Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.02.2016

Nimaga mushuklar uyga sichqonlarni olib keladi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 1 321

Siz o’zingizni oila boshlig’i deb o’ylaysizmi? Ehtimol mushugingiz ham shunday deb o’ylar. Bugun Gooper.uz'da mushuklarni yaxshi o’rganib chiqqan va ularning fe’lini yaxshi biluvchi mutaxasis bilan suhbatdan qiziq ma'lumotlarni e'tiboringizga taqdim etamiz.

Nimaga mushuklar uyga sichqonlarni olib keladi?

Mushuklar to’da bo’lib yashashmaydi degan aqida mavjud. Lekin bunday emas. Hayvonlarga yordam berish bilan shug’ullanish jarayonida shunga amin bo’ldimki mushuklar o’z qonun-qoidalarga asoslangan to’da bo’lib yashaydilar. Uy mushuklariga kelsak ular o’zlari bilmagan holda uy mushuklariga aylanganlar. O’rab turgan olamni esa ular yovvoyi tabiat olami deb, yashayotgan oilalarini esa to’da deb qabul qiladilar. Ularni fikricha uy egasi har doim ham to’daning boshlig’i bo’lmaydi. Shu sababli o’lik sichqonlarni uyga olib kelish o’z oilasi haqida g’amxo’rlik hissidan kelib chiqadi. Mushuklar sichqonlarni nafaqat ovqat sifatida balki o’quv qo’llanmasi sifatida olib keladilar. O’lik sichqon misolida ular ovchilik qo’llanmalarini hamda uni tutish va tez o’ldirish maxoratini ko’rsatadilar.

Hech qachon mushugingizni olib kelgan o’ljasi uchun urushmang. Ular siz haqingizda qayg’urishganlari uchun shu ishni qiladilar. Ularni ko’z o’ngida olib kelgan o’ljalarini hech qachon tashlab yubormang. Ular sizni sichqon yeyishingizni bilishmaydi, lekin ov qilishga layoqatingiz kamligi haqida bilishadi.

Shuni yoddan chiqarish kerak emaski sichqonlar ko’pgina kasallik tarqatuvchilar sirasiga kiradi. Agar sizning mushugingiz yozda qishloqda yoki dala hovlida yashasa va shu makonlarda ov qilsa uning ahvoliga va sog’lig’iga e’tiborli bo’ling.



Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar