Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

25.07.2016

Darko Goykovich: “Qo‘qonda futbolni sevishlarini eshitganman”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 67
Darko Goykovich: “Qo‘qonda futbolni sevishlarini eshitganman”

«Qo‘qon-1912» tarkibida mashg‘ulot olib borayotgan yana bir cerbiyalik futbolchi Darko Goykovich bilan ham suhbatlashdik.

– Darko Dastlabki taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

– Men “Qo‘qon-1912” jamoasidan taklif olganimdan cheksiz minnatdorman. Jamoada bizni juda chiroyli kutib olishdi. Barcha sharoitlar yaxshi. O‘zbekistondagi insonlarning bizga bo‘layotgan munosabatlaridan xursandman. Biz albatta o‘zimizning chiroyli o‘yinimiz bilan bunday iliq munosabatga yarasha javob qaytarishga astoydil harakat qilamiz. Mening maqsadim O‘zbekistonda o‘zimni ko‘rsatish, jamoaga o‘z o‘yinim bilan ko‘proq foyda keltirish.

– Siz O‘zbekistonga kelishdan avval o‘zbek futboli haqida bilarmidingiz ?

– Men O‘zbekistonning kuchli jamoalari “Paxtakor” va “Bunyodkor” ekanligi haqida ko‘p eshitganman. Bu jamoalar Osiyo qit’asida ham yuqori nufuzga ega ekanligi haqida bilaman. Bu jamoalarda ko‘plab do‘stlarim to‘p surishgan va hozir ham o‘ynashmoqda. Bular Boyan Miladinovich, Adnan Oraxovats, Aleksandr Petrovich va boshqalar.

– Sizni bu erga kelishingizga shu do‘stlaringiz sabab bo‘ldimi?

– Yo‘q. Men o‘zim “Qo‘qon-1912” jamoasi taklifidan so‘ng,O‘zbekistonga kelishga qaror qildim. Albatta bu erga kelishim aniq bo‘lgandan so‘ng ulardan O‘zbekiston va “Qo‘qon-1912” haqida so‘radim. Bu jamoa haqida do‘stlarimning fikrlari ijobiy bo‘ldi. Ular O‘zbekiston futbolining tarixi Qo‘qonda boshlanganini, hozir bu shaharda futbolga e’tibor yaxshi bo‘layotganini va “Qo‘qon-1912” jamoasining muxlislari ko‘pligini aytishdi. Xullas, Qo‘qonda futbolni chin dildan sevishlarini eshitdim. Albatta har bir futbolchi muxlislar bilan to‘lgan stadionda to‘p surishni yaxshi ko‘radi. O‘ylaymanki, ikkinchi davrada jamoa turnir jadvalida yuqoriga ko‘tariladi. Biz bu yo‘lda qo‘limizdan kelgan barchasini qilishga tayyormiz.

Suhbatingiz uchun rahmat. Qo‘qonlik muxlislar sizdan ajoyib o‘yinlar kutib qolishadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar