Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

Nikola Valentich: «Qo‘qonda uzoq muddat to‘p surmoqchiman»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 65
Nikola Valentich: «Qo‘qonda uzoq muddat to‘p surmoqchiman»

Ikkinchi davraga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z safiga Serbiya Respublikasidan ikki nafar legioner futbolchini qo‘shib olish arafasida turibdi. Qo‘qon futboli tarixidagi ilk xorijlik futbolchilarning dastlabki taassurotlari haqida suhbat qildik.

– Nikola O‘zbekistonga ilk marta kelishingiz, dastlabki taassurotlaringiz qanday?

– Avvalo bizni O‘zbekistonga taklif qilishgani uchun “Qo‘qon-1912” jamoasi rahbariyati va bosh murabbiyga katta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ha, bu O‘zbekistonga ilk tashrifim. Bizni jamoa vakllari juda iliq qarshi olishdi. Toshkent shahrini biroz tomosha qilishga ulgurdik. Toshkent men o‘ylagandan ham go‘zal shahar ekan.

Jamoa aShzolari bilan tanishishni boshladik. Mashg‘ulotlarda va o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdik. Jamoa futbolchilari yaxshi taassurot qoldirishmoqda. Futbolchilar jismonan baqquvat va tez ekanlar.

– Nima uchun O‘zbekistonni tanladingiz ?

– Menda boshqa variantlar ham bor edi. Maqsadim faqat futbol o‘ynashgina emas, futbolchi sifatida yanada o‘sish. O‘zbekistonda o‘zimni ko‘rsatishim uchun barcha imkoniyatlar bor. Bu erda futbol kundan-kunga rivojlanib borayotganini kuzatish mumkin. Jamoaga yordamim tegishini va “Qo‘qon-1912” jamoasini yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa bo‘lishiga munosib hissamni qo‘shish niyatida tashrif buyurdim.

– Jamoa rahbarlari bilan uchrashdingizmi ? Qancha muddatga shartnoma imzolamoqchisiz ?

– Jamoa rahbari va bosh murabbiy bilan gaplashdik. Ular har ikkalari ham ajoyib insonlar. Suhbatlashganimizda bu erga kelib xato qilmaganimizni tushundim. Shartnoma masalasiga kelsak bu albatta har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lmog‘i darkor. Hozircha o‘yinimiz ma’qul kelsa yana uzaytirish sharti bilan, mavsum so‘nggiga qadar shartnoma taklif qilishdi. Bizga taklif qilishgan shartlar bizni qoniqtirdi. Asosiysi qo‘qonlik muxlislarga yoqishimiz kerak deb o‘ylayman. Biz albatta Qo‘qonda uzoqroq muddat to‘p surishni istaymiz. Agar jamoada o‘zimizni har tomonlama ko‘rsatsak albatta yanagi yil ham shu jamoada to‘p surishimizni barcha istaydi.

– Barcha Qo‘qonlik muxlislar nomidan xush kelibsiz deyman va omad tilayman . Suhbatingiz uchun rahmat.

Akramjon Mamadaliev suhbatlashdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar