Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.07.2016

Samvel Babayan: "Bugun terma jamoaning yaqin zaxirasini sinab ko‘rdik"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 124
Samvel Babayan: "Bugun terma jamoaning yaqin zaxirasini sinab ko‘rdik"

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Iroqqa (2:1) qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Iroqqa qarshi o‘yinga ikki hafta davomida Avstriyada tayyorgarlik ko‘rdik. U erda ikkita nazorat o‘yinini o‘tkazdik. Borussiyaning 2-tarkibiga qarshi o‘yin yaxshi kechdi, qarshi hujumlarimizni maromiga etkazishga harakat qildik. Bugungi o‘yinda terma jamoaning zaxira o‘rindig‘ini sinovdan o‘tkazdik. Yosh futbolchilar yaxshi harakat qilib, legionerlarimizga munosib raqobatchi bo‘lishini isbotlashdi.

Nega terma jamoa pressing uslubini qo‘llamadi?

Har doim pressingda o‘ynab bo‘lmaydi. O‘rni kelganda pressing ham qildik, keyin himoyaga qaytib ham o‘ynadik. Boshdan oxirigacha pressing qilishning jismonan iloji yo‘q. Bugun har ikkalasiniyam yomon eplamadik.

Egor Krimets bilan Anzur Ismailovga o‘rinbosar sifatida Azim Ahmedov va Kamoliddin Tojievni ko‘ryapsizmi?

Krimets va Ismailov markaziy himoyaning asosiy tarkib futbolchilari. Afsuski bizda mana shu nuqtada himoyachilar etishmasligi muammosi bor, aynan shu sababli Olimpiada saralashida yaxshi qatnasha olmadik. Shuning uchun ham bu chiziqda turli futbolchilarni sinab ko‘rdik, xususan Sherzod A’zamov, Ahmedov, Tojievni o‘ynatdik. Ularni o‘yini yaxshi chiqyapti, biroq stabillik etishmayapti. Afsuski bugun To‘xtaxo‘jaevni sinab ko‘rolmadik.

Temurxo‘ja Abduxoliqov nega terma jamoaga chaqirilmadi?

Abduxoliqov terma jamoaga nomzod futbolchilardan biri. Futbolchilarni milliy terma jamoada o‘ynatish uchun ba’zi tamoyillarga amal qilamiz. U esa bu tamoyillarga mos kelmaydi, shuning uchun ham uni jalb qilmadik

Jaloliddin Masharipov nega asosiy tarkibda tushirilmadi?

U ham milliy terma jamoaga nomzodlardan biri. U meni tavsiyamga ko‘ra yoshlar terma jamoasiga jalb qilindi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatib, gol ham urdi. Biroq u hali o‘yinini yanada kuchaytirishi lozim. U o‘rtacha futbolchi, mening vazifam uni yaxshi futbolchi qilish. Uning o‘zi ham buni yaxshi tushunib turibdi.

Asosiy tarkibni paxtakorchilar bilan boshladingiz. Biroq ularni imkoniyatini bilardingiz, shuning uchun ham boshqa futbolchilarga imkoniyat bersangiz bo‘lmasmidi?

Bugun asosiy tarkibda 7 nafar paxtakorchi tushdi, lekin bu hech narsani anglatmaydi. Biz futbolchini jalb qilishdan oldin uning imkoniyatlarini baholaymiz. Uni pasporti, dini yoki qaysi klubga tegishli ekaniga qaramaymiz. «Paxtakor» amaldagi chempion ekanini unutmaylik. Uning a’zolari yuqori darajada o‘yin namoyish qila olishadi. Ularni OChLdagi ishtiroki, 10 ochko to‘plagani ham buni tasdiqlab turibdi.

«Lokomotiv»da asosiy tarkibdan chetda qolgan Marat Bikmaev va Jasur Hasanovga nega imkoniyat berdingiz?

Bikmaev va Jasur qobiliyatli futbolchilardir. Ular MTJ tarkibida bor kuchini sarflab o‘ynashadi. Haqiqiy professional, vatanparvar futbolchilar. Hasanov asosiy tarkibga tushmayotgan bo‘lsa ham, bizning talabimizga javob beradigan hislatlarga ega. Umid qilamanki u «Lokomotiv»da asosiy tarkibga o‘rnashib oladi.

Himoyadagi o‘yinimizga qanday baho berasiz?

Himoyaga stabilik etishmadi. Ayniqsa o‘yin oxirida ikkita vaziyatni o‘tkazib yubordik. Ahmedov va Tojiev kichik jarohat bilan o‘ynashdi. Ular professionallik namoyish etib yaxshi harakat qilishdi.

Rustam Ashurmatov va Sherzod A’zamovni tushirishga nima halaqit berdi?

Faqat bir xil savollarni beryapsizlar. Terma jamoaga kim mos kelsa shularni chaqiramiz, bu erda shaxsiy qarashlarga o‘rin yo‘q. Bu gap oldin ham aytildi.

Taktikaga o‘zgarish kiritish kerak degan fikrdamisiz yoki terma jamoa o‘yini o‘zgarmaydimi?

Taktikani raqibdan kelib chiqqan holda tuzamiz. Bugungi uchrashuv Suriyaga qarshi o‘yindan oldin yaxshi tayyorgarlik bo‘ldi. Chunki ular ham taxminan shunaqa o‘yin namoyish qilishadi.

Gapimni yakunida bugungi o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bugun terma jamoaning yaqin zaxirasini sinab ko‘rdik xolos. Oldinda esa bundan ham muhim o‘yinlar kutib turibdi. Ularga bundan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar