Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.07.2016

«Dinamo» «Sho‘rtan»ni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 79
«Dinamo» «Sho‘rtan»ni mag‘lub etdi

Birinchi Liga ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi payshanba kuni «Nasaf»ga qarshi to‘p surgan bo‘lsa, dushanba kuni Oliy Liganing yana bir vakili G‘uzorning «Sho‘rtan» klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi.

Samarqanddagi «Dinamo» o‘yingohida bo‘lib o‘tgan bahs ancha tomoshabop ruhda o‘tdi. Jamoalar nazorat o‘yinida emas, rasmiy bahsda maydonga tushgandek harakat qilishdi. Tengkurashlar ostida o‘tgan dastlabki bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan so‘ng esa murabbiylar Ilhom Sharipov ham, Ixtiyor Karimov ham tarkibda bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirishdi. Bu o‘zgarishlar mezbonlarga ijobiy ta’sir qildi.

O‘yinning 69-daqiqasida qanotdan hujumga kirishgan yosh «dinamochilar» hisobni ochishdi. Yosh himoyachi Hakimxon A’lamxonov g‘uzorliklar himoyachisi Asror Aliqulov va darvozabon Alibek Turopovdan ildamroq harakat qilib to‘pni darvozaga kiritdi, 1:0.

O‘tkazib yuborilgan goldan keyin vohaliklar hujumkorlikka e’tibor qaratishdi. Natijada oradan besh daqiqa o‘tib, uchrashuv bosh hakami Sherzod Kamarov «Dinamo» himoyachisi qo‘pollik bilan «Sho‘rtan» hujumchisini to‘xtatdi deya hisoblab, penalShti belgiladi. 11 metrlik nuqtaga yaqinlashgan tajribali hujumchi Zafar Polvonovning zarbasini esa yosh darvozabon Shuhrat Murodov ajoyib reaktsiya bilan bartaraf etdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida esa samarqandliklar qarshi hujumda raqibni yana bir marta jazolashdi. 18 yoshli hujumchi Asomiddin Mamatov g‘uzorliklar himoya qo‘rg‘onini dog‘da qoldirib, hisobni 2:0 ko‘rinishga olib keldi.

25 iyulSh (dushanba)

Nazorat uchrashuvi.

Samarqand, «Dinamo» stadioni.

«DINAMO» - «ShO‘RTAN» - 2:0

Bosh hakam: Sherzod Kamarov

Gollar: Hakimxon A’lamxonov 69, Asomiddin Mamatov 89.

«Dinamo»: Mixail Naumov, Aleksey Nikolaev, Ubaydullo Nabiev, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov, Jonibek Ko‘chimov, Islom Sharipov, Iskandar Xolmirzaev, Jasur Azimov, Alisher Xoliqov, Amirjon Safarov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Shuhrat Murodov, Hakimxon A’lamxonov, Laziz Nuriddinov, Omadjon Tayloqov, Komil Sharofutdinov, Mirkomil Lokaev, Orzumurod Ahmedov.

«Sho‘rtan»: Eldor Tojiboev, Hasanboy Ergashev, Abbos Omonov, Sunnatilla Mamadaliev, Umarbek Eshmirzaev, Laziz Ubaydullaev, Xolmurod Xolmurodov, Eldor Boymatov, Ma’rufxon Murodov, Farrux Haydarov, Zafar Polvonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Alibek Turopov, Asror Aliqulov, Olimjon Karimov, G‘ulom Rahmonov, Shahzod Xursandov, Yusuf Bo‘riev, Mirmuhsin Sattorov, Vusol Mageramov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar