Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.07.2016

O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Iroqni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 137
O‘zbekiston o‘rtoqlik o‘yinida Iroqni mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Iroq terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Hamyurtlarimizning gollari Marat Bikmaev va Eldor Shomurodov hisobiga yozildi.

Bu o‘yinda terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan faqat chempionatimizda ishtirok etadigan futbolchilar xizmatidan foydalandi. Shunday bo‘lsa-da, terma jamoamiz yaxshi o‘yin namoyish etib, ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘lim futbolchilarimizning ustunligida o‘tdi. 7-daqiqadayoq hisob ochildi. Jamshid Iskanderov to‘pni egallab olib, chap qanotdan oldinga o‘tayotgan Shomurodovga oshirdi. Eldor to‘pni jarima maydoniga etkazganida Marat Bikmaev yaqin masofadan boshi bilan zarba berib, to‘pni darvozaga joyladi. U darvozabonning harakatiga qarama-qarshi burchakka to‘pni yo‘llab qo‘ydi

Oradan biroz o‘tgach, Iroqning havfli hujumini o‘tkazib yubordik. O‘ng qanotdan to‘p jarima maydonimizga etkazilganda, Muhammad Josim boshi bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi. Ammo to‘pni Nesterov egallab olishga ulgurdi.

24-daqiqada O‘zbekiston 2-golni ham urdi. Ammo yordamchi hakam bu vaziyatda o‘yin qoidasi buzilganini ko‘rsatdi va gol inobatga olinmadi.

Biroq 30-daqiqada biz baribir hisobni oshirdik. Iskanderov o‘ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirib, to‘pni jarima maydoniga etkazganida, Eldor Shomurodov 7-8 metrdan boshi bilan zarba yo‘llab, to‘pni darvoza burchagiga joyladi!

Oradan 5 daqiqa o‘tgach, hisob yirik ko‘rinishga kelishi mumkin edi. Ammo Shomurodovning uzatmasidan so‘ng, Sherzod Karimov boshi bilan to‘pga tayinli zarba berolmadi. Darvozabon Jalol uni osonlik bilan egallab oldi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin tenglashdi. Iroq ham xavfli hujumlarni uyushtirib turdi. 55-daqiqada ular hisobni qisqartirishi mumkin edi. Ammo hujumchi darvozabon bilan yuzma-yuz chiqayotgan vaziyatda Davron Hoshimov to‘pni yon tomonga tepib yuborishga ulgurdi.

Oradan o‘n daqiqa o‘tgach, iroqlik futbolchining olis masofadan yo‘llagan xavfli zarbasini Nesterov mahorat ko‘rsatib qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

71-daqiqada Otabek Shukurov yaxshi imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. U jarima maydonchasi ichida to‘pni qabul qildi, bir himoyachini aldadi va chap oyoqda zarba berdi. Darvozabon to‘pni qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

O‘yin oxirida iroqliklar faollashib qolishdi va hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ignatiy Nesterov to‘pga chiqishda xatolikka yo‘l qo‘yib, uni ushlab qololmadi. Natijada Abubakr Bayar to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi.

So‘nggi daqiqalar asabiy tarzda o‘tgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston g‘alabani ushlab qoldi.

24 iyulSh. Toshkent, «Bunyodkor» stadioni.

O‘rtoqlik o‘yini.

Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)

O‘zbekiston – Iroq 2:1 (2:0)

Gollar: Marat Bikmaev (7), Eldor Shomurodov (29) – Abubakr Bayar (90)

O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Kamoliddin Tojiev, Marat Bikmaev (Sardor Mirzaev 66), Jamshid Iskanderov, Otabek Shukurov, Davron Hoshimov, Javohir Sohibov, Stanislav Andreev (Aleksandr Merzlyakov 46), Azimjon Ahmedov (Ruslan Melziddinov 86), Sherzod Karimov (Jasur Hasanov 55), Eldor Shomurodov (Jaloliddin Masharipov 83).

Iroq: Hasan Jalol (Qosid Muhammad 46), Kozim Husam, Said Jamol, Latif Ali, Vaham Husayn (Xalaf Husayn 57), Muhammad Josim, Alaa Abdulzahron (Shavqan Muhammad 74), Volid Amjad (Malik Visam 86), Fayoz Mazin, Xusrav Miron (Abubakr Bayar 80), Qosim Abbos.

Ogohlantirish: Kozim Husam 50

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar