadingizga tez erishishga va yangi vazifalarni aniq ko’ra bilib, ijrosini ta’minlashga muhim omil bo’ladi. Har bir yangi cho’qqiga erishganingizda bu sizga keyingi cho’qqilarni zabt etishga ilhom bag’ishlab oldinga harakat qilishingizga ko’mak beradi.

3) Salbiy fikrlash

Salbiy fikrlash muammolaringizni hal bo’lishiga katta to'siq bo'ladi. Unday fikrlashni tezda yo'qotish yo’li yo’q. Buni o’zgartirishni yaxshi yo’li, har kuni ishingizdagi muvaffaqiyatlarni yozib, ularga minnatdorlik hissini rivojlantirishingizdadir. Bu his sizning ishingizni oldinga harakatida katta yordam beradi.

4) Uzoq muddatli rejani yo’qligi

Qisqa muddatli maqsadlarni yil davomiga bo’lib chiqing. Bu sizga uzoq muddatli rejalarni yengillik bilan bajarishingizga ko’mak beradi.

5) Hamma narsaga tez va oson erishish

O’zingizni maqsadingizga erishish uchun qa’tiyatli harakatda bo’lib, maqsadga erishganda o’zingizni mukofotlashni o’rganing. Muvaffaqiyat katta yoki kichik bo’lsa ham o’zingizni rag’batlantiring. Shu bilan birga siz ishingizdan mamnunlik hissini rivojlanishiga olib kelasiz.

6) Vaqtni boshqarish

Bu usul katta ishlarni kichiklarga bo’lib bajarishga yordam vazifasini bajaradi. Jo’shqin ish jarayonida sizda dam olish imkoni kamaysada, damga ham vaqt ajratishni o’rganing. Bu ishlaringiz unumini oshirib, ishingizdagi nuqsonlar ustida ishlashingizga yordam beradi.

7) Moliyalashtirishning yetishmasligi

Kichik maqsadlar - bu yo’lning yechimiga yana yordamga keladi. Birinchi navbatda qilinadigan ishga ketadigan mablag’ miqdorini aniqlash kerak. Ijtimoiy media tarmoqlar o’zingizni xizmatlaringizni qimmat sotishning ajoyib vositasidir. Internet tarmog’i orqali o’zingizni ishingiz haqida ko’pgina ma’lumotlar o’qishingiz va reklamaga ketadigan harajatlarni kamaytirib o’z xizmatlaringizni tarmoqda joylashtirishingizga katta yordam beradi. Harajatlaringizni muhimlarini aniqlab, ularning sarfini har kuni kuzatuvga olib boring. Hamma mablag’ingizni bir yo’la ishlatmay o’z ishingizga muhim bo’lgan narsalarni olish kerakligini yodda tuting!

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar