Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

24.07.2016

Mashhur yulduzlarning «xo‘roz» otalari

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 115
Mashhur yulduzlarning «xo‘roz» otalari

Ma’lumki, LionelSh Messi va uning otasi Xorxe daromad soliqlarini o‘z vaqtida to‘lamaganliklari uchun 21 oy muddatga shartli qamoq jazosiga tortildilar. Mana shu voqea boshqa taniqli futbolchilarning otalari ishtirokidagi mojarolarni yodga olishga turtki bo‘ldi.

NAHOTKI, U FIRIBGAR?..

«Barselona» hamda Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarning otasi OAV vakillari uchun «otning qashqasi»dek tanish. Ya’ni, da SilShva Santos ham xuddi Messining otasi kabi qonunlarni nazar-pisand qilmaslikka odatlangan. Jumladan, o‘g‘lining «Santos»dan «Barsa»ga o‘tishida muzokaralarda ishtirok etib, firibgarlikka yo‘l qo‘ygan. Ispaniya sudi o‘tgan yilning iyunida Braziliyaning DIS kompaniyasi shikoyati asosida qo‘zg‘agan jinoiy ish hanuz nihoyasiga etgani yo‘q. Unga ko‘ra, katta Neymar, «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu va sobiq prezident Sandro Rossel transfer borasida kelishib olishgan, «Santos» prezidenti Luis Alvaro de Oliveyra Ribeyro esa muzokaralardan chetda qolgan. Bundan qattiq xafa bo‘lgan «Santos» prezidenti kataloniyalik kasbdoshlari Neymar otasining roziligini olish maqsadida London mehmonxonalaridan birida bazmi jamshid uyushtirganliklarini fosh etdi. Bundan tashqari, da SilShva Santos JCh-2014 vaqtida Braziliya terma jamoasining bosh murabbiyi Dunga va bir qator amaldorlar bilan hamkorlikda stadionlarga kirish chiptalarini tarqatish jarayonida ta’magirlikka yo‘l qo‘yganligi ham fosh etildi. Shuningdek, o‘g‘lining tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan ziyofatdan qaytayotgan ota restoran yo‘lagida TV vakillariga duch kelgan va negadir ulardan achchiqlanib, tasvirga olish anjomlarini pachoqlab tashlagan.

Sudga kelmagani uchun...

«Bavariya» va Chili terma jamoasi sharafini himoya qiladigan Aturo VidalSh otasi Erazmo ham politsiyaning doimiy mijozlaridan. U 2011 yil dekabrda singlisi Suzanna bilan birgalikda narkotik moddalarni saqlaganligi uchun qo‘lga olingandi. 2015 yil iyulida katta VidalSh yana hibsga olindi. Bu gal huquq-tartibot xodimlari uning yonidan 3 bo‘lak kokain moddasi va 2ta pichoq topib olishdi. Shu bois Erazmo o‘g‘lining «Bavariya»dagi taqdimot marosimini politsiya mahkamasida televizor orqali tomosha qilishga majbur bo‘ldi. To‘g‘ri, uni 4 soatdan keyin qo‘yib yuborishdi. Chunki giyohvand moddaning miqdori Chili qonunlarida ruxsat etilgan miqdordan ko‘p emasdi. Joriy yilning mart oyida Erazmo mast holatda ko‘chaning avtomobilSh qatnaydigan qismida politsiyachi tomonidan to‘xtatilib, hujjatlari tekshirilganda noyabrSh oyi­da sudga bormaganligi aniqlandi. Endi uni 18 oylik qamoq jazosiga mahkum etishlari mumkin.

Qaltis savdo yoxud fitna qurboni

Mashhur Jon Terrining otasi Edvard esa narkotik modda savdosi bilan shug‘ullanganligi uchun 2009 yili hibsga olingandi. 55 yoshli katta Terridan bir jurnalist qahvaxonaning hojatxonasida giyohvand moddani xarid qilgandi. Taxminlarga ko‘ra, bu jurnalistlar tomonidan uyushtirilgan fitna bo‘lgan. Lekin sud Edvardni 6 oy muddatga shartli qamoq jazosiga tortib, 95 funt jarima bilan jazoladi. Shuningdek, u 100 soatli jamoat ishlariga jalb etildi.

Devorni vayron etib...

Braziliya termasi va «Latsio» klubi yarim himoyachisi Felippe Andersonning otasi SebastShyan Gomes ikki kishining qotili sifatida 2015 yil yanvarda hibsga olingandi. 51 yoshli Gomes o‘z avtomobilida ma’shuqasining sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan 30 yoshli Bruno Santosni ta’qib qilgan. Oxir-oqibat, avtomobilSh va Santosning mototsikli boshqaruvni yo‘qotib, turar joy binosiga urilgan. Oqibatda Bruno Santos va qulayotgan devor ostida qolgan uy bekasi - 61 yoshli Noemiya Kaldeyru hayot bilan vidolashdi.

Farzandining qotili

Bir paytlar «Rubin» sharafini himoya qilgan Serbiya terma jamoasi a’zosi Savo Miloshevich mudhish fojiani boshdan kechirdi. 2011 yili sobiq futbolchining uyi­da ro‘y bergan oilaviy mojaro Savoning bobosi va otasi o‘rtasidagi jiddiy janjalga sabab bo‘ldi. g‘azabdan asablarini jilovlay olmagan katta Miloshevich qo‘liga miltiq olib, o‘g‘lining ko‘ksiga o‘q uzdi. Oqibatda, Savoning otasi shifoxonaga etmay jon berdi.

Agent uchun «siylov»

Tunis terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Komil ben Arfa Frantsiya terma jamoasiga jalb qilinishi taxmin qilinayotgan o‘g‘li - Xatem ben Arfa uchun uning agentidan alamini oldi. Uning ta’kidlashicha, futbol agenti MishelSh Uazin Xatemni yo‘ldan urgan. Shu bois, msShe Komil 2012 yilda agentni Frantsiya FFning ofisida do‘pposlagandi. Xayriyatki, tez orada kichik Ben Arfa voqea joyiga etib kelib, agentni qutqarib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, Uazin Xatemni 2011 yilda Frantsiyadan Angliyaga olib ketgan va «NShyukasl» bilan shartnoma imzolashga bosh-qosh bo‘lgan ekan.

Begonalarni qo‘rqitish uchun o‘zingnikini ur. 2007 yili Moldova matbuoti «Sherif» hamda milliy terma a’zosi Simeone Bulgaruning otasi politsiya xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabar bergandi. «Sherif» klubi bu borada bayonot berib, katta Bulgaru o‘zining qarindoshi bilan «Zimbru»ga qarshi o‘yinga tashrif buyurganini ma’lum qildi. Stadionga kirish paytida ular baland ovoz bilan o‘z jamoalari nomini aytib hayqirishgan. Shu bois, ularni politsiya mahkamasiga olib ketishgan va tungi soat 3:00ga qadar ushlab turishgan. Tibbiy tahlil jabr­lanuvchilar qoni tarkibida alkogolSh mavjud emasligini tasdiqladi. Biroq politsiya katta Bulgaru o‘ta darg‘azab kayfiyatda bo‘lganligi va politsiya xodimlarini haqorat qilganligini ro‘kach qildi.

Qizil kartochka «biznesi»

Runilar oilasining etakchisi bo‘lmish Ueyn Runi (o‘g‘li bilan ismdosh) ham politsiyaga so‘roq berishga majbur bo‘ldi. Uni Shotlandiya chempionatining ayrim uchrashuvlariga shubhali pul tikkanlikda ayblashdi. 48 yoshli katta Ueyn o‘zining 54 yoshli amakisi va yana 8 nafar sheriklari bilan «Mazervell» yarim himoyachisi Stiv Jennings «Xarts»ga qarshi bellashuvning so‘nggi daqiqalarida hakamni haqorat qilib, qizil kartochka bilan jazolandi. Politsiya Jennings­ni ham hibsga oldi. Biroq ayblovni isbotlashni iloji bo‘lmagach, barcha gumondorlar qo‘yib yuborildi.

20 yillik qamoq uchun jarima

2015 yil iyunSh oyida Edinson Kavanining otasi yo‘l transport hodisasini sodir etib, bir kishining hayotiga zomin bo‘ldi - u boshqarayotgan pikap mototsikl bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 19 yoshli yigitcha shifoxonada olamdan ko‘z yumdi. Eks­pertlar Kavanining otasi mast holatda bo‘lganligini aniqlashdi. Oradan bir necha kun o‘tgach, Amerika kubogi turnirida Edinson Urugvay terma jamoasi tarkibida Chiliga qarshi maydonga tushdi. Bahs jarayonida hujumchi chililik himoyachi Gonsalo Xara bilan to‘qnashib ketdi. To‘qnashuv mojaroga aylanib, Xaara Kavani otasi YTHda odam o‘ldirgani uchun 20 yilga ozodlikdan mahrum etilishini Edinsonga eslatib qo‘ydi. Bu qilmishi uchun himoyachi 3ta o‘yinga chetlashtirilib, 7,5 ming dollar jarima bilan jazolandi. Kavani esa Urugvay termasi musobaqadan chiqib ketgach, otasidan xabar olish uchun qamoqxonaga oshiqdi.

Pasport yo‘q - futbol ham...

Serbiyalik noyob iqtidor sohibi Marko Gruichning otasi qandaydir qonunga zid ishlarda qatnashmagan bo‘lsa-da, baribir mojaro ishtirokchisiga aylandi. Gap shundaki, qishda uning 19 yoshli farzandini «LiverpulSh» «Tsrvena Zvezda»dan 7 mln. evro evaziga xarid qilgandi. Biroq katta Gruich Markoning tumanli o‘lkaga yo‘l olishini istamadi va o‘g‘lining pasportini yashirib qo‘ydi. «Men ular Markoni majruh qilishlarini istamayman. Ularda odamgarchilik ham, mas’uliyat ham yo‘q. Har kuni 10 martalab qo‘ng‘iroq qilib, yosh yigitni yo‘ldan urishdi. Marko hali Angliyada to‘p surishga tayyor emas. Yaqinda (U-20) terma jamoasi bilan jahon chempioni bo‘ldi, hozir «Tsrvena Zvezda» bilan chempionlikka intilmoqda. Men uning pasportini yashirib qo‘ydim. Pasport ham yo‘q, futbol ham! Yosh futbolchining APLda barbod bo‘lishini istamayman», - dedi katta Gruich. Biroq yaqinda Marko Gruich Buyuk Britaniyada ishlash uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo‘ldi. Aftidan u olis safarga otasini ko‘ndirgan ko‘rinadi.

Shampionat.com - C.RAHMONOV tayyorladi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar