Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.07.2016

Rozi Shenayshil: «O‘zbekiston bilan o‘yinlarda yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldim»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 91
Rozi Shenayshil: «O‘zbekiston bilan o‘yinlarda yosh futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldim»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkentda Iroqqa qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi (2:1). Uchrashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Rozi Shenayshil ishtirok etdi.
— Avvalo Toshkentdagi yig‘inimizni tashkil qilishda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Boisi, bu yig‘in bizga juda ham kerak edi. Biz yangi Iroq terma jamoasini tuzish rejasini amalga oshiryapmiz. Toshkentda ikkita o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, o‘zimiz uchun kerakli xulosalarni chiqarib oldik. Bu o‘yinlar orqali terma jamoaga nomzod bo‘lgan bir qancha futbolchilarni sinovdan o‘tkazib oldik.
Yana bir narsani ta’kidlashim kerak, Osiyo kubogi-2015da ishtirok etgan Iroq terma jamoasidan hozirgi tarkibda bor-yo‘g‘i 3 nafar futbolchi qolgan. Shu bois, yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazish orqali ma’lum xulosalarga ega bo‘ldik. Adashmasam, bugungi tarkibga kirgan futbolchilarning 75 foizi ilk marta Iroq terma jamoasi safida maydonga tushishdi.
— Bugun o‘ynagan futbolchilar orasida Rio-2016 olimpiadasiga boradiganlari ham bormi?
— Taxminan 4-5 nafar futbolchi Braziliyadagi olimpiya o‘yinlariga boradi.
— Yosh futbolchilarga sentyabrda boshlanadigan JCh-2018 saralash bahslarida ham ishonch bildirishda davom etasizmi?
— Bizda asosiy va olimpiya terma jamoalari bor. Hozir asosiy e’tibor olimpiadaga tayyorgarlikka qaratilgan. Terma jamoaning asosini esa legionerlar tashkil qiladi. Hozirda FIFA kunlari bo‘lmagani uchun ularning xizmatidan foydalana olmadik. Yangi nomlarni kashf qilish uchun mana shunday yig‘inlar va o‘rtoqlik o‘yinlaridan foydalanyapmiz. Men Iroq futbol federatsiyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolaganman. Shu davr mobaynida ko‘proq yosh futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qilaman.

— Yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazish bilan birga yangi o‘yin g‘oyalarini ham sinab ko‘rdingizmi?
— Albatta. Bugungi o‘yinda yangi g‘oyalarni to‘liq sinovdan o‘tkazmagan bo‘lsam-da, yangi g‘oyani amalga oshirishga yordam berishi mumkin bo‘lgan yangi kuchlarni sinab ko‘rdim. Qatarga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlarida yangi rejalarni amalga qo‘llashda davom etaman. Shundan so‘ng sentyabrda boshlanadigan JCh-2018 saralash o‘yinlarida qo‘llash mumkin bo‘lgan taktikalar pishib etiladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar