Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

Rustam AKRAMOV: «Muhimi – akademiya va o‘z-o‘zini ta’minlash»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 157
Rustam AKRAMOV: «Muhimi – akademiya va o‘z-o‘zini ta’minlash»

O‘zbekiston chempionati oliy ligasi birinchi davrasidan o‘rin olgan o‘yinlar yakunlandi, hisob. Hozircha turnir jadvalida «Bunyodkor» yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Ammo «Lokomotiv» va «Qizilqum» o‘rtasidagi qoldirilgan o‘yin (13-tur)dan so‘ng vaziyat keskin o‘zgarishi hech gap emas. Xullas, «Interfutbol» gazetasi birinchi davra yakunlari bo‘yicha mutaxassislar xulosalarini o‘rganishda davom etadi. Bugungi mehmonimiz - barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan mutaxassis Rustam Akramov. Ayni vaqt «Bunyodkor» klubi akademiyasida maslahatchi-murabbiy sifatida faoliyat olib borayotgan Rus­tam aka oliy ligada kechayotgan kurash haqidagi savollarimizga batafsil javob qaytardi.

«METALLURG» VA «PAXTAKOR»

- Rustam aka, bu yil kutilmagan natijalar, nisbatan, ko‘p qayd etilmoqda. Xususan, «Metallurg» etakchilarga ancha bosh og‘rig‘i bo‘ldi. Bu jamoadan shunday natija kutganmidingiz?

- Ha, «Metallurg» ancha yoqimli taassurot qoldiryapti. Ammo bu klubning natijalarini tasodif yoki kutilmagan holat sifatida baholash mutlaqo o‘rinsiz. Zero, «Metallurg» boshqaruvida uzoq yillardan buyon bir murabbiy ishlab kelmoqda. Jamoada hammasi aynan Rustam Mirsodiqov atrofida qurilgan. Shu sababli, barqarorlik hukmron. Qolaversa, joriy mavsum jamoa o‘yinida sezilarli o‘sish ham kuzatilyapti. Bu holat jamoa mashg‘ulotlar jarayo­nini o‘zgartirilgani bilan bog‘liq, menimcha. Aftidan, bu yil bekobodliklar ish tizimida qandaydir o‘zgarish bo‘lgan ko‘rinadi. Deylik, «Metallurg» hattoki, «Lokomotiv»ni ham mag‘lubiyatga uchratishi mumkin edi, shuningdek, «Bunyodkor» so‘ng­gi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Shaxsiy fikrimcha, bekobodliklar ikkinchi davrada yanada ishtiyoq bilan o‘ynashadi. Harqalay, jamoada yaxshi natijalarga erishish imkoniyati chakki emas.

- Ammo «Paxtakor»ga nisbatan bunday fikr aytish juda qiyin. Sizningcha, «sherlar»ning muammolariga sabab nima?

- «Paxtakor»ning hozirgi holati juda oddiy va tez-tez uchraydi. Shunchaki, uzoq yillar ishlagan inson jamoa boshqaruvidan ketdi va bu yaxlit yo‘lga qo‘yilgan tizimga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. To‘g‘ri, Samvel Babayan faqat oxirgi 1,5 yilda rasman bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritdi, ammo bunga qadar ham asosiy ishlarni aynan uning o‘zi bajarardi. Tabiiyki, bunday mutaxassisning ketishi jamoaga ta’sir ko‘rsatmay qolmasdi. Boz ustiga, «Paxtakor» bir qator etakchi futbolchilardan ham ayrildi. Aleksandr Lobanov, Egor Krimets, Kaxi Maxaradze - bunday ko‘lamdagi yo‘qotish istalgan jamoani qiynab qo‘ygan bo‘lardi. Tarkibda qolgan yigitlar esa hozircha bor mas’uliyatni o‘z zimmalariga ololmayaptilar. Aksiga olib, IgorSh Sergeevning o‘yinidagi pasayish ham shu og‘ir vaqtga to‘g‘ri keldi. Bir so‘z bilan aytganda, jamoa­dan «bosh qo‘mondon» ketgach, qo‘shin nisbatan «sochilib» qoldi.

- IgorSh Sergeevning o‘yinida pasayish borligini ta’kidlayapsiz. Biroq u birinchi davra bahslarida 12ta gol urish uddasidan chiqdi va to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib turibdi. Bir qarashda, bunday pasa­yishga istalgan hujumchi havas qilishi mumkin...

- To‘g‘ri, ammo shu bilan birga barchamiz IgorSh Sergeev iqtidor nuqtai nazaridan bundan-da ko‘prog‘iga qodir ekanligini yaxshi bilamiz-ku. Ha, IgorSh hamon gol urmoqda, ammo o‘yi­nida avvalgi shiddat pasayganini inkor etib bo‘lmaydi. Ayniqsa, «Paxtakor» uchun mana shunday qiyin vaqtda ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak edi. Shunchaki, Sergeev so‘nggi yillarda juda katta hajmda ish bajardi va biroz toliqqan ko‘rinadi. U «Paxtakor»dan tash­qari, milliy va olimpiya terma jamoalarida ham asosiy hujumchi bo‘lib keldi. Bunga qadar esa, yoshlar terma jamoasida o‘ynadi. Bilasizmi, bir vaqtlar sobiq ittifoq futbolida Fyodor Cherenkov birdaniga porlab chiqib, o‘z iqtidori bilan barchani hayratga solgandi. Biroq u juda yoshligidanoq katta bosim ostida qoldi. Ya’ni Cherenkov hamma joyda o‘ynadi - «Spartak»da, sobiq ittifoq milliy va olimpiya terma jamoalarida... Albatta, uning iste’dodi shundoq ko‘zga tashlanib turardi. Ammo noto‘g‘ri yondashuv, ya’ni muntazam ravishda katta bosim ostida o‘ynashi oqibatida ruhiyatida o‘zgarishlar kuzatildi va «sinib» qoldi. IgorSh Sergeev ham ma’lum vaqt katta bosim ostida o‘ynadi va bu holat unga ta’sir o‘tkazishi turgan gap. Mana, yaqinda Xitoy klubi bilan shartnoma imzoladi. Boshqa chempionatda to‘p surish uning foydasiga xizmat qiladi, deb o‘ylayman. Harqalay, umumiy yondashuv va muhit sal o‘zgaradi.

- Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, mutaxassis sifatida taxminingizni aytsangiz - «Paxtakor» bu yil chempionatni nechanchi o‘rinda yakunlashi mumkin?

- Menimcha, kuchli beshlikdan past­ga tushmasa kerak. Shuning barobarida chempionlik kurashiga qo‘shilishi juda-juda qiyin.

«NASAF»

- Afsuski, «Nasaf»ning ishlari ham joyida emas. Boz ustiga, jamoa ikkinchi davra oldidan Artur Gevorkyan va Erkin Boydullaev kabi etakchi futbolchilardan ayrildi. Buni qanday izohlaysiz?

- «Nasaf»ni kuchli murabbiy bosh­qarmoqda. Shaxsan men Ro‘ziqul Berdievni qattiq hurmat qilaman. U yaxshi jamoa shakllantira oldi. Biroq «Nasaf» faqat o‘tgan yili «Lokomotiv», «Bunyodkor» va «Paxtakor» bilan tengma-teng raqobatlashadigan darajaga etdi. O‘zbekiston kubogidagi g‘alaba qarshiliklarni ruhlantirishi lozim edi. Ammo afsuski, buning o‘rniga muammolar boshlandi. Bunga jamoadagi ichki muhit sabab bo‘lsa kerak. Aftidan, klubda qandaydir ichki muammolar bor. Shu sababli ham, Gevorkyan va Boydullaev ketishni ixtiyor etishgandir. Ammo Ro‘ziqul Berdiev - kuchli mutaxassis. Uning ikkinchi davrada muammolarni bir yoqli qilishiga ishonaman.

- Biroq buning uchun vaqt va imkoniyat bormikan? Bizda kech qolingan ishga nisbatan bir gap aytiladi: «Poezd ketib bo‘ldi». «Nasaf»ning «poezdi» ketib qolmadimi?

- Yo‘q, «poezd» hali stantsiyada. Shunchaki, jamoa rahbariyati Ro‘ziqul Berdievga ishonishda davom etishi kerak. Shundagina barcha muammolar ortda qolishi mumkin.

«QIZILQUM» VA «BUXORO»

- «Qizilqum» va «Buxoro» klublari bu yil o‘z oldilariga jiddiyroq maqsad qo‘yishgan edi, oliy ligada raqobat birmuncha kuchaydi. Biroq bu jamoalar sarflanayotgan mablag‘ va intilishga yarasha natija qayd etishyaptimi?

- Eng avvalo, biz ular olib borayotgan ishdan xursand bo‘lishimiz kerak. Oliy liga bundan faqat yutadi. «Qizilqum» va «Buxoro»ning hozirgi natijalariga kelsak, tajriba oshishi barobarida samara ham keladi. «Buxoro»da juda yaxshi murabbiylar shtabi bor. Shuningdek, viloyat futboli rahbarlari ham katta hajmda ish olib borishyapti. «Qizilqum»da esa butun boshqaruv tizimi Hamid Aktamov qo‘lida. Buning natijasini ko‘rib turibmiz. Shaxsiy fikrimcha, ikki klub ham to‘g‘ri yo‘ldan boryapti.

- Biroq ular shunday barqarorlikni yillar davomida saqlab qolishlari lozim. Masalan, deylik, siz 2-3 yildan so‘ng ham «Qizilqum» va «Buxoro»ni mana shu qiyofada tasavvur eta olasizmi?

- Buning uchun ular o‘z tarbiyalanuvchilariga ko‘proq tayanishlari kerak. Faqat, klub akademiyasini kuchaytiribgina yillar davomida barqaror o‘yin namoyish eta oladigan jamoa shakllantirish mumkin. Shuningdek, viloyat chempionatiga e’tiborni kuchaytirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Klub poydevori mana shu ikki holatga bevosita bog‘liq. Takrorlayman, yoshlarni tarbiyalamasdan turib, barqarorlikka erishish mushkul. Masalan, hozirdanoq «Bunyodkor»ning keyingi mavsumlarda ortiqcha muammolarga uchramasligini aytishim mumkin. Chunki klub akademiyasi barqaror ishlamoqda va har yili yosh iqtidorlar etishib chiqishyapti. Shuningdek, «Paxtakor»ning ishlari yaqin yillarda qayta izga tushishini taxmin qilishga asoslar etarli. Chunki bu klub ham asosan o‘z tarbiyalanuvchilariga ishonch bildiradi. «Lokomotiv» esa hozircha shu masalada katta natijalarga erishgani yo‘q. «Temiryo‘lchilar» o‘yini deyarli, tan olingan futbolchilarga asoslangan. O‘zbekiston chempionatidagi eng tajribali o‘yinchilar hozir aynan «Lokomotiv» sharafini himoya qilishyapti. Biroq klub kelajagida akademiyaning o‘rni kattaligini unutmaslik lozim. Xuddi shu gapni «Buxoro» va «Qizilqum» haqida ham aytishim mumkin. Ayni payt ularning o‘yi­ni, asosan homiylarga bog‘liq. Agar moliyaviy ta’minot shu taxlit davom etsa, o‘yin sifati ham, natija ham kutilganidek bo‘ladi. Ammo ta’minotda uzilishlar bo‘lsa, muammolar tug‘ilishi turgan gap.

VODIY JAMOALARI

- Vodiy klublari haqida ham to‘xtalsangiz. Zero, ular so‘nggi yillarda faqat «jon» saqlab qolish bilan ovora bo‘lishyapti, hisob. Hudud futbolining bu qadar ortga ketishi nima bilan bog‘liq, sizningcha?

- Klubda yakdillik, hamjihatlik qaror topmas ekan, rivojlanishdan umid qilish mantiqsizlikdir. Guruhbozlik, g‘iybat va mish-mishlar har qanday jamoani ichidan emirib tashlashi tayin. Afsuski, so‘nggi yillarda vodiy klublarida mana shunday muammolar ildiz otayotgan ko‘rinadi. Shuning oqibatida murabbiylar qo‘lqopdek almashtirilmoqda va natija tobora ortga ketyapti. Masalan, Aleksandr Volkov yaqindagina «Navbahor» boshqaruviga tayinlangan edi. Shaxsan o‘zim bu murabbiyni kuchli mutaxassis, deb bilaman. Ammo unga ishlash imkonini berishmadi. Endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, bunday sharoitda qanday rivojlanish haqida gapirish mumkin? Aytaylik, biror murabbiy jamoa boshqaruviga keldi, ammo u uzoq vaqt ishlash imkoni baribir, bo‘lmasligini biladi. Xo‘sh, shu holatda ko‘p ishlarni amalga oshira oladimi? Yuqorida «Metallurg» va «Qizilqum»ni tilga oldik. Ularning muvaffaqiyati, avvalo, Rustam Mirsodiqov va Hamid Aktamov uzoq vaqtdan buyon ishlab kelayotganlari bilan bog‘liq. Oxirgi yillarda vodiyning qaysi klubida bir murabbiy 2-3 mavsum ishladi? Jamoalar, eng avvalo, ichki muammolarni hal qilib olishlari lozim. Aks holda, hammasi ortga ketaveradi...

- Xo‘sh, ichki muammolarni bartaraf etish uchun nima qilish kerak?

- Birinchi shart: klub o‘zini o‘zi ta’minlash tizimiga o‘tishi lozim. Homiylar qo‘liga qarab qolish va faqat tayyor pul evaziga futbolni rivojlantirish mushkul. Bilasiz, futboli rivojlangan o‘lkalarda asosiy daromad translyatsiyalar ulushiga to‘g‘ri keladi. Ammo bizda buning imkoni yo‘q. Shunga qaramay, qo‘l qovushtirib o‘tirish sira yaramaydi. Klublar birinchi navbatda, o‘z akademiyalarini shakllantirishlari kerak. Masalan, «Paxtakor» va «Bunyodkor»ning kelajagi borasida menda shubha yo‘q. Ularning keyingi ishlari joyida bo‘ladi.

KIM ChEMPION BO‘LADI?

- Rustam aka, suhbatimiz oxirida so‘nggi savol - bu yil chempionlik qaysi klubga nasib etarkin? Garchi hozir «Bunyodkor» 1-o‘rinda borayotgan bo‘lsa-da, yakunda «Lokomotiv»ning g‘olib chiqishiga ishonch katta, baribir. Bunga nima deysiz?

- Chempionlik masalasi ko‘p omillarga bog‘liq. Etakchi klublar qayd etadigan natijalarda ko‘pincha terma jamoa ta’siri ham bo‘ladi. Demoqchimanki, milliy jamoa tez-tez yig‘in o‘tkazsa va futbolchilarni chaqirib olaversa, tabiiyki, klublar mashg‘ulotlari jarayoniga putur etadi. Oqibatda tiklanish uchun ko‘p vaqt sarflanadi. Boz ustiga, «Lokomotiv» Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokini ham davom ettirmoqda va hali qiyin o‘yinlarda maydonga tushadi. Buni ham yoddan chiqarmaslik kerak. Shaxsan men Sergey Lushanga ishonaman. U juda aqlli murabbiy. «Bunyodkor» birinchi davrada «Lokomotiv» bilan durang qayd etdi va hali o‘yinini yanada kuchaytirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan, bu taxminingizga qarshi fikr bildiraman va «Bunyodkor» sizni hayron qoldira olishini aytaman. Hammasi mavsum oxirida ko‘rinadi...

Zafar QOSIMOV suhbatlashdi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar