Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.02.2016

Biznes re'ja qanday tuziladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 2 754

Biznes reja - bu bozor iqtisodiyotida tarqalgan menejmentlik vositasi, shaxsiy biznes yuritishning muayyan marketing, moliyaviy, moddiy-texnik va kadrlar siyosatiga oid asosidir. Yangi korxonalar tashkil qilayotganda, mavjudlarining rekonstruktsiyasida investitsiyalar samaradorligini asoslab berish uchun biznes reja ishlab chiqilishi shart.

Biznes re'ja qanday tuziladi

Biznes reja bir necha qismdan iborat bo’ladi:

Rezume

1.Korxona haqida ma’lumot.

2. Mahsulot (xizmat) xususiyatlari haqida ma’lumot.

3. Marketing rejasi.

4. Ishlab chiqarish rejasi.

5.Moliyaviy reja va havf- xatarning oldini olish.

Xulosalar

Rezume bir betdan oshmasligi va quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak:

- korxonaning to’liq nomlanishi.

- mahsulot va xizmatlar haqida, ularning kimga taklif qilinishi va raqobatda ustunligi haqida ma’lumotlar.

- iste’molchiga bu mahsulot yoki xizmatning nima uchun kerakligi haqida tushuncha.

- korxonaning maqsad va vazifalari.

- savdo-sotiq xajmi, daromad va naqd pul yurishining prognozi.

- qancha mablag’ zarur va sarf qilinadigan pullar qachon natija berishi haqida ma’lumotlar.

Korxona haqida ma’lumot

Bu bo’limda korxona haqida barcha ma’lumotlar ko’rsatiladi: tashkiliy-xuquqiy forma, tashkil topgan sana, tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va xarakteristikasi, mahsulot va xizmatlar haqida ma’lumot, patentlar, litsenziyalar va xokazo.

Mahsulot (xizmat) haqiqa ma’lumot.

Bu bo’limda biznes haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, raqobatchi firmalarning afzalliklari va kamchiliklari ham ko’rsatiladi.

Marketing rejasi

Bosh marketing loyihada mahsulot (xizmat)larni kengaytirish, narxlar belgilash, sarflangan harajatlar qoplanishining muayyan qoidalari belgilanadi.

Ishlab chiqarish rejasi

Bu yerda korxonaning geografik joylashuvi, tuzilmalarning joylashish xususiyatlari, xozirgi joylashuv joyining afzalliklari va kamchiliklari haqida gapiriladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoni haqida ma’lumotlar, ishchilarga kvalifikatsion talablar, kalendarga oid rejalar ko’rsatilgan.

Moliyaviy reja va xavfli vaziyatlarning oldini olish

Bu bo’limda yuqoridagi bo’limlar materiallari umumiylashtiriladi va ularning qiymat ko’rsatkichlari taqdim qilinadi. Biznes rejani asoslamoq uchun 3-5 yilga mo’ljallangan 3ta bazisli prognozlar tayyorlanadi:

- daromad va ziyon

- pul oqimini taqsimlash loyihasi

- kreditni qaytarish loyihasi.

Bu yerda zarar ko’rmaslik hisobi va loyihaning qaltis tomonlarini inobatga olish muhimdir.

Xulosalar

Biznes rejaning oxirgi bo’limida loyihani amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan pul miqdori, sarmoyadorlarga taqdim qilish uchun kafolat turi va o’lchami belgilanadi hamda sarmoyaning oshish istiqboli haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar