Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

«Buxoro» Shavkat Mullajonov bilan kelishuvga erishdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 82
«Buxoro» Shavkat Mullajonov bilan kelishuvga erishdi

«Buxoro» jamoasi yana bir futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. BAA pro ligasi vakili «Al Shaab» klubida faoliyat yuritib kelgan himoyachi Shavkat Mullajonov «Buxoro» bilan shartnoma tuzdi.

Shavkat Mullajonovning O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibidagi yorqin o‘yinlari, himoyadagi ishonchli hatti-harakatlarini muxlislar hali unutishgani yo‘q. Milliy terma jamoa tarkibida 2010 yil Albaniyaga qarshi bahsda debyut qilgan Mullajonov, tezda asosiy tarkib futbolchisi ekanligini namoish etdi va 2015 yilgacha milliy jamoamizning eng asosiy figuralaridan biri sifatida faoliyat yuritdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida hozirgi kunga qadar jami 35 ta uchrashuvda ishtirok etgan Shavkat Mullajonov, klublardagi faoliyati davomida turli sovrinlarni yutgan.

Yutuqlari:

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi tarkibida 2012 yilda Qirol kubogi sohibiga aylangan.

2014 yilgi mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarkibida kumush medalSh sohibi.

2014 yilgi mavsumda Toshkentning “Lokomotiv” klubi bilan O‘zbekiston kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar