Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.07.2016

Futbol yulduzlari ularni hech kim tanimagan vaqtda nima bilan mashg‘ul bo‘lgandi?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 119
Futbol yulduzlari ularni hech kim tanimagan vaqtda nima bilan mashg‘ul bo‘lgandi?

«Sports.ru» sayti bir qator mashhur futbolchilarning millionlar o‘yiniga kirib kelguniga qadar nimalar bilan mashg‘ul bo‘lganiga e’tibor qaratdi.

Jeymi Vardi

Kim bo‘ldi? Angliya chempioni, APLning eng yaxshi futbolchisi, PremSher-Ligada eng uzoq davom etgan golli seriya muallifi.

Kim edi? Ko‘chadagi janjal sabab huquq tartibot organlarining qo‘liga tushib qolgan Jeymi imkoniyati cheklangan odamlar uchun shina etkazib beruvchi uglerod zavodining oddiy ishchisi edi. O‘sha vaqtda u haftasiga 70 funt-sterling oladigan oddiy odamlar toifasiga kirardi.

Grafite

Kim bo‘ldi? Germaniya chempioni, Bundesliga to‘purari va mavsumning eng yaxshi futbochlisi (2008/09).

Kim edi? U o‘zining Kampu-Limpu-Paulista shahrida uyma-uy yurib, odamlardan chiqindi uchun paketlar sotib olishni so‘rardi.

Dado Prsho

Kim bo‘ldi? Frantsiya va Shotlandiya chempionligini qo‘lga kiritgan futbolchi, Chempionlar Ligasi finalchisi (2004/05).

Kim edi? Oddiy avtomexanik bo‘lib ishlagan. Frantsiyada o‘ziga professional klub topa olmagach, Yugoslaviya urushiga jo‘nab ketgan.

Karlos Bakka

Kim bo‘ldi? Hozirda «Milan» klubining etakchisi hujumchisi. Evropa Ligasida ikki bor muvaffaqiyat qozongan futbolchi.

Kim edi? U 20 yoshida avtobus haydovchisi edi. Oradan bir yil o‘tib esa «Atletiko Xuniors» futbol klubi a’zosiga aylana oldi.

Peter Shmeyxel

Kim bo‘ldi? Daniya safida Evropa chempionligini qo‘lga kiritdi. UEFA talqiniga ko‘ra Evropada to‘rt bor yilning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. «Yunayted» bilan besh bor Angliya va bir marta Evropa chempionligini nishonlagan, darvozabon bo‘lishiga qaramay 11 ta gol urgan. «Lester» darvozaboni Kasper Shmeyxelning otasi.

Kim edi? To‘qimachilik fabrikasida mehnat qilgan, eshiklarga qulf o‘rnatgan, reklama agentligida oddiy ishchi bo‘lib faoliyat olib borgan.

Dmitri Paye

Kim bo‘ldi? Evro—2016 yulduziga aylandi. «Vest Hem» klubining 2015/16 yilgi mavsumida eng yaxshi futbolchi deb topildi.

Kim edi? «Nant» yoshlar klubida to‘p surayotgan vaqtida kiyim do‘konida xaridorlar uchun maslaxatchi bo‘lib ishlardi.

Luis Suares

Kim bo‘ldi? Urugvay terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar, Gollandiya va Ispaniya chempioni, «Barselona» safida Chempionlar Ligasi g‘olibi, PremSher-Liganing 2013/14 yildagi eng yaxshi futbolchisi.

Kim edi? Onasiga etti nafar farzandni boqishga yordam berish uchun Suares Urugvay shimoli-g‘arbidagi Saltoda ko‘cha supurardi.

Anxel Di Mariya

Kim bo‘ldi? Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Portugaliya, Ispaniya, Frantsiya chempioni, «Real» safida Chempionlar Ligasi g‘olibi, finalning eng yaxshi futbolchisi, Ispaniya va Frantsiya chempionatlarida yilning eng yaxshi assistenti.

Kim edi? Rosario shahridagi omborxonalardan birida ota-onasiga yordam berib, tirikchilik qilgan.

Roberto Karlos

Kim bo‘ldi? 2002 yilda jahon chempioni, ikki karra Braziliya, to‘rt karra Ispaniya chempioni, «Real» bilan Chempionlar Ligasida uch bor zafar quchgan himoyachi.

Kim edi? 12 yoshidan 14 yoshiga qadar Karlos to‘qimachilik fabrikasida ishlagan: «Men qo‘llarimni tez-tez igna sabab jarohatlab turardim. Bu narsa qo‘llarimning qavarib ketishiga va azob beradigan holga kelib qolishiga sabab bo‘lardi», deb hikoya qilgan Karlosning o‘zi.

Aleksis Sanches

Kim bo‘ldi? Amerika Kubogi—2016 ning eng yaxshi futbolchisi, Italiya va Chilida mavsumning eng yaxshi futbolchisi, Chili, Argentina, Ispaniya chempioni, «Arsenal» bilan Angliya Kubogida g‘olib chiqqan futbolchi.

Kim edi? «Men salto otishni bilardim. Odamlar salto otib berishimni so‘rab, menga bir peso berishardi. Asosiy vaqtimni esa mashina yuvish bilan o‘tkazardim», deydi Aleksis Sanches.

Aleks Fergyuson

Kim bo‘ldi? Dunyo tarixidagi eng yaxshi futbol mutaxassislaridan biri.

Kim edi? Kulinariya tahsilini olgan Fergi, bir yarim yil davomida Glazgo shahridagi oshxonalardan birida ishladi. Keyinroq esa qurilishda texniklarga yordam berdi.

Agar siz 16—22 yosh orasida bo‘lib, hali ham mahalla yoki hovlida to‘p tepib yurgan bo‘lsangiz, bu katta futbol eshiklari siz uchun yopilganini bildirmaydi. Intilishda davom eting!

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar