Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

27.07.2016

“Nasaf” yangi futbolchilarini tanishtirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 122
“Nasaf” yangi futbolchilarini tanishtirdi

Bugun “Nasaf” professional futbol klubida jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarni tanishtiruv marosimi o‘tkazildi.

Marosimda turli yo‘nalishlarda ijod qilayotgan OAV xodimlari, jurnalistlar va klub muxlislari ishtirok etishdi.

Marosimni “Nasaf” PFK bosh menedjeri Shamil Samigulovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

-Davralar oralig‘ida jamoamizni kuchaytirish bo‘yicha sezilarli ishlarni amalga oshirdik, mana natijasini o‘zlaringiz ko‘rib turibsizlar. Safimizga besh nafar yangi futbolchi kelib qo‘shildi. Maqsadimiz chempionat ikkinchi davrasida va kubok uchun kurashda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritib, siz aziz muxlislarimizni xursand qilishdir. O‘ylaymanki, safimizga qo‘shilgan yangi futbolchilar o‘zlarining chiroyli va mazmunli o‘yinlari bilan jamoamiz yutuqlariga hissalarini qo‘shishadi. O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” klubi o‘z oldiga faqat yuqori maqsadlarni qo‘yadi va shu maqsadlarni amalga oshirish uchun harakat qiladi. Bu borada siz aziz muxlislar ham bizlarni qo‘llab-quvvatlaysizlar deb, umid qidlamiz.

Yaqinda stadionimizda katta hajmdagi rekonstruktsiya ishlari boshlanadi, stadion qiyofasi, futbol maydoni, o‘rindiqlarni almashtirish va qo‘shimcha binolar qo‘rilishi rejaga kiritilmoqda. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladiki, agar stadionda rekonstruktsiya ishlari boshlansa, jamoamiz o‘yinlari qaysi stadionda bo‘ladi? Biz o‘zaro kelishgan holda, keyingi o‘yinlarni “Geolog” stadionida o‘tkazadigan bo‘ldik.

Shundan so‘ng jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Sa’dullaevich ham ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni va boshqa yangiliklar haqida aytib o‘tdi.

-O‘zlaringizga ma’lum, jamoamizni ayrim o‘yinchilarimiz tark etdi, albatta ularning jamoamiz yutuqlariga qo‘shgan hissalari uchun minnatdormiz. Ana shu ketgan o‘yinchilarni o‘rnini to‘ldirish va jamoamizda raqobatni kuchaytirish maqsadida ushbu futbolchilarni safimizga qo‘shib oldik. Ikkinchi davraga tayyorgarlikni o‘z qarorgohimizda olib bordik va hozirgi kunlarda ham mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda.

Biz yana ayrim mahalliy futbolchilarni safimizga qo‘shib olmoqchi edik, bu ish hozircha amalga oshmadi. Ammo safimizda yana yangi o‘yinchilarni paydo bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. Bu yaqin kunlarda aniq bo‘lishi kerak. Odil Hamrobekov? Odil ikkinchi davradan bizga yordam beradi. Ammo unga birdan katta yuklama bermaymiz, chunki uni davolagan germaniyalik shifokorlar bizga shunday tavsiya berishgan. Dilshod Rahmatullaev? Dilshod yaqinda germaniyada jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi, endi uni maydonga qaytishiga uch oycha vaqt kerak bo‘ladi. Maqsud Karimov va Ilhom Shomurodovlarda ba’zi OAVlarida yozilgani kabi jarohat emas, balki ular o‘zlarini sog‘ligini tiklashmoqda. Bu futbolchilar ham safimizda faoliyatini davom ettirishadi.

Shundan so‘ng safimizga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar tanishtirildi va ularga atalgan futbolkalar topshirildi.

Yangi futbolchilar haqida ma’lumot.

Fozil Musaev – 1989 yil 2 yanvarda tavallud topgan (27 yosh), markaziy yarim himoyachi. 28 raqam ostida harakat qiladi.

Shaxboz Erkinov – 1986 yil 16 iyulda tavallud topgan (30 yosh), hujumchi. 15 raqam ostida harkat qiladi.

Ognen Krasich – 1988 yil 8 aprelda tug‘ilgan (28 yosh), yarim himoyachi. 15 raqamda harakat qiladi. Fuqaroligi Serbiya Respublikasi.

Dragan Cheran – 1987 yil 6 oktyabrda tug‘ilgan (28 yosh), hujumchi. 69 raqamda o‘ynaydi. Fuqaroligi Serbiya Respublikasi.

IgorSh Golban – 1990 yil 31 iyulda tavallud topgan (25 yosh) markaziy himoyachi. 22 raqam ostida harakat qiladi. Fuqaroligi Rossiya Federatsiyasi.

Marosim ishtirokchilari jurnalistlarning va muxlislarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berishdi. Marosim yuqori kayfiyatda o‘tdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar