Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.07.2016

Termizda kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi g‘olibi aniqlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 66
Termizda kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi g‘olibi aniqlandi

Termizda kurash bo‘yicha “Mahallamiz pahlavonlari” musobaqasi o‘tkazildi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlash, ayniqsa bolalar sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar jismonan va ma’nan barkamol avlodni tarbiyalashda yuksak samaralar berayotgani alohida ta’kidlandi.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning quyi bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 13-14 yoshdagi 84 o‘g‘il-qiz o‘z vazn toifasida gilamga tushdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida 46 kilogramm vazn toifasida Sariosiyo tumanidan Shahboz Safaraliev, 50 va 55 kilogramm vazn bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda sho‘rchilik Muhammadali Turg‘unjonov hamda Behruz Abdurahmonov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 44, 48 va 52 kilogramm vazn toifasida qiz bolalar o‘rtasida Jarqo‘rg‘on tumanidan Diyora Suyunova, Shahlo Toshboeva hamda Mohigul Bobomurodova g‘olib bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar