Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.07.2016

Soqov futbolchiga til bitdi va boshqa «gol»li faktlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 165
Soqov futbolchiga til bitdi va boshqa «gol»li faktlar

Millionlar o‘yini nafaqat jozibasi, balki o‘ziga xos tarixi bilan ham ajralib turadi. Shu paytga qadar futbol dunyosida shu qadar kulgili va antiqa holatlar kuzatilganki, beixtiyor yoqa ushlaysiz. Bugungi sahifamizda ana shunday voqealardan ayrimlariga to‘xtalib o‘tamiz.

YoZIShNI BILMAYDIGAN HAKAM

2003 yilda o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari ko‘ra, norvegiyalik Per Andre Bratas eng antiqa hakam deb topildi. Chunki u match mobaynida hech narsaga e’tibor qilmas, futbolchilar va murabbiylarning e’tirozlariga ham zarracha parvo qilmasdi. Eng qizig‘i, hech qachon futbolchiga sariq yoki qizil kartochka ko‘rsatmagandi. Hatto o‘yinchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘polliklarni ham jazolamasdi. Aynan shu jihat so‘rovnoma ishtirokchilarining e’tiborini tortdi. Mavsumdan keyin hakamga tegishli ma’lumotlar aniq bo‘lgach, ko‘pchilik yanada hayratlandi. Boisi, Andre Bratas “dislektsiya”, ya’ni, o‘qish va yozishda qiynalish xastaligiga duchor bo‘lgan ekan va aynan shuning uchun ham, hech kimni ogohlantirmas ekan. Boisi, agar u qaysidir o‘yinchiga sariq yoki qizil kartochka ko‘rsatsa, albatta, o‘sha futbolchining ism-sharifini qayd etib qo‘yishga to‘g‘ri kelardi.

HIYLAGAR KAMERUNLIKLAR

2003 yilda Kamerun terma jamoasi Ispaniya bilan o‘yin o‘tkazishi kerak edi. Ammo o‘yindan oldin juda g‘alati voqea sodir bo‘ldi. Ya’ni, kamerunlik futbolchilar mezbonlarga yuk solingan sumkalarini aeroportda o‘g‘irlatib qo‘yishganini, sport kiyimlari esa o‘sha sumkalarda ekanligini aytib, yangi kiyim so‘raydilar. Mehmonlarning gaplariga laqqa tushgan ispanlar esa, darrov Kamerun futbolchilarini yangi libos bilan ta’minlaydilar. Ammo afrikalik o‘yinchilar maydonga eski futbolka-yu butsalarda tushib keladi. Eng qizig‘i, o‘yin tugagach, ular yangi liboslarni egalariga qaytarmay, Afrikaga jo‘nab qoladilar.

BAQIRIB YuBORGAN SOQOV
1967 yilda Tunisda sodir bo‘lgan voqea esa ko‘pchilikni hayratga solgan. Gap shundaki, hakam o‘yinchilardan birini jazolagan. Bu o‘yinchi esa, hakamning qaroridan noroziligini bildirish uchun bor ovozi bilan baqirib yuborgan va maydonni tabassum bilan tark etgandi. Boisi, bu futbolchi bolaligidan eshitish va gapirish qobiliyatini yo‘qotgan edi.
4 TA GOL, AMMO…

“Aston Villa” futbolchisi Kriss Nikoll futbol tarixida antiqa poker qayd etgan o‘yinchilar sirasiga kiradi. Chunki u 1976 yilning 20 martida mahalliy “Lester Siti”ga qarshi kechgan matchda 4 ta golga mualliflik qiladi. Ammo bu unga quvonch bag‘ishlamaydi, chunki o‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakun topadi.

UYLANISh MUMKIN EMAS!

Hamma sohada bo‘lgani kabi futbolda ham o‘ziga xos irim-sirimlar bor. Xususan, aksariyat futbolchilar yo ma’lum muddatlik tanaffus paytida yoki mavsum yakunlangach, oila qurishadi. Bu an’anani kamdan-kam futbolchilar buzishgan va albatta, biror ko‘ngilsizlikka yo‘liqishgan. Jumladan, Rossiya premSher-ligasining ikkinchi divizionida ishtirok etadigan “Sodovik” jamoasi posboni Igor Kot uylanadi va uning oila qurishi ayni mavsum cho‘qqisiga chiqqan paytga to‘g‘ri keladi. Ammo to‘yidan keyingi birinchi uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq tizzasidan jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ladi. Ehtimol, bu aynan irimga bog‘liq emasdir, bunisi bizga qorong‘u.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar