Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.02.2016

Uch oy ichida chet tilni o’rganish uchun, 10 ta foydali maslahatlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 808

Benni Luis 6 ta tilni biladi – fransuz, ispan, ingliz, nemis, brazil, portugal va esperanto. Benni “Uch oy ichida tezkor til: har qanday yoshda, xohlagan tilda gapirishni o’rganish” deb nomlangan kitobni yozgan. Muallifni aytishicha, to’g’ri yo’nalish va amaliyot mashqlari bilan uch oy ichida har qanday chet tilini o’ranish mumkin.

Uch oy ichida chet tilni o’rganish uchun, 10 ta foydali maslahatlar

Benni qo’llanmasini asosiy maslahati bu perfektsionizmdan voz kechishdir. Qo’llanmadagi tavsiyalardan kelib chiqqan holda xorijiy tilni o’rganish jarayonida juda ham ko’p shu tildagi so’zlarda suhbatlshish zarur emas, biz o’zimizni tilimizda bor yo’g’I besh mingtacha so’zlardan foydalanamiz. Tilni o’rganishda to’g’ri qo’llanmalardan grammatik qonun qoidalardan to’g’ri foydalanib gaplarni to’liq gapirish va yodlashga harakat qilmasligimiz kerak. Agar shu yo’nalishda harakat qiladigan bo’lsak maqsadga erisha olmaymiz. Benni bu yo’lni noto’g’ri deb o’ylaydi.

Tilni uch oyda o’rganish uchun maslahatlar

1. O’rganayotgan chet tilingizda, birinchi kundan ovoz chiqarib gapiring. Bu holatda so’zlarni va gaplrni noto’g’ri talaffuz qilishdan qo’rqmang. Bundan kelib chiqadigan asosiy xulosa, o’rganayotgan tiingizda ovoz chiqrib gapirishga o’rganasiz.

2. Avval iboralarni to’g’ri talaffuzini o’rganing. Boshlang’ich qadamda oddiy iboralardan foydalaning. Misol: “bathroom where?” ( ingliz. “vanna qayerda?” ) . Bu bilan oddiy bo’lsada so’rayotgan savolingizga tushunarli tarzda javob olasiz.

3. Qiyin Grammatik qoidalarni yod olishni esdan chiqaring. Boshlang’ich qadamlarda lug’aviy so’z boyligingiz va iboralar bilan til boyligingizni orttiring. Bu holatda iboralarni to’g’ri yoki noto’g’ri qo’llayotganingizdan xavotirga tushmang. Tilni o’rganish jaraonida bu kamchiliklardan qutilishga vaqtingiz bo’ladi.

4. Skayp orqali o’rganayotgan tilingizda suhbat qurishga harakat qiling.Til o’rganishning hozirgi kundagi keng tarqalgan yo’li internetdir, xususan Skayp orqali. Bu programmadan foydalangan holda Moskvada o’tirgan holda AQSHlik inson bilan muloqatga kirishish mumkin.

5. Radio eshiting. Radio siz o’rganayotgan tilni mukammal egallashingizga yordam beradi. Organayotgan tilingizdagi radio to’lqinni toping va uni tinglang. Bennini maslahati Tuneln – online ma’lumot saqlash saytiga kiring, u yerda butun dunyo radio muloqotlar saqlanadi.

6. O’zingiz haqingizda gapirib bering. Bennining yaxshi ko’radigan maslahatlaridan biri – til o’rganayotgan insonni o’zi haqida yozma hikoyasidir. Bu hikoyani tajimasini til tashuvchi yordamida tarjima qiling. Bu yo’riq sizga ko’p so’z va iboralarni eslab qolishga yordam beradi.

7. Hamma uchun til o’rganish kurslariga yozilmang. Bennining maslahati, boshlang’ich qadamda “hamma uchun” kurslariga yozilmang, ularning o’gatish uslubi sizga to’g’ri kelmaydi. Bu ishdan ko’ra til tashuvchi vositasida tilni o’rganganingiz ma’qulroqdir.

8. Pulli kurslarga qatnagandan ko’ra tekin bo’lgan tilni o’rgatuvchi online servislardan foydalangan ma’qul. Bennining yoqimli servislari bu – Duolingo, Italiki bo’lib, ular sizni til tashuvchi bilan muloqotga kirishib til boyligingizni oshiradi.

9. Amaliyotga ko’p vaqt sarflashga tayyor turing. Bennining fikricha til o’rganish uchun ko’p vaqt sarflaydigan insonlar bir necha oy davomida B2 darajasiga chiqailar. Agar bunga vaqtingiz bo’lmasa va til o’rganishga 2 soat ajratsangiz bu darajaga bir yil davomida chiqasiz.

10. Mukammal bo’lishga harakat qilmang. Til o’rganish jarayonida mukkammal gaplashishga harakat qilib, bunga erisha olmasangiz, til o’rganish fikringizdan hech qachon qaytang. Muammolarni yechimi o’z xatolaringiz ustidan kulishingiz va mukammal bo’lishga harakat qilmasligingizda.

- deb xabar bermoqda Gooper.uz sayti.


Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar