Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Ummonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 95
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Ummonni yirik hisobda mag‘lub etdi

Hindistonning Goa shahrida shu yilning 15 sentyabrida start oladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 25 iyulSh kuni Ummon o‘smirlariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

“Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvning dastlabki daqiqalari ummonliklarning faolligi ostida o‘tdi va ikkinchi daqiqadayoq mehmonlar hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Shundan so‘ng o‘yindagi tashabbus to‘laligicha Temur Olixo‘jaev murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston U-16 terma jamoasiga o‘tdi. Birinchi bo‘limda gollar kiritish uchun ko‘plab qulay vaziyatlar yaratilganiga qaramay, Ummon darvozasini ishg‘ol qilish uddalanmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa vaziyatlarni gollarga aylantirish borasida O‘zbekiston o‘smirlarida vaziyat ijobiy tomonga o‘zgardi. 52-daqiqada burchakdan etkazib berilgan to‘pni Ixtiyor Xoldorov bosh bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 68-daqiqada Bahrom Soatovning kuchli va aniq zarbasi O‘zbekistonni hisobda oldinga olib chiqdi.

74-daqiqada esa ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Shuhrat Ne’matov himoyachilar va darvozabonni aldab o‘tib, hisobni 3:1 ko‘rinishiga olib keldi.

O‘yinning 85-daqiqasi o‘tib borayotganda esa Abubakr Mo‘ydinovning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi hisobning yirik ko‘rinish olishiga sababchi bo‘ldi – 4:1.

27 iyulSh kuni ushbu jamoalar o‘rtasida yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yin “Jar” stadionida, 18:00da boshlanadi.

O‘rtoqlik uchrashuvi.
25.07.2016, “Jar” stadioni, Toshkent.
O‘zbekiston U-16 – Ummon U-16 - 4:1
O‘zbekiston gollari: Ixtiyor Xoldorov (52), Baxrom Soatov (68), Shuxrat Ne’matov (74), Abubakr Mo‘ydinov (85).
O‘zbekiston: 40. A.Nematov, 19. I.Karimov, 17. A.Mo‘ydinov, 4. I.Xoldorov, 7. O.O‘runov, 8. G‘.Azizxo‘jaev, 9. B.Soatov, 10. R.Yo‘ldoshev, 11. A.Sobirjonov, 25. D.Abdumannopov
Zaxira: 1. X. Jo‘raev, 12. J. Umurzoqov, 5. M. Namozov, 3. Sh. Xayrullaev, 22. A. Kamolov, 14. O. Sayfiddinov, 36. Sh. Ne’matov, 23. B. Hasanov, 15. I G‘anixonov, 20. M. Parpiev, 33. X. Abdusattorov, 16. N. Kuyliboev

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar