Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.02.2016

Qanday qilib ongimiz o'zimizni aldaydi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 369

Inson miyasini ishlash qobiliyati ko’pgina zamonaviy kompyuterlarning ishlashidan ham kattaroq. Ammo, ba’zi hollarda oddiy kalkulyator hisob ishlarini bizdan tezroq qiladi.

Qanday qilib ongimiz o'zimizni aldaydi

Buning asosiy sababi esa o’zimizning ong tuzog’imiz bo’lib, u bizni shubhali va xato qarorlar qabul qilishimizga majbur etadi.

Bunday qaror qabul qilishingizda siz aybdor emassiz. Gooper.uz bu hodisaning sababini biladi.

Hamma narsa battarlashmoqda

Sezganmisiz, yildan-yilga ahvol yanada yomonlashayapti. Bunday o’ylashga bizni salbiy ta’sirlar majbur qilmoqda.

Bizning ongimiz noxush xabarlarga qattiq ahamiyat berishga va yaxshi xabarlarni ahamiyatga ilmaslikka undaydi. Olimlarning ta’kidlashicha ongimiz beihtiyor yomon xabarlarni muhim o’rnida qabul qiladi.

Shuning uchun biz sayyoramizdagi vaziyat kundan-kunga murakkablashib bormoqda deb o’ylaymiz. Shunga qaramay, yozuvchi va psixolog Stiven Pinker o’zining kitobida jinoyat, vaxshiylik va urushlar yidan-yilga kamayib borayotganini isbotlagan.

Avtomobilda xavfsizroq

Hamma ham bilmaydi, samolyot avtomobilga nisbatan ancha xavfsiz transport vositasidir. Statistik ma’lumotlarga qaraganda samolyotga nisbatan avtomobilda halokatga uchrash o’n barobardan ko’proqdir. Lekin bizning miyamiz buni rad etadi va biz o’zimizga ishongan holda rulga o’tiraveramiz, samolyot bo’rtida esa qo’rquvga tushamiz. Bu beparvolik fenomeni bizni jinoyatchilar qo’lida o’lib ketishimizdan qo’rquvga solsa, oddiygina zinadan yiqilishimiz yoki zaharlanishdan o’lishimizni o’ylamaslikka undaydi.

Men har doim haqman

Biz, o'zimizni fikrimiz bilan hamohang odamlarni hurmat qilamiz. Shuning uchun yonimizda bizning o’ylarimiz, qarashlarimizni qo’llab quvvatlaydigan insonlarni bo’lishini xohlaymiz. O'zimizning fikrimiz va qarorlarimizni qo’llab - quvvatlamaydigan insonlarni yoqtirmaymiz.

Bu holdan kelib chiqib biz o’zimizga yaqin axborotni qabul qilamiz, shu bilan bir qatorda bizning qarashlarimizga zid xabarlarni nazar pisand qilmaslikka harakat qilamiz. Bundan yiroqlashish kerak.

Tangani oldi yoki orqasi

Ba’zida oldin bo’lib o’tgan voqealar bizni hozirgi hayotimizga ta’sir o’tkazishiga ishonamiz. Bu holat o’yinchini xatosi deb ataladi. Oddiy misol - tanga otish. Agar ketma-ket besh marta tangani old qismi tushsa, ongimiz keyingi safar uni orqa tarafi tushishiga ishontiradi. Haqiqatda esa imkoniyatlar har doim 50/50 bo’ladi.

Shunday holat o’yinga mukkasidan ketgan insonlarga ijobiy taxmin qopqoniga tushib qolishlariga sabab bo’ladi. Ularni fikrlashlaricha bir necha omadsizliklardan so’ng ularga keyingi o’yin albatta omad keltiradiganday.

Bu shunga loyiq edimi

Har kim hayotida kerak bo’lmagan juda qimmat haridni amalga oshirgan. Haridni to'xtatish o’rniga siz o’zingizni bu kerakligi haqida uqturgansiz.

Siz qandaydur axmoqona ishni amalga oshirsangiz ongingizda bu ish sizga foyda keltirishi haqidagi o’y paydo bo’ladi. O’z holida miya esa bu ishni yana takror etishingizga majbur etadi.

Bizni tug’ma ehtiyojimiz - jamoatni bir qismi ekanligimizda

Hamma gap muxabbat molekulasi oksitotsinda. Bir tomondan bu garmon bir-birimiz bilan mustahkam a’loqalar o’rnatishga yordam bersa, ikkinchi tarafdan bu a’loqalarni uzishga olib keladi. U bizni o’zgalarga shubxa bilan qarashga hamda o’zgalarga nisbatan baland parvoz bo’lishga undaydi.

Ushbu holat bizni oxir oqibat bizning qarashlarga monant insonlarni bahosini oshirib biz bilmaydigan insonlarni mensimaslikka olib keladi. Bu ichki gurux tarafkashlik ta’siri deyiladi.

Nega atrofimizda hamma homilador?

Ko’pincha bizni o'zimizga noma’lum bo’lgan yangiliklarni sezamiz. Bu holat bizni taqib qilayotganday bo’ladi. Aslida esa biz bu holatga ahamiyatsiz edik. Bu tanlab olish ta’siri.

Misol: siz avtomobil harid qilmoqchisiz, shu ondan so’ng atrofingizda shu avtomobillar borligini ko’rasiz. Homilador bo’lgan ayol atrofida o’ziga o’xshaganlarni ko’p ekanligini payqay boshlaydi. Bu hol har yerda uchrashi mumkin: Musiqa yoki kam ishlatadigan iboralar bo’lishi mumkin.

To’da hissi

Biz to’da bilan birga bo’lishni yoqtirsakda, bu narsani anglamasligimiz mumkin. Insonlar o’zlari uchun sevimli bo’lgan jamoada bo'lishi yoqtiradilar.

Misol uchun, hamkasblaringiz zo’r deb bilgan buyum siz uchun ham shunday tuyulishi mumkin. Sportda esa sizni yaqinlaringiz ishqibozlik qilayotgan jamoa sizni ham qiziqtirishi mumkin.

Jimlik -a’lomati rizo

Boshqa insonlarni sizga o’xshab o’ylashi, uzatish ta’siri sababida bo’ladi. Masalan, alohida guruh a’zolari o’zlarining qilayotgan ishlari va amallarini dunyo ahli to’g’ri deb biladi degan fikrda. Aslida bunday bo’lmasligi ham mumkin.

Bu xolat bilan yolg’on ta’siri bir – biriga o’xshash. Ular bu holatni o’zlarining fikrlari ularni o’rab turgan tashqi muhit bilan hamohang deb o’ylashadi.

Chegirmali - demak arzon!

Biz sanalar orasidagi farqqa ahamiyat berib, ularni kattaligiga ahamiyat bermaymiz. Bu holat "langar ta’siri" yoki "taqqoslash qopqoni" deyiladi. Bu holatdan sotuvchilar mug’ombirlik bilan foydalanadilar.

Bu holatga misol – arzonlashtirilgan buyumlarni sotish. Biz ikki mahsulotni yorlig’iga va narxiga qaraymiz. Ulardagi farqqa qarab, narxga qaramaymiz. Agar chegirma katta bo’lsa, bu bizda katta ta’assurot qoldiradi, mahsulotning narxi qimmat bo’lsa ham.

Bu uslub bilan restoranlarda ham foydalaniladi. Ular ta’omnomaga qimmat ovqatlarni kiritib, boshqa ta’omlarga nisbatan narxlarni belgilaydilar. Shu sababli biz ta’omnomadan o’rtacha narxlarni tanlashimizga sabab bo’ladi.

Bu haqida ertaga o’ylayman

1998-yil olimlar o'yni ta’sir vaqti bo’yicha tadqiqodlar olib borishdi. Buni natijasida 74% haridorlar haftalik ovqat ratsioniga foydali xo’l mevalarni tanlashdi. Ularga birkunlik haridni taklif etganlarida 70% tajriba qatnashuvchilari shokoladni tanlashdi.

Ko’p paytlarda o’zimizni yengil tabiat qilib tutamiz, ertangi kun haqida o’ylamaymiz ham. Gap shundaki, biz masuliyatni o’zgalarga qo’yishga harakat qilamiz, bilmaymizki ertaga ham shu muammolar va tashvishlar o’zimizniki bo’lib qolaveradi.

Mirmuhammad Ergashev,

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar