Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.02.2016

Kunning qaysi vaqti mashq qilish uchun qulay hisoblanadi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 960

Kunning qaysi vaqti mashq qilish uchun qulay hisoblanadi? Qaysi soatlarda tanamiz qanday holatda bo'ladi. Bugun Gooper.uz'da shu haqda ma'lumot beramiz. Marhamat!

Kunning qaysi vaqti mashq qilish uchun qulay hisoblanadi?

Tun

1.00 - inson bu vaqtda uch soat uyquda bo’ladi va chuqur bo’lmagan uyqu holatiga kiradi. Bu vaqt organizmni og’riqqa sezgir mahali hisoblanadi.

2.00 – organizm orom olish holiga kiradi. Bu vaqtda tanadagi yagona ishlayotgan organ jigar bo’lib, u organizmni toksinlarni chiqarish bilan mashg’ul bo’ladi.

3.00 – inson tanasini brcha a’zolari bo’shashgan holda bo’ladi. Yurak urishi va puls chastotasi pasaygan.

4.00 – Qon bosimi kritik pas holda bo’ladi. Shu davrda ko’pgina og’ir kasallarning yurak to’xtashi uchraydi, bunga sabab organizmga kislorodning umuman kelmasligi sabab bo’ladi. Eshitish organlari juda sezgirlik darajasida bo’ladi.

5.00 – buyraklar ishdan to’xtaydi, chuqur uyqu yuzaki holatga o’tadi va aksincha. Agar shu vaqtda uyg’onilsa inson o’zini bardam holda his qiladi.

Tong

6.00 – yurak urish chastotasi ko’payadi, qon bosimi ko’tariladi.

7.00 – immunitetni ko’tarilishi boshlanadI. Agar shu vaqtda organizmga virus va mikroblar ta’sir qilsa, organizm unga kuchli qarshilik ko’rsata oladi.

8.00 – jigar barcha toksinlarni yoqotadi. Agar bu vaqtda alkogol iste’mol qilinsa, jigarning faoliyati og’irlashadi.

9.00 – asab tolalarining taranglashuv vaqti. Og’riq sezish va hissiyotlar kamayadi, yurak kuchli ritmda ishlaydi.

10.00 – ish va ishtiyoqning baland cho’qqisi hisoblanadi. Bu vaqt sport mashqlari uchun juda qulaydir.

11.00 – yurak bir – xil ritmda ishlaydi, charchash alomatlari sezilmaydi.

Kun

12.00 – inson organizmining faolligining baland cho’qqisi. Ovqat iste’moliga shoshilmay, bir soat sabr qilgan afzal.

13.00 – organizmga qisman glikogen kela boshlaydi, jigar dam olish holiga tushishi mumkin, yengil charchash hissi paydo bo’ladi, organizmga orom bergan ma’qul.

14.00 – bu davrda inson eng past faollikka ega bo’ladi. Organizmda bo’shashish va reaksiyani susayishi kuzatiladi.

15.00 - ta’m bilish hissi ortadi, organism o’ta sezgirlik holiga tushadi, organizmni ishchanligi tiklana boshlaydi.

16.00 - qonda qand miqdori ko’payadi, lekin bu hol salomatlikka ta’sir ko’rsatmaydi, chunki tezda bu jarayon barqarorlashadi.

17.00 – ishchanlik darajasi va smaradorlik darajasi ortadi. Organizm bardoshi ikki karra ortadi.

Oqshom

18.00 – nerv sistemasining reaksiyasi va og’riqni sezish hissi pasayadi.

19.00 – qon bosimi ko’tariladi, nerv sistemasi jahldorlik va g’ash uyg’otishiga bo’lgan moilligi ortadi.

20.00 – inson tanasi maksimal og’irlikka ega bo’ladi, organizm reaksiyasi keskinlashadi.

21.00 – nerv sistemasi reaksiyasi barqarorlashadi. Xabarlarni eslab qolish hissi kuchayadi.

22.00 – tanani ichki harorati pasayadi. Oq qizil hujayralar soni ko’payadi.

23.00 – tanani dam olishga tayyorgarlik vaqti hamda hujayralarni tiklanish davri.

24.00 – sutkalik tsiklni tugashi. Agar 22.00 da uxlashga yotsangiz, tushlaringiz yoqimli va rang- barang bo’ladi.

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar