Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

O‘zbekiston Oliy ligasi — Sharq, G‘arb va yaqin Sharq uchrashgan noma’lum liga!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 141
O‘zbekiston Oliy ligasi — Sharq, G‘arb va yaqin Sharq uchrashgan noma’lum liga!

Kuni kecha Janubiy Koreyaning “JTBC3 FOX SPORTS” kanali sharhlovchisi va “Daily Sports” nashri jurnalisti Kim Hvan O‘zbekistonga qilgan safari va bizning futbolimiz haqidagi kichik maqolasini e’lon qildi. Maqola “O‘zbekiston oliy ligasi – Sharq, G‘arb va Yaqin Sharq uchrashgan noma’lum liga”, deb nomlangan. Maqolani tarjima qilingan holda e’tiboringizga havola etyapmiz.
Koreyada “o‘zbek futboli”, desangiz Server Jeparov yoki “Bunyodkor” haqidagi bir dasta ma’lumotlargina chiqadi. O‘zbek futboli haqida bizda ma’lumotlar deyarli yo‘q. Osiyo Chempionlar ligasida qatnashadigan etakchi klublari haqida ham deyarli hech narsa bilmaymiz. Ayniqsa, OFK bu turnirni Sharq-G‘arb mintaqasiga bo‘lib tashkil etishi o‘zbek futbol ligasi haqida ma’lumot to‘plashga hojat qoldirmaydi.
O‘zbekistonda birinchi raqamli sport turi – bu futbol. Boks, dzyudo, kurash kabi jangovor sport turlariga ham qiziqish yuqori. Ammo bular futbolni ortda qoldira olmaydi.
Stadionga boradigan muxlislar soni ancha. Stadiondagi muhit ham yaxshi.
Toshkentdan ko‘ra viloyatlarda muxlislar tashrifi yuqori ekanligini osongina ilg‘ash mumkin. Masalan, men kirgan, Toshkentda o‘tgan o‘yinga 7 ming atrofida muxlis tushgan bo‘lsa, o‘sha kuni Buxorodagi o‘yinga 17 mingdan ziyod muxlis tushgan.
Bu erda futbolchilarni stadiondan turib olqishlash madaniyati juda qadimiy va eskirgan madaniyatdek, go‘yo. Xitoy, Koreya va Yaponiyadagi kabi qo‘llarida biror buyumlar bilan taraqa-turuq qilish yo‘q. Yoki Evropadagi kabi barcha jo‘r ovozda qo‘shiq kuylash yo‘q. Maydondagi futbolchilar o‘zaro yoqalashishsa yoki chiroyli futbol ko‘rsatib qolishsa quvnoq baqirib qo‘yishadi. Bori shu.
Maydonda futbolchilarning harakatlari ham ko‘proq qo‘pollikka olib keladi. Yakka holda individual harakatlar unchalik oqlamaydi. Baribir Rossiya futboli ta’siri ko‘rinib qoladi. Futbol muxlislari ham asosan, to‘pni chiroyli oshirishlaridan ko‘ra, ayovsiz, jangovor o‘yinlarga moyilroq. Umuman olganda, mamlakatda qattiq kurashadigan, qo‘pol futbolni sevib tomosha qilishadi.

O‘zbekistonda yuqori o‘rinlarda yuradigan jamoalar asosan, gaz, temiryo‘l, ko‘mir bilan shug‘ullanadigan yuqori tashkilotlar homiyligi ostidagi jamoalardir. Yuqori o‘rinlardagi jamoalarning yillik xarajati 10-15 million AQSh dollari atrofida bo‘lib, pastki o‘rinlardagi jamoalar esa bir yilda taxminan 1 million AQSh dollari atrofida xarajat qilishadi.
O‘rtamiyona jamoalar futbolchilarga 1000-2000 dollar atrofida oylik maosh to‘lashadi. Oyiga 500 dollar maosh oladigan yosh futbolchilar ham juda ko‘p. O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod futbolchilar esa oyiga taxminan 30 ming AQSh dollari miqdorida maosh olishadi. Autsayder jamoalarda esa maosh kechikish holatlari uchrab turadi. Stadionga muxlislarni ko‘proq chorlash yo‘lida marketing ishlari oqsamoqda.
O‘zbekiston Rossiya qiyofasiga ega Osiyoda joylashgan musulmon mamlakat. Shunday ta’rif mos tushadi. Shu qadar turfa xil madaniyatli davlat. Ingliz tilida gaplashish bu erda foyda bermaydi. Rus va o‘zbek tilidagina muloqot qila olasiz. Lekin odamlarning fikrlashi va dunyoqarashi sharqona.
Futbol jamoalari tizimi Koreyadagi tizim bilan bir xil. Futbolchi oilali bo‘lsa, tashqarida yashashi tabiiy, bo‘ydoq futbolchilar yoki borar joyi yo‘q futbolchilar birgalikda klub bazasida istiqomat qilishadi. Klub bazasida alohida ishchilar mavjud. Baza mehmonxona darajasidan biroz past darajada bo‘ladi. Koreys futboli bilan yana bir o‘xshash jihati shuki, futbolchilar orasida katta va kichik yoshlilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat yuqori. Bu erda yoshi ulug‘roq, tajribali futbolchi bo‘lsangiz bemalol o‘zingizdan kichik futbolchiga ish buyura olasiz. Bir so‘z bilan aytganda, tajribali futbolchi bu erda ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ladi. Rossiya yoki Ukrainadan kelgan legionerlar ham O‘zbekistondagi bunday madaniyatga qat’iy amal qilishadi. Butunlay begona va notanish madaniyatli davlatdan kelgan futbolchilarga esa yoshiga qarab, tabiiy ravishda xuddi shu yo‘nalishda muomala qilaverishadi.
Futbol mutaxassislari O‘zbekiston chempionatiga nega Sharqiy Osiyodan futbolchilar kelmasligini moliyaviy jihatlarga bog‘lashadi. Ko‘p klublar koreys futbolchilari so‘raydigan yillik maoshni to‘lab bera oladigan darajada emas. Albatta, O‘zbekistonda muxlislar koreyalik legionerlar kelishini olqishlagan bo‘lishardi. Ammo hozircha bunga bir qancha muammolar yo‘l bermaydi. Moliyaviy jihatni chetga qo‘ya turaylik. Masalan, iqlim va madaniyat. Ingliz tili muomalada emas. Toshkentdan tashqariga chiqsangiz koreys millatiga mansub odam yo‘q. Xullas, hozircha O‘zbekiston chempionati koreys futbolchilari uchun o‘rganilmagan oroldek bo‘lib turibdi.

Koreys OAV ma’lumotlari asosida Otabek Yo‘ldoshev tayyorladi.

Manba: Stadion.uz

Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar