Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

19.02.2016

Shakarni ko'p iste'mol qilish miyani ishdan chiqarishi aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 738

Shakarni muntazam va xaddan ziyod iste'mol qilish inson miyasiga doimiy stressdek salbiy ta'sir ko'rsatadi. Hindistondagi Milliy institut va Yangi Janubiy Uelss (Avstraliya) universitetining olimlari mazkur xulosaga kelishdi. Bu haqida National Geographic xabariga asoslanib "Kun' ma'lumot berdi.

Shakarni ko'p iste'mol qilish miyani ishdan chiqarishi aniqlandi

Ular o'z tadqiqotlari mobaynida yoshlikda olingan kuchli stress kelgusida ruhiy kasalliklar xavfini oshirishi to'g'risidagi avvaldan ma'lum bo'lgan haqiqatni tekshiruvdan o'tkazishdi. Bu holat stress natijasida miyaning ayrim qatlami faoliyati o'zgarib, ishdan chiqishiga olib keladi. Shundan kelib chiqib, olimlar ko'p shirinliklar yeyish odati miyaning rivojlanishiga qay darajada ta'sir ko'rsatishini o'rganishga qaror qilishdi.

Laboratoriyada yangi tug'ilgan kalamushlar bilan tajriba o'tkazildi. Hayvonlar ikki guruhga, har bir guruh yana ikkitadan guruhga bo'lindi. Birinchi guruh o'n kun davomida stress ta'siri ostida katta bo'ldi, ikkinchi guruhni esa bu vaqt mobaynida hech narsa bezovta qilmadi. Ikkala holatda ham, jonivorlarning yarmi shakar bilan boqildi. Qolgan qismi esa chegaralangan miqdorda iste'mol qildi.

15 haftadan so'ng tajriba shuni ko'rsatdiki, stressga tushmagan, lekin shakar bilan oziqlangan kalamushlarda ham xuddi yoshligida og'ir kunlarni boshdan o'tkazgandek stress holati kuzatildi. Eng yomon ko'rsatkichni stress+shakarguruhidagi kalamushlar qayd etdi. Odatiy sharoit va parhezda o'sgan jonivorlar esa boshqalariga nisbatan ancha sog'lomroq deb topildi.

Miya o'zgarishi natijasida olimlar kortizol "stress garmoni” otilib chiqishini tadqiq qilishdi. Uning yuqori darajaga ko'tarilishi oqibatida, xotira va fikrlash vazifalari ishdan chiqmagunicha, asab hujayralari ko'proq nobud bo'ladi.

Olimlar o'tkazilgan tajriba orqali barcha ota-onalarga quyidagi foydali maslahat berishadi: farzandlaringiz ovqatlanish tarziga jiddiy e'tibor bering, aks holda, shakarning ko'p miqdordagi iste'moli miyaning kelgusidagi faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.



Категория: Qiziqarli ma'lumotlar     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar