Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

“Qizilqum” navbatdagi uchrashuvda “Bunyodkor”dan ustun keldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 62
“Qizilqum” navbatdagi uchrashuvda “Bunyodkor”dan ustun keldi

Shu kunlarda poytaxtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirayotgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Unda konchilar mamlakat milliy chempionati peshqadami Toshkentning “Bunyodkor” futbolchilari bilan kuch sinashdi.

Unda murabbiylar ayni paytda ko‘rikdan o‘tayotgan bir qator futbolchilarni maydonga tushirdi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida Aleksandr Alimpievich hisobni ochdi. 19-daqiqada uning darvozadan chamasi o‘n sakkiz metrlardan yo‘llagan kuchli zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi.

Tanaffusdan so‘ng, Hamidjon Aktamov rahbarlik qilayotgan “Qizilqum” futbolchilari maydonda tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga urinishdi. Ketma-ket uyushtirilgan hujumlar o‘z samarasini uzoq kuttirmadi. Avvaliga 61-daqiqada Vohid Shodiev o‘zining sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi. So‘ngra, hozirda navoiyliklar tarkibida ko‘rikdan o‘tayotgan Shukur Jumaboev muvaffaqiyat qozondi va “Qizilqum”ning g‘alabasini ta’minladi — 2:1.

HAKAMLAR HUJJATIDAN KO‘ChIRMA:

O‘rtoqlik uchrashuvi

“Qizilqum” (Navoiy) — “Bunyodkor” (Toshkent) — 2:1 (0:1).

Toshkent. “Bunyodkor” futbol maktabi maydoni. 25 iyulSh.

Bosh hakam: Vadim Agishev (Toshkent).

Gollar: Aleksandr Alimpievich (19), Vohid Shodiev (62), Shukur Jumaboev (81).

“QIZILQUM”: Erkin Jabborov, Akmal Rustamov, Fayzulla Qambarov, Otabek Narzullaev, Erkin Boydullaev, Sherali Jo‘raev, Bahriddin Vahobov, Ilhom Yunusov, Vohid Shodiev, Yovanovich.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Saidjon Hayitov, Shukur Jumaboev, Samandar Shodmonov, Nodirxon Kamolov, Eliyorjon Akbarov.

“BUNYoDKOR”: Murodjon Zuhurov, Akmal Shorahmedov, Rustam Ashurmatov, Aleksandr Alimpievich, Sato Minori, Javlon Ibrohimov, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O‘rinboev, Shohrux Gadoev, Akromjon Komilov, Yuritsa Bulyat.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar To‘raev, Anvar G‘ofurov, Bahodir Nasimov, Hayrulla Karimov, Xurshid G‘iyosov, Georgiy Pogosov, Jahongir Xo‘janov, Suhrob Izzatov, Elbek Ravshanov, Farruh Ikromov, Shahzodbek Nurmatov.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” jamoasi mazkur Toshkent yig‘ini doirasida bungacha “Qo‘qon-1912” (3:2), “So‘g‘diyona” (2:0) hamda “Lokomotiv-BFK” (5:3) futbolchilari bilan o‘zaro sinov uchrashuvlarida maydonga tushgandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar