Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

26.07.2016

Maknalti matonati

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 92
Maknalti matonati

ANGLIYa FUTBOLIDAGI ENG BAQALOQ FUTBOLChI. Kimdir Lui van Gal ishtirokidagi matbuot anjumanida qatnashib, bir lahzada dovrug‘ qozonadi, boshqa birov esa butun Angliyani kezgancha taomlanish uchungina to‘p surib, butun umr «Baqaloq» laqabi bilan yashaydi. Shahardan shaharga o‘tish chog‘i uning taomnomasida shirinliklar o‘rnini baliq go‘shti yoki chips egallaydi. Faqat qorni uchun maydon bo‘ylab, «elib-yuguradigan» bu yigitchaning ism-sharifi - Stiv Maknalti.

Qahramonimiz futbolchilik faoliyati davomida bir nechta jamoalarda to‘p surdi. Ammo uning uchun hammasi mashhur «Liverpul»da boshlangan, axir mazkur jamoaning yoshlar tizimida ham o‘ynagan. Mutaxassislar «Everton» ishqibozi sanalgan Maknaltini 6 yoshidayoq payqashdi. Hattoki, Stiv 2003 yili U-19 toifasidagi tarkibga sardorlik qilgan va unda «qizillar» bilan shartnomasini yana bir yil muddatga uzaytirish imkoniyati tug‘ilgandi. Lekin futbolchi klubdan ketishni ma’qul ko‘rdi. Keyinchalik chempionshipning 1-2ta ishtirokchisi ko‘rigidan o‘tolmadi va oxir-oqibat, professional faoliyatini Angliya futboli tizimidagi 8-divizion (!)da boshladi. Hammasiga televidenie sabab: kutilmagan inqiroz boshqa o‘nlab yigitlar singari Stivning umidlarini ham chippakka chiqardi. Gap shundaki, quyi liga o‘yinlari translyatsiyasi huquqini sotib olgan telekompaniya inqirozga yuz tutdi va belgilangan 315 million funtni to‘lay olmadi. Buning ortidan va’da qilingan vositalarning katta qismi klublarga etib bormadi, vaholanki, hammasi bir yil avval rasmiylashtirilgandi - shartnomalar, transferlar, akademiya ishi, infratuzilma. «Bu - shartnomasiz o‘yinchilar uchun eng og‘ir payt edi», - deya o‘sha holatni eslaydi Maknalti. Xullas, ortiqcha futbolchilar quyi liga vakillariga ijara asosida yuborildi, jamoasiz qolganlar esa o‘ng kelgan ish bilan shug‘ullanishdan o‘zga chora topolmadilar. Stiv ham shunday holatga tushdi. Obro‘ uchun kurash, cho‘ntak esa, bo‘m-bo‘sh...

20 yoshida tashqi ko‘rinishidan faoliyatining kattagina qismini o‘tkazib ulgurgan futbolchiga o‘xshab qolgan Maknalti quyi divizionlarda o‘ynash bilan cheklanishga majbur edi. Biroq yigitchaning ko‘zi premSher-liga jilosidan boshqa narsani ko‘rmasdi, zero, uni faqat eng yaxshi narsalarga o‘rgatishgandi. Tashqi qiyofasi bo‘yicha ancha ulg‘aygandek, sochlariga oq oralagan Stiv «Liverpul» akademiyasida o‘tkazgan naq 13 yil davomida o‘zidan kattaroq ko‘rinishga ega o‘yinchi bo‘lmaganini tan oladi.

Vaziyatning bunday tus olishi kishiga salbiy ta’sir o‘tkazishi tayin: «Bu holat odamda ishlash barobarida o‘ynashga ishtiyoqni oshiradi, har bir uchrashuvda hurmat to‘plab borishni boshlaysan». Chindan ham, hurmat-e’tibor juda muhim edi. Biroq dam olish kunlari 8-liga doirasidagi o‘yinlarni tribunada o‘tirgancha ajoyib harakatlaringni kuzatadigan skautlar yo‘q, hisobi. Shunchaki, seni payqab, nomingni tilga olishlarini kutasan, shunga umid bog‘laysan.


«Bersko»dagi ikki mavsum - Maknaltini liverpullik sobiq murabbiyi o‘ziga chorladi. «Voksxoll Motors»dagi ikki mavsum - Maknalti ligadagi azaliy raqiblardan biri safini to‘ldirdi. «Barrou»dagi ikki mavsum - nihoyat, nimadir o‘xshayotgandek bo‘ldi. Stiv jamoa sardoriga aylandi, Shimoliy konferentsiyaning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi, jamoasini 5-divizionga olib chiqdi. 2008|2009 yillar mavsumida «Barrou» Angliya kubogining naq 6ta bosqichi (!)ni muvaffaqiyatli bosib o‘tdi. Atigi 70 ming aholisi bor shaharning 8 ming fuqarosi o‘z suyuklilarini premSher-liga klubiga qarshi bahsda qo‘llab-quvvatlash maqsadida Midlsbroga yo‘l olishdi. «Barrou» bu o‘yinni 1:2 hisobida boy berdi, ammo muxlislar chempionlikka erishgandek quvonishdi. Ikkinchi tomondan, ularning aynan shu mavsum yakunida klubni ligadan tushib ketishini kuzatishlariga bir bahya qoldi. Kubok bahslaridagi muhit ajoyib edi, ammo divizionni tark etish xavfi boringni o‘yinga bag‘ishlashga undamasligi aniq. Maknaltining oldiga futbolchilik va haydovchilikdan birini tanlash sharti qo‘yilgach, u «Barrou» safida o‘ynamaslikka qaror qildi. Chunki Stiv bu ishni futbol bilan teng olib borardi. «Oilam, farzandim, kreditim bor. Juda ko‘p pul yo‘qotishim mumkin edi», - qarorini shu tariqa izohladi Maknalti. «Bu holat meni hayron qoldirdi, ammo Stivning tanlovini to‘g‘ri qabul qildim. U pulni faoliyatidan ustun qo‘ydi», - dedi bunga javoban «Barrou» prezidenti xayrlashish oldidan.


Shu voqea sabab, Maknalti o‘yinga nisbatan mehrini yo‘qotdi, futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘yladi, ammo maydonda o‘tkazgan 6 yil davomida uni transfer bozorida ko‘pchilikka tanib ulgurgandi. Ko‘p o‘tmay, «Flitvud Taun» unga munosib motivatsiya taklif etib, klub uchun rekord sanalgan transferni amalga oshirdi: baqaloq yigit 17 ming funt evaziga xarid qilindi. Bundan ilhomlangan qahramonimiz sardor sifatida jamoasini 2ta diviziondan olib o‘tdi. Mabodo Jeymi Vardi suhbat davomida o‘zi bilan birga o‘ynagan «ajoyib baqaloq» haqida so‘zlasa, bilingki, gap aynan Stiv to‘g‘risida ketyapti.

Ronalduning butun Evropani lol qoldirishiga guvoh bo‘lgan 2014 yil aslida Maknaltiga atalgandi. Stiv 4-liga vakili «Luton» klubiga o‘tgach, Angliya uni kashf eta boshladi, matbuotchilar, ishqibozlar va o‘yinchilar hurmatini qozondi.

Makmaffin - bu feyk. Uning «Tvitter»dagi shaxsiy feyki «Stiv Makmaffin», deb nomlanadi. Ushbu sahifada Maknaltining «Aston Villa»ga qarshi kechgan mavsumoldi uchrashuvida Benteke va boshqalarga o‘yin bermagani qayd etilgan. O‘shanda mashhur gazeta va jurnallar muqovasini Maknaltining suratlari bezadi. Uning o‘zi esa mahalliy gazetalar bergan intervShyusida Benteke formada bo‘lmaganini aytib, shunchaki, kamtarlik qildi.

Maknalti - bu qo‘rquv. Uni har bir yangi klubida bejiz sardorlikka tayinlashmaydi. Qanot bo‘ylab yugurib ketayotganingizda, yo‘lingizdan devkelbat futbolchi chiqib, xuddi «Liverpul»da o‘rgatishgani kabi «podkat» ishlatgancha to‘pni olib qo‘yishini bir tasavvur qiling-a. Axir bu dahshat-ku!

Maknalti - bu kurash. Yakkama-yakka holatda eng xavfli raqib aynan Stivdir. U go‘yoki, ustingizga bostirib kelayotgan bulShdozerdek ko‘rinadi.

Maknalti - bu sumo. «Hayotimda hamma narsani ko‘rdim, turli «ta’rif»larni eshitdim: «Razil baqaloq», «Shirinliklarni kim eb qo‘ydi?». Bularning barchasi qiziq, shunchaki, kulib eslayman. Rosti, menga baribir. «Sumo! Sumo!» hayqirig‘iga kelsak, shaxsiy ishqibozlarim shunday qichqirishadi!» - deydi Stivning o‘zi vaziyatga oydinlik kiritib.

Maknalti - bu kuch. To‘pni PuyolSh singari olib qo‘yadi va Ronaldu kabi oldinga tashlanadi. Boshqa gapga hojat yo‘q.

Maknalti - bu jasorat. Agar u APLda o‘ynaganida, gazeta va jurnallar muqovasini uning yirtilgan qoshi aks etgan suratlar bosib ketardi. Deyarli har bir o‘yindan so‘ng shunday holat ro‘y berishi ehtimoldan xoli emasdi.

Maknalti - bu qahramon. «U sendan baquvvat! U sendan baquvvat!» - ishqibozlar o‘z yoqimtoylarini qo‘llab-quvvatlash uchun doimo zarur so‘zlarni topishadi. Stivning 110 kilogramm vaznga ega Adebayo Akinfenva bilan to‘qnashuvi chog‘i muxlislar xuddi shunday hayqiriqlari bilan ajralib turishdi. Ha, gap o‘sha - Angliya kubogi bahsida «LiverpulSh» darvozasini ishg‘ol qilgan bahaybat Akinfenva haqida ketyapti. Ikki sayyoraning to‘qnashuviga qiyoslangan bahsda Adebayo orbitadan chiqarib yuborilgandi.

Maknalti - bu samba emas. Hech qanday sambaga o‘rin yo‘q. Raqs unga mutlaqo begona.

Maknalti - hamma uchun ilhom manbai. Duch kelgan kishi futbol o‘ynashi, shu orqali yutuqlarga erishishi mumkin. Stiv haqidagi fikrlar g‘oyasi shundan iborat. «Agar ko‘rinishim biroz binoyidek bo‘lganida, hozirgi salohiyatim bilan yanada yuqoriroq darajada o‘ynashim mumkin edi. Odamlar kitobga muqovasiga qarab baho berishadi. Hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi», - deydi Maknalti faoliyati haqida gapirar ekan. Stiv haq, hozir kitobning nafaqat muqovasi, balki sahifalari ko‘pligi ham ahamiyat kasb etadi.

Qarang, Maknaltiga ortiqcha imkoniyat yaratib berishmadi, ammo u naq 6ta ligani bosib o‘tish uchun kuch topdi. Agar shu tezlikda davom etsa, 2022|2023 yillar mavsumida, tashqi ko‘rinishi yoshi bilan uyg‘unlashgan payt uni premSher-ligada ko‘rib qolsak, ajabmas. Lekin kuzda 32 yoshini qarshilagan futbolchining rejalari boshqacharoq ko‘rinadi: u oilasi davrasida qolishni afzal bildi, «Tranmer Rovers»ga o‘tib, APLdan yanada uzoqlashdi.

Eh, aslida «Enfild»ga qaytishi ham mumkin edi. Xuddi Gollivud yulduzi Leonardo di Kaprioning qahramoni singari iroda ko‘rsatish - bir-biridan og‘ir sinovlar, razillar tazyiqi, yovvoyi hayvonlar ta’qibidan qochib, maqsadga erishishga loyiq edi. Biroq Maknalti tarixi yarim yo‘lda nihoyasiga etdi. Demakki, hech qanday «Oskar»siz xotima topdi. Shunga qaramay, baqaloq futbolchining jamoatchilik mehri va olqishiga sazovor bo‘lganini unutmaslik darkor.

Sports.ru - O‘.UMAROV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar