Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.07.2016

Oliy liga-2016. 11 metrli zarbalar tahlili

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 94
Oliy liga-2016. 11 metrli zarbalar tahlili

1-davra davomida hakamlar tomonidan roppa-rosa 40 marta penalShti belgilandi. E’tiborlisi, ortda qolgan 15ta turning har birida penalShti ijrosi kuzatildi. 11 metrli jarima zarbalarining 11tasi safarda o‘ynagan klublarga to‘g‘ri keldi, qolgan 29tasi mezbonlar foydasiga belgilandi. 1-tur penalShtilar bo‘yicha eng sermahsuli bo‘ldi - 6ta.

* 40ta penalShtidan 10tasi besamar ketdi. Bu 75 foiz holatda 11 metrli zarba aniq amalga oshirilganini anglatadi. Ushbu ko‘rsatkichni avvalgi mavsumning tanaffusigacha bo‘lgan holat bilan solishtirsak, foydalanish foizi birozgina tushgani seziladi. Chunonchi, oliy liga-2015ning 1-davrasida jami 37ta penalShtidan 29tasi aniq amalga oshirilgandi - 78,4 foiz.

* Joriy chempionatda o‘tgan mavsumning xuddi shu davriga nisbatan olganda, 3ta ko‘p penalShti tepildi. Deylik, o‘tgan yili hakamlar 1 va 8-turlarda «nuqta»ga ishora qilishmagandi.

* «Obod» futbolchilari penalShti tepishni yaxshigina mashq qilishlari lozim ko‘rinadi. Zero, ular birinchi davrada naq 4ta penalShtini ko‘kka sovurishdi.

Esingizdami?

2015 yilgi mavsumning 1-davrasi davomida hakamlar tomonidan jami 37 marta penalShti belgilangandi. Ulardan 12tasini safarda o‘ynagan klublar, qolgan 25tasi mezbonlar amalga oshirishgandi. 3-tur penalShtilar ijrosi borasida eng sermahsuli bo‘lgandi - 5ta. Jami 37ta penalShtidan faqat 8tasi samarasiz ketgan va bu 78,38 foiz holatda 11 metrli zarbadan unumli foydalanilganidan nishona. Oliy liga-2014 1-davrasida esa jami 18ta penalShtidan atigi 10tasi aniq amalga oshirilgandi - 55,5 foiz.

Futbolchilar bo‘yicha

«Qizilqum» etakchilaridan biri Ilhom Yunusov joriy mavsum penalShti tepish bobida nechog‘li sovuqqon ekanligini to‘liq ko‘rsatyapti. E’tibor bering, u ortda golgan o‘yinlarda 6ta gol urgan bo‘lsa, shundan 5tasi penalShti samarasidir. IgorSh Taran esa 7ta golidan 4tasini 11 metrli nuqtadan yo‘lladi. Artur Gevorkyan 2013 yilgi mavsumda penalShtichilar bahsida yaqqol etakchi bo‘lganini ko‘pchilik yaxshi eslasa kerak. Biroq turkmanistonlik futbolchi so‘nggi paytlarda negadir «nuqta»ga uncha ko‘p yaqinlashmayapti.

Jamoa foydasiga belgilangan penalShtilar bo‘yicha

Oliy ligadagi 16ta klubdan faqatgina «Metallurg» va «Mash’al»ga penalShti tepish huquqi nasib etmadi. Eng ko‘p penalShtini esa «Qizilqum» vakillari bajarishdi - 5 marta. «Obod» esa 4ta penalShtidan foydalanolmadi. Izoh topishga ham qiynalasan...

Jamoa zarariga belgilangan penalShtilar bo‘yicha

PenalShtidan eng ko‘p jabr chekish «Mash’al» zimmasiga tushdi - 8ta. To‘g‘ri, Muborak jamoasi shuning barobarida yana bir jihat - penalShtilarni to‘sish bo‘yicha ham boshqalardan omadli chiqdi - 3 marta. Umuman, atigi 6ta klub posbonlariga penalShtini bartaraf etish nasib etdi. Birinchi davrada birgina «Buxoro» darvozasi tomon penalShti belgilanmaganini ham aytish o‘rinli.

Farruxjon Fayziev tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar