Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.02.2016

Insonlarga so'zlar bilan yashirin ta'sir o'tkazish

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 423

Xo’sh, boshqa odamning ongiga fikr va tuyg’ularni qanday joylash mumkinligini bilishni istaysizmi? Oldingizda katta imkoniyatlar bor, faqatgina ozgina mashq qilib olish kerak. Bugun Gooper.uz'da hayotingizni yengillatishi mumkin bo'lgan ma'lumotni taqdim etamiz. Marhamat!

Insonlarga so'zlar bilan yashirin ta'sir o'tkazish

Jonli muloqot paytida insonga so’zlar ma’nosidan ko’ra nutq ohangi ko’proq ta’sir ko’rsatadi. Nutq ohangi yordamida boshqa odamlarga bildirmay ta’sir qilib, ularning ongiga “yashirincha buyruq “ joylashtirish mumkin.

Ozgina nazariya

Hech bir ish o’z - o’zidan sodir bo’lmaydi - hissiyotlar junbushga kelishi, tuyg’u va mayllarning tug’ulishi. Hafachilik bo’ladimi, xursandchilikmi, xush ko’rish yoki ko’rmaslikmi - hamma his - tuyg’ular ong orqali sodir bo’ladi. Inson ongiga joylashayotgan narsalarning ko’p qismini sezmay qoladi va natijada hamma tuyg’ular tasodifan deb, o’ylaydi.

Tuzilgan buyruq - nutq tuzog’i

Tuzilgan xabar - nutq ohangi va imo-ishoralar bilan ajratib ko’rsatilgan jumladir. Inson unga e’tibor bermasligi mumkin, ammo u ongiga kirib, u yerga joylashib oladi.

Bu qanday sodir bo’ladi: siz do’stingizga shunday deysiz: “Mening bir tanishim, xatto tintuv paytida ham o’zini xotirjam va dadil tutadi”. Jumlaning ajratib ko’rsatish kerak bo’lgan qismini nutq ohangini o’zgartirib gapirasiz. Sizni tinglayotgan inson tanishingiz yoki tintuv haqida o’ylaydi, shu bilan birga tuzilgan buyruq unga o’zini “xotirjam va dadil” tutishga amr qiladi.

Yana bir misol: siz do’stlaringiz davrasida hayrixohona muhit yaratishingiz kerak, ular o’zlarini tinch va qulay his qilishlari kerak. Siz biror-bir voqeani so’zlayotganda, “yoqimli”, “osuda”, “baxt- saodat” degan so’zlarni nutq ohangini ajratgan holda aytasiz. Bu voqea sizning sevikli mushugingiz, yangi film yoki o’tgan haftadagi sarguzashtlar haqida bo’lishi mumkin. Odamlar ijobiy so’zlarni ilib olib, ularni avtomatik ta’rzda o’zlariga tadbiq qiladilar, go’yoki ularga xotirjam va baxtli bo’lish uchun buyruq berilganday. Natijada muhitda quvnoqlik va erkinlik yana ham kuchayadi.

Yashirincha ta’sir o’tkazishning qoidalari

Unutmang, yashirin buyruqlarning eng asosiysi - bu idrok qilishning ikki xil darajasidir. Ularni aralashtirib yubormong, aks holda sizning amringiz faqatgina miyaga ta’sir qilib, ongga joylashmasligi mumkin.

Sizning “Kelinglar dam olib, ko’ngilxushlik qilamiz”, degan jumlangiz kuchli ta’sir qilmasligi mumkin. Odamlar sizning chaqirig’ingizni tushunib yetishadi, lekin u ularning ongiga joylashib olmaydi va siz yana o’sha ma’yus chehralar atrofida qolib ketasiz. Agar biror voqeani yashirin buyruq bilan gapirib bersangiz, masalan: “ O’tgan haftada biz falonchi ko’chadagi barda mazza qilib dam olib, ko’ngilxushlik qildik”, deb, ana unda boshqa gap. Do’stlar davrasidagi kayfiyat yana ham yaxshilanadi.

Aniq nutq ohangi

Nutq ohangini faqatgina ajratib ko’rsatadigan jumlalardagina o’zgartiring. Yashirin buyruqdagi boshqa barcha so’zlar oddiy ohangda talaffuz qilinishi kerak, aks holda natija yuvilub ketadi. Yashirin buyruqdan oldin va keyin ham biroz pauza qilish mumkin.

So’zlarga e’tibor

Yashirin buyruqlarda iloji boricha e’tiborli va e’htiyot bo’lish kerak. Salbiy yashirin buyruqlardan ehtiyot bo’ling, u odamlarda yomon kayfiyatni uyg’otadi va ularning sizga nisbatan munosabatlari yomon tarafga o’zgaradi.

Atrofdagilar bilan mashq qilib ko’ring - bir necha voqealarni so’zlab bering va ularning kayfiyati qanday o’zgarishiga e’tibor bering.

Ammo mo’jiza kutmang - agar do’stingizning xotini ketib qolgan va mol - mulkining yarmini olib ketgan bo’lsa, sizning “dam olish va ko’ngilxushlik” li yashirin buyrug’ingiz uni tashvishlarini unutib, baxtli qilib qo’yishi ancha mushkul.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar