Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.07.2016

Evro-2016 texnik statistikasi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65
Evro-2016 texnik statistikasi

EVRO-2016 TEXNIK STATISTIKASI. Portugaliya terma jamoasining Evropa chempioni bo‘lishi uchun 9ta gol kifoya qildi. Bu turnirdagi 3-4-yaxshi natijadir. Eng sermahsul jamoa - Frantsiya termasi esa 7ta o‘yinda 13ta gol hosil qildi. Ukraina termasi musobaqani golsiz tark etgan yagona ishtirokchidir. Darvoza tomon zarba yo‘llash bo‘yicha Krishtianu Ronaldu yaqqol peshqadamlik qilgan bo‘lsa, aniqlik bobida Garet Beylga teng keladigani topilmadi. To‘pni nazorat qilishda nemislar eng yaxshi ko‘rsatkichga erishdilar, islandlar aksincha, bu masalada eng past statistika bilan ham chempionatning bosh shov-shuvchisiga aylandilar. Frantsuzlar 5 marta g‘alaba nashidasini surishdi, portugallar 4ta o‘yinda durang bilan cheklanishdi, 6ta jamoa esa yutuq nimaligini bilmadi. Agar Evro-2016ning shu kabi texnik ko‘rsatkichlariga qiziqsangiz, marhamat, ularning yaxlit to‘plamiga e’tibor qaratishingiz mumkin.

Eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa: 5ta - Frantsiya

Eng ko‘p durang qayd etgan jamoa: 4ta - Portugaliya

G‘alaba qozonmagan jamoalar: 0 - Avstriya, Rossiya, Ruminiya, Ukraina, Shvetsiya, Chexiya

Eng ko‘p gol urgan jamoa-lar: 13ta - Frantsiya; 10ta - UelShs; 9ta - Portugaliya, BelShgiya; 8ta - Islandiya

Gol urmagan yoki eng kam gol urgan jamoalar: 0 - Ukraina; 1 - Avstriya, Albaniya, Shvetsiya

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha etakchi jamoalar: 10ta - Frantsiya; 8ta - Islandiya; 7ta - Portugaliya, UelShs. Ukraina va Shvetsiya terma jamoalari vakillari jarima maydoni ichidan gol urishmadi

Jarima maydoni tashqaridan gol urish bo‘yicha etakchi jamoalar: 3ta - Frantsiya, BelShgiya, Vengriya. 15taterma jamoa vakillari jarima maydoni tashqaridan gol urishmadi

Chap oyoqda gol urish bo‘yicha etakchi jamoalar: 7ta - Frantsiya; 6ta - UelShs; 3ta - BelShgiya, Vengriya, Germaniya. 9ta terma jamoa vakillari chap oyoqda gol urishmadi

O‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha etakchi jamoalar: 6ta - Islandiya; 5ta - Italiya; 4ta - Angliya, BelShgiya. 6ta terma jamoa vakillari o‘ng oyoqda gol urishmadi

Bosh bilan gol urish bo‘yicha etakchi jamoalar: 5ta - Frantsiya; 3ta - Portugaliya. 11ta jamoa vakillari bosh bilan gol urishmadi

PenalShti orqali gol urish bo‘yicha etakchi jamoa: 2ta - Ruminiya

Eng ko‘p sariq kartochka olgan jamoalar: 18ta - Italiya; 13ta - Frantsiya, Portugaliya; 12ta - Vengriya, Islandiya

Eng kam sariq kartochka olgan jamoalar: 2ta - Rossiya; 3ta - Angliya; 4ta - Shvetsiya

Eng ko‘p qizil kartochka olgan jamoalar: 1ta - Avstriya, Albaniya, Irlandiya

Eng ko‘p burchak zarbasi tepgan jamoalar: 50ta - Portugaliya; 48ta - Frantsiya; 41ta - BelShgiya, Germaniya

Eng kam burchak zarbasi tepgan jamoalar: 9ta - Slovakiya, Turkiya, 10ta - Ruminiya, 11ta - Avstriya

Eng ko‘p «pas» uzatgan jamoalar: 4020ta - Germaniya (90 foiz aniq); 3633ta - Portugaliya (86 foiz aniq); 3519ta - Frantsiya (88 foiz aniq)

Eng kam «pas» uzatgan jamoalar: 920ta - Sh.Irlandiya (70 foiz aniq); 951ta - Chexiya (78 foiz aniq); 1039ta - Ruminiya (77 foiz aniq)

To‘pga egalik qilish bo‘yicha etakchi jamoalar (foiz hisobida): 63 - Germaniya; 61 - Ispaniya; 59 - Angliya

To‘pga egalik qilish bo‘yicha maqtanolmaydigan jamoalar (foiz hisobida): 36 - Islandiya; 37 - Sh.Irlandiya; 42 – Albaniya

Futbolchilar

To‘purarlar: 6ta - Antuan Grizmann (Frantsiya, 1 - pen.); 3ta - Garet Beyl (UelShs), OlivShe Jiru (Frantsiya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), AlShvaro Morata (Ispaniya), Nani (Portugaliya), Dimitri Paye (Frantsiya)

Assistentlar: 4ta - Eden Azar (BelShgiya), Aaron Remsi (UelShs); 3ta - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)

Darvoza tomon aniq zarbalar bo‘yicha etakchilar: 16ta - Garet Beyl (UelShs); 14ta - Antuan Grizmann (Frantsiya); 12ta - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)

Darvoza tomon noaniq zarbalar bo‘yicha etakchilar: 17ta - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya); 11ta - Nani (Portugaliya); 10ta - Arkadiush Milik (PolShsha)

Sariq kartochkalar bo‘yicha etakchilar: 3ta - Bartosh Kapustka (PolShsha), N~Golo Kante (Frantsiya), UilShyam KarvalShyu (Portugaliya). Jami 205ta sariq kartochka ko‘rsatildi.

Qizil kartochkalar bo‘yicha etakchilar: 1ta - Lorik Tsana (Albaniya), Aleksandr Dragovich (Avs-triya), Sheyn Daffi (Irlandiya)

Boshqalarga nisbatan eng ko‘p qo‘pollik sodir etgan futbolchilar: 15 marta - Joau Mariu (Portugaliya); 14 marta - Aron Gunnarsson (Islandiya); 13 marta - Gratsiano Pelle (Italiya); 12 marta - AlShvaro Morata (Ispaniya)

Qo‘pollikdan eng ko‘p jabr chekkan futbolchilar: 18 marta - Gjegoj Krixovyak (PolShsha); 16 marta - Robert Levandovski (PolShsha); 15 marta - Dario Srna (Xorvatiya)

Eng ko‘p «pas» oshirgan futbolchilar: 653ta - Toni Kross (Germaniya, 608tasi aniq, 93 foiz); 438ta - Jerom Boateng (Germaniya, 399tasi aniq, 91 foiz); PolSh Pogba - 433ta
(Frantsiya, 389tasi aniq, 88 foiz)

Chap oyoqda gol urish bo‘yicha etakchi futbolchilar: 4ta - Antuann Grizmann (Frantsiya); 3ta - Garet Beyl (UelShs)

O‘ng oyoqda gol urish bo‘yicha etakchi futbolchilar: 2ta - Nani (Portugaliya), Gratsiano Pelle (Italiya), KolShbeyn Sigtorsson (Islandiya), Raja Nainggolan (BelShgiya), Bogdan Stanku (Ruminiya)

Bosh bilan gol urish bo‘yicha etakchi futbolchilar: 2ta -Antuan Grizmann (Frantsiya), OlivShe Jiru (Frantsiya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya)

PenalShti orqali gol urish bo‘yicha etakchi futbolchi: 2ta - Bogdan Stanku (Ruminiya)

Jarima maydoni tashqarisidan gol urish bo‘yicha etakchi futbolchilar: 2ta - Garet Beyl (UelShs), Raja Nainggolan (BelShgiya), Dimitri Paye (Frantsiya), Balaj Jujak (Vengriya)

Jarima maydoni ichidan gol urish bo‘yicha etakchi futbolchilar: 5ta - Antuan Grizmann (Frantsiya); 3ta - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), OlivShe Jiru (Frantsiya), AlShvaro Morata (Ispaniya), Nani (Portugaliya)

Gol urgan eng «keksa» futbolchi: Zoltan Gera (Vengriya), Portugaliya termasiga qarshi bahsda, 37 yoshu 61 kunlik

Gol urgan eng yosh futbolchi: Renatu Sanshesh (Portugaliya), PolShsha termasiga qarshi bahsda, 18 yoshu 317 kunlik

Eng ko‘p «seyv» qilgan golkiperlar: 27 marta - Xannes XallShdorsson (Islandiya); 20 marta - Rui Patrisiu (Portugaliya), Tibo Kurtua (BelShgiya)

UMUMIY KO‘RSATKIChLAR

Amalga oshirilgan penalShtilar soni: 8ta

Amalga oshirilmagan penalShtilar soni: 4ta

Eng ko‘p tomoshabin kirgan o‘yin: Frantsiya - Islandiya, 76 833

Eng kam tomoshabin kirgan o‘yin: Rossiya - UelShs, 28 840

Eng ko‘p o‘yin boshqargan hakamlar: 4ta - Mark Klattenburg (Angliya), Nikola Ritstsoli (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya). 9 nafar hakam 3tadan, yana 6 nafari 2tadan o‘yin boshqardi

Avtogol: 3ta - Kiran Klark (Irlandiya), Garet Makauli (Sh.Irlandiya), Birkir Sevarsson (Islandiya)

Sariq kartochka ko‘rsatilmagan o‘yin: Sh.Irlandiya - Germaniya

Eng ko‘p sariq kartochka ko‘rsatilgan o‘yin: Portugaliya - Frantsiya, 10ta

Gollar xronometraji

Daqiqalar
Gollar soni

1-15
13ta

16-30
8ta

31-45
20ta

Qo‘shimcha vaqt (1-bo‘lim)
1ta

46-60
21ta

61-75
15ta

76-90
9ta

Qo‘shimcha vaqt (2-bo‘lim)
9ta

«Overtaym»
2ta

Jami:
108ta

Farrux Fayziev tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar