Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.02.2016

Inson miyasi 1000 terabayt ma'lumotni saqlay oladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 177

Amerikalik olimlar o'tkazgan so'nggi tadqiqot davomida shunday xulosaga kelishdiki, inson xotirasiga ilgari tahmin qilingan hajmdan 10 barobar ko'p ma'lumot sig'ar ekan. Aniqlanishicha, inson miyasi bir petabayt, ya'ni 1000 terabayt ma'lumotni saqlay olarkan.

Inson miyasi 1000 terabayt ma'lumotni saqlay oladi

“Bu yangilik nevrologiya sohasida haqiqiy olg'a siljish bo'ldi”, - dedi Solk biologiktadqiqotlar institutining olimi Terri Seynovski.

Miya xotirasi hajmining yanada kattaroq ekanligini olimlar kompyuterdagi operativ xotira singari qisqa muddatli xotirani saqlashga javob beradigan miya neyronlari gippokamplarining 3D-modelini yaratgan holda tasdiqlay olishdi. Ushbu neyronlarda oraliqlar va sinapslar, ya'ni ikki neyron orasidagi bog'langan joylar 10% holatlarda ikki marotaba takrorlanadi. Solk instituti tadqiqotchisi Terri Seynovskining ma'lum qilishicha, bu bilan inson miyasi kamida bir petabayt ma'lumotni saqlay ola bilishi haqida xulosaga kelish mumkin. Bu hajmni butun jahon tarmog'idagi axborotlar xajmi bilan solishtirish mumkin.

Tadqiqotlar natijalariga ko'ra, olimlar 8% holatlarda dublikatlar orasida masofa turlicha ekanligini aniqlashdi. Hisoblash qurilmalari bilan solishtirganda bu raqam shuni anglatadiki, har bir neyron o'zida 4,7 bit hajmdagi ma'lumotni saqlay oladi. Olimlarni xulosalariga qaraganda, sinapslarning, oldin o'ylanganidek, bir nechta emas, balki kamida 26 ta toifasi mavjud ekan.

Olimlar ushbu tadqiqotlar natijalarini o'ta aniq samarali energiya sarflaydigan kompyuterlarni loyihalashtirishda qo'llashlari mumkin.



Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar