Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

23.07.2016

"Navbahor" o‘rtoqlik o‘yinida "Buxoro"ni mag‘lub etdi

Автор: Sport-Uz Комментариев: 0            Просмотров: 70
"Navbahor" o‘rtoqlik o‘yinida "Buxoro"ni mag‘lub etdi

Ikkinchi davraga Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan «Navbahor» a’zolari dastlabki nazorat uchrashuvini yakunlashdi. “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida tashkil etilgan o‘yinda futbolchilarimizga “Buxoro” jamoasi raqiblik qildi.

Uchrashuvning dastlabki qismi davomida teng kurash kechib, maydondagi voqealar rivoji asosan markazda kechdi. Shu sababli darvozalar oldida xavfli vaziyatlar kuzatilmadi. Birinchi bo‘limning uchdan ikki qismi ortda qolayotgan bir pallada jamoalar bittadan gol urishga erishishdi. Dastlab Shavkat Salomov hisobni ochgan bo‘lsa javob hujumida Akram Bahriddinov o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunlanib borayotgan bir paytda raqib posboni bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib borgan Vladislav Aleksin jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. E’tiborli jihati bu gol Aleksin uchun “Navbahor” tarkibida urgan dastlabki goli bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limni faol tarzda boshlagan futbolchilarimiz uchinchi golni urishga ham erishishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Abdumalik Abdullaev “Navbahor”ga qaytishini gol bilan nishonladi. Ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan jamoamiz a’zolari keyingi daqiqalarni ancha xotirjam o‘tkazishdi. “Buxoro” futbolchilarining vaziyatni o‘nglash uchun qilgan xatti-harakatlari esa samara bermadi. Aksincha vaqt o‘tgani sayin vaziyatni tenglab, bahs so‘nggida tashabbusga erishgan futbolchilarimiz yana ikki bor muvaffaqiyat qozonishlari ham hech gap emasdi. Ammo, Abdullaev va Alievning zarbalariga aniqlik etishmadi. Shu tariqa, davralar oralig‘idagi dastlabki nazorat o‘yinini o‘tkazgan futbolchilarimiz “Buxoro” jamoasini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi.

«Navbahor» – «Buxoro» – 3:1 (A.Bahriddinov 28, V.Aleksin 42, A.Abdullaev 49 - Sh.Salomov 27).

«Navbahor»: Akmal Ortiqov, Tohir Shamsiddinov, Murod To‘ychibaev, Qahramon Mahammadjonov, Dilshod Jabborov, A’zam Aliev, G‘ayrat Jo‘raev, Azizbek Turg‘unboev, Alisher Mahmudov, Akram Bahriddinov, Vladislav Aleksin. Zaxiradan maydonga tushganlar: Artur Parvanov, Abdumalik Abdullaev, Islom Isoqjonov, Bilol Sharofiddinov, Shohjahon Abbosov.

Zaxira: Mirzohid Mamatxanov, Aziz G‘ulomxo‘jaev, Farruh Nurliboev, Hojiakbar Yunusov, Doniyor Inamov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar