Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.02.2016

Hayot va biznes haqida 17 ta fakt

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 853

Bugun Gooper.uz'da hayot va biznes haqida 17 faktni taqdim etamiz. Marhamt!

Hayot va biznes haqida 17 ta fakt

1. Hayot va biznes maroqsiz, zerikarli va siyqasi chiqqan narsalardan iborat. Ana shularni bajarsangiz intervyu berishga uyalmaydigan darajada kutilmagan yutuqqa erishasiz.

2. Odamlar har xil, lekin umuman olganda ular bitta narsani istashadi.

3. Odamlar dangasa. Ular o‘ylashni, tekshirishni va tayyorlanishni xohlashmaydi. Ishni chala qilish oqibatida ko‘p narsani yo‘qotish mumkin. Boshidan to‘g‘ri qilishga qaraganda talabga binoan amalga oshirish odatga aylangan.

4. 99 foiz odamlar hech narsaga qodir emaslar. 1 foiz odamlar esa senga qiziq bo‘lmagan narsalar bilan shug‘ullanishadi. Ular bilan ko‘pgina tasodifiy omillar yordamida katta ishlar qilish mumkin.

5. Hayotingni nazoratga olishning eng yaxshi usuli – doim o‘zingga “Bu menga nima uchun kerak?” degan savolni berish. Boshida juda ham og‘riqli va qo‘rqinchli tuyulsa, keyin esa tartib va aniqlik paydo bo‘ladi.

6. Baxt – bu xursandchilik emas. Baxt – baxtsizlikning yo‘qligi.

7. Hech kimning bir-biri bilan ishi yo‘q. Siz qanday ko‘rinishdasiz, nima bilan shug‘ullanasiz va umuman sizning butun hayotingiz hech kimni qiziqtirmaydi. Bunga amin bo‘lishning bir yo‘li ko‘chaga paypoq va shippakda chiqib ko‘ring. Dunyo avval qanday yashagan bo‘lsa yashayveradi, siz haqingizda bir lahzada unutishadi.

8. O‘limni qabul qilib, unga bo‘ysunganda barcha muammolar mutlaqo ahamiyatsiz tuyuladi. Jamiyatning eng qorong‘u tomonlarini bilib va tushunib yetganda, ega bo‘lgan narsalaringni qadriga osonroq yetasan.

9. His-tuyg‘ularni nazoratda ushlab va aql bilan qaror qabul qilib yashash mumkin. Bunda shafqatsizlikdan hech narsa yo‘q.

10. Tadbirkorlikning xavf-xatarlari baholab chiqilgan. Eng katta tavakkalchilik – 60 yoshga yetganda qolgan umrni nafaqaga yashashga iqror bo‘lish. U esa yo‘q.

11. Hamma narsa o‘zgaradi. Har doim hamma narsa o‘zgaradi. Eng katta ahmoqlik – bu o‘zgarishlarga moslashish emas, balki ularni to‘xtatishga urinish. Har bir insondagi qimmatbaho narsa bu o‘zgarishlarga qodirlik.

12. Ta’lim olishning eng yaxshi yo‘li – professionallarga yordamchi bo‘lish. Sal yomoni - bilimli odamning nazoratisiz buni amalga oshirish. Nazariya faraz sifatida kerak bo‘ladi, uni amaliyotda sinab ko‘riladi.

13. Bir qancha qonun-qoidalarni bilish ko‘p ma’lumotlarni bilish zaruriyatidan qutqaradi.

14. Haqiqat yo‘q. Hammasi sotib olishingiz yoki sotishingizga bog‘liq.

15. Aloqalardan ko‘ra tajriba, puldan ko‘ra aloqalar muhimroq.

16. Odamlarning barcha muammolari va imkoniyatlari ularning ongida.

17. Agar tashqi tomondan sharoit bo‘lsa, odamlar o‘zgarishadi. Katta o‘zgarish talab qilinsa, shunga yarasha kuchli va zo‘r sharoit ham bo‘lishi kerak. O‘zgarishning yaxshi usuli uni amalga oshirishning iloji bo‘lmaganda o‘ziga sharoit yaratish.

+Bonus:

18. Yashashning samarali yo‘li deyarli erishib bo‘lmaydigan maqsadni ko‘zlash va butun hayot davomida unga intilish. Qolgan hammasi esa, o‘zi bo‘laveradi.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar